Xulosa va takliflar.
Bank kapitali bilan bog‘liq muammolar kabi ko‘p munozaraga sababchi bo‘lgan
boshqa biror bir bank faoliyatining jabhasi bo‘lmasa kerak. Uzoq davrlardan beri
banklar va ular faoliyatini tartibga soluvchi organlar o‘rtasida bank kapitalining miqdori
va strukturasi yuzasidan tortishuvlar mavjud. So‘nggi yillarda nafaqat bank kapitalining
mohiyati va konsepsiyasi yuzasidan qarashlar o‘zgarmasdan, balki bank faoliyatini
nazorat qilishda kapitalning roli to‘g‘risidagi qarashlar ham o‘zgarib bormoqda.
Umuman olganda shu yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari regulyativ
kapitalining ko’payishi evaziga yirik kapitalga ega bo’lgan banklar sonining ko’payib
borishi ijobiy holat hisoblanadi.Shuning uchun ham tijorat banklarining moliyaviy
barqarorligini oshirish aholining, bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada
mustahkamlash va iqtisodiyotning real sektorini kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish
dolzarb masalalardan ekanligini inobatga olib, hukumat tomonidan banklarning
kapitallashuv darajasini oshirish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.
Bank ishida kapital – bank egalari tomonidan kiritilgan va asosan aksionerlik
kapitalidan tashkil topgan mablag‘lar, qo‘shimcha kapital, ko‘zda tutilmagan harajatlar
bo‘yicha zahiralar va taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Bank kapitali uni turli xildagi
risklardan himoya qilib, bankrotlikdan saqlanishning so‘nggi «mudofa chizig‘i» bo‘lib
xizmat qiladi. Kapital shuningdek, bank kredit faoliyatining kengayishi va strukturaviy
rivojlanishini ta’minlovchi uzoq muddatli moliyaviy vositadir. Bank kapitalining asosiy
shakllari – oddiy aksiyalar, imtyozli aksiyalar, qo‘shimcha kapital, taqsimlanmagan
foyda, rezervlar, subordinar qarzlardir.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, ularni to‘g‘ri boshqarish
yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bulardi:
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga uzoq muddatli subordinar kreditlarni
berishni yo‘lga qo‘yish;
Yirik tijorat banklariga yangidan tashkil etilayotgan banklarning ustav
kapitalining 10-15 foizgacha bo‘lgan ulushidagi ishtirokiga ruxsat berish lozim;
Tijorat banklarining ustav kapitalini miqdorini oshirib borish va bunda
banklarining regulyativ kapitali tarkibida ustav kapitalining hajmining oshirishga
erishish lozim.
Bank kapitalini oshirishni qo’shimcha kapitalni jalb qilishda ichki manbalar
hisobidan ya’ni dvident siyosatidan foydalanish;
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida banklarning kapitali ma’lum
darajada himoya vositasini bajardi, biroq ularning kapitali manbalari barqaror
mablag‘lardan shakllantirilmaganligi sababli ko‘plab banklarni inqiroz holatiga tushib
qolishiga sabab bo’ldi.Shu sababli kapital tarkibini barqaror mablag’lardan
shakllantirish lozim;
Devalvatsiya zaxirasini asosiy kapital tarkibidan qo‘shimcha kapital tarkibiga
kiritish lozim;
Tijorat banklarining oddiy va imtiyozli aksiyalarini ikkilamchi qimmatli
qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi qilinishini ta’minlash;
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bozor munosabatlarining toboro
chuqurlashuvi va iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi sharoitida tijorat banklarining
kapitalini yanada oshirishga erishish milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga va aholining
turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.