1.2.Bank kapitalining mohiyati va funksiyalari.
Bank faoliyatidagi eng muhim muammolardan bir yetarli darajadagi bank kapitali
miqdorini ta’minlashdir. «Kapital» termini bankirlar uchun alohida ahamiyatga ega. Bu
tushuncha birinchi navbatda bank egalari tomonidan kiritilgan va aksiyadorlik
kapitalida joylashtirilgan mablag‘lar hamda taqsimlanmagan foydaga tegishlidir.
Banklarga bo‘lgan ishonchni ta’minlab beruvchi tashkil qiluvchilardan biri – bank
kapitalidir. Shu sababli bank kapitalining miqdori va sifati masalasi banklar uchun katta
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |