£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


v‘yaxa deyilgan.   «Avesto»da qadimgi



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

v‘yaxa deyilgan.

 

«Avesto»da qadimgi 



jamiyatda mavjud 

bo‘lgan 4 ta asosiy 

ijtimoiy tabaqalar

 

 



>  Kohinlar (Ruhoniylar) 

>  Askarlar 

>  Hunarmandlar 

>  Chorvadorlar 

Manbaning  turli  ma’lumotlariga  ko’ra,  qadimda  zargarlik,  kulolchilik, 

to’quvchilik,  temirchilik  singari  hunarmandchilik  turlari  ham  o’ziga  xos  tarzda 

rivoj  topgan.  «Avesto»dagi  bosh  ma’buda  -  ezgulik,  yorug’lik,  yaxshilik,  baxt-

iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong’ulik, razolat timsoli 

-  Ahriman  o’rtasidagi  doimiy  murosasiz  kurash  g’oyasi  zardushtiylik 

(otashparastlik)  dinining  asosiy  mazmunini  tashkil  qiladi.  Zardusht  payg’ambar 

sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va 

oyatlarni  xalqqa,  odamlarga  etkazishga  da’vat  etkuvchidir.  Zero,  Zardo’sht  har 

bir masalada fikr yuritganda Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat

 

45



 


etadi.  Bir  o’rinda  u  bunday  xabar  beradi:  «Biz  Ahura  Mazdani  ulug’laymiz,  u 

chorvani,  suvni  va  o’simlikni,  yorug’likni  va  erni  yaratgan  ...  ».  «Avesto»da 

moddiy  dunyo,  borliq  muqaddaslashtiriladi.  Er,  suv,  havoni  bulg’ash,  olovga 

tupirish eng og’ir gunoh sanaladi.

 

«Avesto»  avvalgi  dinlarda  rasm  bo’lgan  insonlarni  qurbonlik  qilishni 



qat’iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida 

ta’kidlanadiki,  odamzod  yashashga  haqli  bo’lib,  bu  huquqdan  uni  mahrum 

qilishga hech kimning haqqi yo’qdir.

 

Zardushtiylik  dinida  olov  muqaddaslashtirilgan  bo’lib,  u  insonning  baxtu-



saodati  ramzi  sifatida  ulug’langan.  Shu  bois  ajdodlarimizning  ko’plab  to’y-

tomoshalari,  xursandchilik  marosimlari  olov  yoqish,  uning  atrofida  keng  davra 

qurish bilan bog’liq holda o’tkazilgan. Bu odatlarning ba’zilari hozirgacha ham 

saqlanib  qolgan.  Shaharlar,  aholi  manzilgohlarining  eng  gavjum  joylarida 

maxsus qurilgan otashkadalar bo’lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to’la bo’lgan.

 

Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, doimiy farog’atli hayot inson uchun uzoq 



notanish  hayoliy  jannatda  emas,  balki  insonlar  yashaydigan  shu  tiriklik 

dunyosida  bo’ladi.  Bu  maqsad,  marraga  etish  uchun  esa  odamlar  juda  ko’p 

murakkab va jiddiy sinovlardan o’tishlari kerak bo’ladi.

 

Shunday  qilib,  muqaddas  «Avesto»  kitobi  buyuk  o’tmishdoshlarimizning 



keng  qamrovli  hayot  tarzini,  umrboqiy  urf-odatlari,  ta’lim-tarbiyasi,  boshqaruv 

tizimini o’rganishimizda muhim dasturilamal manba bo’lib xizmat qiladi. Unda 

umumbashariy  g’oyalarning  chuqur  aks  etganligi  sababidan  ham  bu  asar  keng 

hududlar  bo’ylab  yoyilib,  Sharqu  G’arbda  e’tirof  topib,  turli  xalqlarning 

ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan.

 

Hozirgi  mustaqillik  sharoitida  ham  bu  ta’limot  g’oyalari  o’z  ta’sirchan 



ahamiyatini  ko’rsatib,  asl  ma’naviyatimiz  sarchashmalaridan  biri  sifatida 

xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.

 

4. Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi



 

Mil.  av.  VI  asr  o’rtalarida  Axomaniylar  davlati  (mil.  av.  558-330  yillar) 

qisqa davr ichida qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II 

asos  solgan.  Hind  daryosidan  Egey  va  O’rta  dengizgacha  bo’lgan  oraliqdagi 

Osiyo  mamlakatlarini,  shuningdek  Misr,  Liviya  va  bolqon  yarim  orolining  bir 

qismini  bosib  oladi.  Kir  II  O’rta  Osiyo  erlariga  yurish  qilishga  maxsus 

tayyorgarlik  ko’radi.  Kirning  O’rta  Osiyoga  harbiy  yurishlari  mil.  av.  545-539 

yillarga to’g’ri keladi. Kir II ning O’rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi mil. 

av.  539-530  yillarni  o’z  ichiga  oladi.  O’rta  Osiyoning  tabiatan  erksevar, 

yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari ahomaniylarga bo’ysunmaslik uchun o’z ona 

zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa Kir II ni 

qayta-qayta  bu  hududga  katta  qo’shin  bilan  bostirib  kelishga  majbur  etgan. 

Ahomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma’lumotlar Yunon 

va  Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko’p

 

46

 




uchraydi.  Kirning  massagetlar  yurtiga  bostirib  borishi,  Eron  shohi  bilan 

massagetlar  malikasi,  mard  va  jasur  ayol  To‘maris  o’rtasidagi  munosabatlar, 

ularning  o’zaro  urushi,  uning  yakunlariga  oid  Gerodot  ma’lumotlari  alohida 

e’tiborga loyiqdir.

 

200  minglik  katta  jangovar  qo’shin  tuzib  To’maris  yurtiga  kelgan  Kir  II 



harbiy  mahoratda  mislsiz  bo’lgan  massaget  qabilalarini  ochiq  jangda  engish 

qiyinligini his etib, avvalda turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko’radi. Shu 

maqsadda  To’maris  huzuriga  elchilar  yuborib,  go’yo  o’zini  malikaga  jazman 

ekanligini  va  shu  bois  unga  uylanmoqchiligini  bildiradi.  Bu  nayrang  natijasiz 

chiqadi. Kir II shundan so’ng yana hiyla ishlatib, To’marisning mard, jasur o’g’li 

Sparganisni  asirga  oladi  va  oqibatda  u  o’zini  halok  etadi.  Yagona  farzandidan 

judo  bo’lib  o’rtangan  onaning  dushmanga  bo’lgan  o’tli  nafrati  o’n  chandon 

ortadi. Buning ustiga elu-yurt erki, ozodligini har narsadan a’lo bilgan To’maris 

Kir qo’shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirlik ko’radi.

 

Butun vujudlari ila g’animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget 



qo’shinlari  bosqinchilarga  qarshi  jangga  tashlanishadi.  Nihoyat,  massagetlar 

g’alaba  qozonadilar.  Fors  qo’shinlarining  katta  qismi,  jumladan  Kir  ham  jang 

maydonida xalok bo’ladi. Bu miloddan avvalgi 530 yilga to’g’ri keladi.

 

Ahomaniylar  shohi  Kambis  II  (530-522)  va  Doro  I  (522-486)  davrida 



O’rta Osiyo hududlari bosib olinadi.

 

Tarixiy  ma’lumotlarga  qaraganda,  Doro  I  519-518  yillardagi  harbiy 



yurishlari davomida sak qabilalarini engib, itoatga keltirishga musharraf bo’ladi. 

Lekin  bunga  osonlikcha  erishgan  emaslar.  Loaqal  bu  yurtning  oddiy  cho’poni 

Shiroq  singari  mard  shunqorlarining  ajnabiy  bosqinchilar  bilan  jon  berib,  jon 

olishib, mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo’la oladi.

 

Eron  ahomaniylariga  qarshi  O’rta  Osiyoning  Parfiya,  Marg’iyona 



hududlarida,  Saklar  o’lkasida  ko’plab  xalq  qo’zg’olonlari  yuz  berib  turgan. 

Jumladan,  Eron  hududidan  topilgan  Bihistun  yozuvlarida  aytilishicha,  mil.  av. 

522  yilda  Marg’iyonada  ko’tarilgan  kuchli  xalq  qo’zg’oloniga  Frada  degan 

shaxs etakchilik qilgan. Doro I qo’shini qo’zg’olonchilardan qonli o’ch oladi. 55 

ming qo’zg’olonchilar qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham 

qo’lga olinib qiynab o’ldiriladi.

 

Bularning  hammasi  mahalliy  xalqlarning  ajnabiy  bosqinchilar  zulmiga 



bo’yin  egmay,  o’z  erki,  ozodligi  yo’lida  tinimsiz  kurash  olib  borganligini 

ko’rsatadi.

 

47

 





Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish