1.3.Bank kapitali va bank risklari. Kapital va bank risklari to‘g‘ridan – to‘g‘ri
o‘zaro aloqadordir. Kapital – oddiyroq qilib aytganda, bank egalarining o‘z risklari
ostida (kapitalning daromadliligi kam bo‘lishi yoki bankning bankrot bo‘lishi yoki
aksiyadorlar kam daromad olishlari yoki umuman olishmasligi riski) qo‘ygan
mablag‘laridir. Bank egalari duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy risklar jumlasiga
kredit riski, nolikvidlik riski, foiz riski, operatsion risk, valyuta riski va xizmat
vazifasini suiste’mol qilish risklarini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |