4. Operatsion risk. Banklar faoliyatida sifatni nazorat qilish tizimidagi ishlarning
barbod bo‘lishi ehtimoli, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samarasizligi va boshqaruvdagi
xatolar tufayli operatsion risk yuzaga kelishi mumkin.
5. Valyuta riski. Yirik banklar xorijiy valyuta bilan olib boriladigan operatsiyalar
bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta risklariga duch kelishi mumkin. Jahonning keng tarqalgan
va hisob – kitoblarda ishlatiladigan valyutalarining kurslari joriy bozor sharoitiga ko‘ra
aniqlanadi. Bu valyutalarda operatsiyalar olib borayotgan banklar o‘z zimmalariga,
valyuta bozoridagi talab va taklif asosida aniqlanadigan, baholarning salbiy o‘zgarishi
riskini olishlari lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |