berib, uning o‘rniga mijozning tegishli hujjatlarini oladi. Bu hujjatlar mohiyati jihatidan
to‘lash to‘g‘risidagi va’da xalos. Qarzdorlar tomonidan va’da qilingan foizlar va kredit
asosiy summasining bir qismi yoki hammasining to‘lanmasligi, oxir oqibatda bank
uchun zarar olib keladi, bu esa o‘z navbatida bank kapitalini kamaytirishi mumkin.
Odatda bank kapitali jami berilgan kreditlar va riskli qimmatli qog‘ozlarga
investitsiyalar summasining 10% dan oshiq bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Kredit va
investitsion faoliyatdagi bir necha xatolar bank kapitali olingan zararlarni qoplashga
ham yetmay qolishi holatiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida bank (davlat
organlari tegishli tartibda moliyaviy yordam bermasa) bankrot bo‘ladi va yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: