madaniyati deb ataladi. Zamonbobo makonidan maydoni 170 kv.m bo’lgan
erto’la tipidagi uy, ikki chayla, kulolchilik xumdoni va boshqa ashyolar topildi.
Makonning sharqiy-janubiy tomoni suv toshqinidan himoyalanish maqsadida
dambaga o’xshash devor bilan o’ralganligi ma’lum bo’ldi. Qazishlar vaqtida
erto’la va uning atrofidan o’choq o’rni, ustunlar o’rnatilgan chuqurchalar,
qoramol, echki va yovvoyi hayvonlarning suyaklari, qorayib ketgan bug’doy va
arpa donlari, qamish va poxol qoldiqlari, toshdan yasalgan yorg’uchoq siniqlari,
chaqmoq toshdan yasalgan o’roq parchalari, toshdan yasalgan munchoqlar
topildi. Topilmalar Zamonboboliklarning dehqonchilik va chorvachilik bilan
shug’ullanganini ko’rsatadi.
Zamonbobo ko’lining shimoliy sohilidan topilgan qadimgi qabristonda 45
ta mozor ochilib o’rganiladi. Mozorlar hozirgidek lahat shaklida bo’lib,
marhumlar o’ng va chap yoni bilan ona qornida yotgan chaqaloq singari gujanak
shaklida ko’milgan. O’liklar yolg’iz, juft, ba’zan uchtalab /erkak, ayol va bola/
ko’milganligi, bir go’rga takror ko’milish hollari bo’lganligi aniqlandi. Erkaklar
qabridan o’q-yoy paykonlari, pichoqsimon qurollar, ayollar qabridan tosh
munchoq, oltin marjon, surma, toshoyna va boshqa buyumlar, bir qabrdan
kichkina sopol haykalcha topiladi. Qazilmalarda topilgan Badaxshon la’lidan
ishlangan munchoqlar, Turkmaniston sopol idishlari Zamonboboliklarning
boshqa xududlardagi urug’ jamoalari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarda
bo’lganligini ko’rsatadi.
29
Zamonbobo madaniyati bir urug’ jamoasining moddiy va madaniy merosi
hisoblanadi. Zamonbobo makoni va qabristoni O’zbekiston tarixshunosligidagina
emas, jahon tarixi fanida ham mashhurdir.
Eneolit va bronza davriga xos yana bir yodgorlik Zarafshon vodiysida
Tojikiston respublikasining O’zbekiston bilan chegaradosh qishlog’i -
Sarazmdan topildi. Bu makonning maydoni 90 gektar bo’lib, odamlar uzoq
yillar davomida istiqomat qilganlar, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar.
Sarazmda bir xonali va xom g’ishtdan yasalgan ko’p xonali uylar, ikkita
ibodatxona va qishloq ko’chalari ochildi. Qazishmalar natijasida uylar o’rtasida
oilaviy e’tiqod joyi, dumaloq shaklda ishlangan olovxona /altar/, torozi toshlari,
to’qimachilik dastgohining qismlari, urchuq toshlar, pichoq, xanjar, qarmoq, igna
va bigizlar, sopol idish parchalari, mis oyna, taqinchoqlar topildi. Metall
buyumlar yasash keng tarqalganligi aniqlandi. Kulolchilikda charx dastgohi
kashf etilgan.
Shunday qilib, So’g’d o’lkasining Zamonbobo va Sarazm yodgorliklari
bobodehqonlarimizning soy va daryo etaklaridagi zaxkash erlarda yuritgan
dehqonchilik xo’jaligi haqida qimmatli ma’lumot beruvchi makonlardir.
1969-1974 yillarda A.Asqarov rahbarligidagi arxeologlar guruhi
Surxondaryo viloyati Muzrabod vohasida cho’lida qidiruv ishlari olib borib,
Do'stlaringiz bilan baham: |