£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Miloddan  avvalgi  so‘nggi  ming  yillikning  boshlariga  tegishli



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Miloddan  avvalgi  so‘nggi  ming  yillikning  boshlariga  tegishli 

«Amirobod  madaniyati»,  quyi  Amudaryo  havzasida  yuzaga  kelgan  o‘ziga 

xos  sun‘iy  sug‘orish  inshooti  tizimi  hamda  dastlabki  shaharsozlik  timsoli 

bo‘lgan  shahar-qal‘alar-Qal‘aliqir,  Ko‘zaliqir,  Jonbosqal‘a  va  boshqalar  -

bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Negaki, 

bu  singari  umumelatlar,  qavm-qabilalar  manfaatlariga  xizmat  qiladigan  muhim 

o’zgarishlar  davlat  boshqaruvi  yo’li  bilangina  amalga  oshirilishi  mumkin 

bo’lgan. Qadimshunos olim Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 

km  uzunlikdagi,  eni  birnecha  o’nlab  metrdan  iborat  kanal  o’zani,  obod 

dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy 

maskanlaridan  biri  sifatida  shuhrat  topganligidan  guvohlik  beradi.  «Avesto»da 

Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o’z hududiy chegaralariga ega bo’lgan 

o’lkalardan,  viloyat  (davlat)lardan  biri  sifatida  tilga  olinishi  ham  bejiz  emas. 

Gerodot  ma’lumoticha,  qadimda  Oks  (Amu)  daryosi  bo’ylab  360  dan  ziyod 

sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lli, sahroli erlarga suv 

chiqazilib  dehqonchilik  uchun  ekin  maydonlari  kengaytirib  borilgan.  Gerodot 

taassurotlarida  Xorazm  o’lkasida  yashagan  aholi  dehqonchilikda  katta  tajribaga 

ega  bo’lib,  ularning  donli,  dukkakli  ekinlar,  chunonchi,  bug’doy,  suli,  arpa, 

meva-sabzavotchilik  mahsulotlarini  mo’l-ko’l  etishtirganligi  qayd  etib  o’tiladi. 

Xorazm  shaharsozligida  xom  g’isht,  paxsalardan  keng  foydalanilgan. 

Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning

 

40

 




mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Bu ko’hna hudud bag’rida 

ming  yillar  davomida  zamonlar  silsilasidan  o’tib,  saqlanib  kelayotgan  ko’plab 

asori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm 

vohasida  hunarmandchilik,  tog’-kon  ishlari  ancha  rivojlangan.  Bu  erdan  qazib 

olingan  qimmatbaho  ma’danlar  ishlov  berilib,  yuksak  sifat  ko’rsatkichiga 

etganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.

 

Xorazmda  aholining bir qismi  chorvachilik  bilan shug’ullangan,  ularning 



tuya,  ot,  qo’y-echkilardan  iborat  ko’plab  suruvlari  bo’lgan.  Savdo  bozorlarida 

g’alla,  meva,  chorvachilik  mahsulotlari,  hunarmandchilik  buyumlari  ayirbosh 

qilingan.

 

Afsuski,  Xorazm  davlatida  hukmronlik  qilgan  sulolalar  to’g’risida 



ma’lumotlar  hozirgacha  etarli  emas.  Rivoyatlarga  ko’ra,  Xorazmning  qadimiy 

siyosiy  sulolasi  -  Siyovushiylar  bo’lganligi  zikr  etiladi.  «Avesto»da 

ta’kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o’g’li bo’lgan. Siyovarshon o’limidan 

so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, hokimiyatni egallab 

Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos solgan deyiladi.

 

O’rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati - Baqtriya podshohligi bo’lgan. 



Uning tarkibiga hozirgi O’zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, 

Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoli-sharqiy erlari kirgan.

 

Baqtriyadagi ko’pdan-ko’p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo’lib, 



mamlakatning  poytaxti  hisoblangan.  Baqtra  baland  va  mustahkam  mudofaa 

devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan.

 

Rim  tarixchisi  Kurtsiy  Rufning  shahodat  berishicha,  «Baqtra  daryosi 



nomidan  shahar  va  viloyatning  nomi  kelib  chiqqan».  Umuman  tarixiy 

ma’lumotlarga  asoslanadigan  bo’lsak,  qadimgi  davlatlar  nomlari  ko’pincha 

daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib chiqqan bo’ladi.

 

Binobarin,  «Baqtriyaliklar»,  «Baqtriya  xalqi»  iboralari  juda  qadimgi 



manbalarda  tilga  olinib,  bitta  xalqni  yoki  bir  necha  qarindosh  qabilalarni 

birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi.

 

«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan 



biri bo’lgan, baland bayroqli, go’zal o’lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr-

mulohazalar Baqtriya o’z davrining yirik davlatlaridan biri bo’lganligidan dalolat 

beradi.

 

Ktesiy  ma’lumoticha,  Baqtriyaga  qarashli  Vaxsh  vodiysi  obi-  hayotga 



mo’l-ko’lligi,  unumdor  erlari  ko’p  bo’lganligidan,  bu  hududda  dehqonchilik 

madaniyati  taraqqiy  topgan,  aholi  bog’dorchilik,  mevachilik  mahsulotlari 

etishtirishda  omilkor  bo’lgan.  Qashqadaryo  vohasining  miloddan  avvalgi  VIII-

VII  asrlarga  oid  Sangirtepa,  Yangitepa,  Chiroqchitepa,  Erqo’rg’on  singari  aholi 

manzilgohlarini  o’rganish  shuni  ko’rsatadiki,  bu  joylarda  o’troq  turmush 

kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug’ullanganlar. Xuddi shunday 

fikrni  So’g’diyona  hududlariga  nisbatan  ham  aytish  mumkin.  Qulay  tabiiy-

jug’rofiy  sharoitga  ega  bo’lgan  Omonqo’ton,  Gurdara,  Qo’tirbuloq,  Zirabuloq 

makonlarida yashagan aholining madaniy hayoti ham ancha to’laqonli kechgan.

 

41



 


Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko’plab miqdorda qazib 

olinib, ular tegishli ishlov berishdan so’ng yurt ehtiyoji uchun, qolaversa, xorijiy 

ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, 

Hindiston  singari  mamlakatlarda  ham  talab-ehtiyoj  katta  bo’lgan.  Baqtriyada 

qimmatbaho  ma’danlar  ishlab  chiqarishning  yo’lga  qo’yilishi  bu  yurtda  maxsus 

hunarmandchilik  turi  -  zargarlik,  badiiy  hunar  tarmog’ining  rivoj  topishiga  olib 

kelgan. Buni 1877 yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida 

topilgan  «Amudaryo  xazinasi»  topilmasi  timsolida  ham  kuzatish  mumkin. 

Topilmalar  orasidagi  179  ta  oltin  va  7  ta  kumush  zargarlik  buyumlari  qadimgi 

Baqtriyada  nafis  hunarmandchilikning  o’sganligidan  dalolat  beradi.  Bu  xazina 

aslida  Baqtriya  hududiga  qarashli  Taxti-Sangin  shaharchasidagi  ibodatxonaga 

tegishli bo’lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish