Qosimova R. A. Boltayev Z. B



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

 
 
Chizma 1 
O’quvchi yoshlarda sog’lom turmush tarzini 
shakllantirishning modeli (tuzilishi). 
 
                    
   
 
      
  
 
 
 
 
Mazkur chizma (rasm) dagi har bir bilimning o’ziga xos mazmuni, 
maqsad  va  vazifalari  mavjud  bo’lib,  ular  bir-biri  bilan  uzviy  tutashib 
ketgan,  ya’ni  ijtimoiy  turmush  madaniyatida  yashash,  ta’lim-tarbiya 
olish, bilimlarni chuqurlashtirish, kasbiy yo’nalishlarda ijtimoiy mehnat 
qilish, har qanday muhit va vaziyatlarda ham  ma’naviy  jihatdan o’zini 
tuta  bilish,  jismoniy  barkamollikka  ega  bo’lish  kabi  hayotiy  ehtiyoj 
Ўқитиш 
тизими 
Ижтимоий 
жиҳатдан 
қувватлаш 
Психологик-
руҳий 
ҳолатлар 
Малакалар 
Билим  
Ишонч ҳосил 
қилдириш 
Хулқ-атворнинг 
иқрорлиги 
Жараёнларни 
белгилаш 
Оқибатларни 
таҳлил қилиш 
Оила ва 
жамиятнинг 
қўллаб-қувватлаши 
Саломатлик 
омиллари 
(белгилари- 
дoминанти) 


 
97 
mujassam  bo’ladi.  Demak,  bunday  keng  qamrovli  ijtimoiy-tarbiyaviy 
jarayonlarning  asl  ma’no  va  tushunchalarini  o’quvchi  yoshlarga 
singdirish  va  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ularni  shakllantirish 
sog’lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarni paydo qilish demakdir.  
 “Sog’lom  turmush  tarzi”  iborasining    tub  ma’nosini  bolalar 
tushunmaydi.  Hatto  yuqori  sinf  o’quvchilari  ham  aniq  ma’noda 
ifodalashda  qiynalishadi.  Chunki,  bu  ibora  ko’pincha  ziyoli  xodimlar, 
ilmiy  iboralarni  yaxshi  tasavvur  qiluvchilar  tomonidan  o’zaro 
munosabatlarda qo`llanish mumkin.  
Boshlang’ich  sinflar  uchun  ishlab  chiqilgan  darsliklar  (ona  tili, 
o’qish,  ma’naviyat  va  boshqalar)  da  ham  “Sog’lom  turmush  tarzi” 
jumlasi  deyarli  uchramaydi.  Ular  faqat  odob-axloq,  tozalik-gigiyena, 
sog’liq  va  jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ullanish  haqida  tushunchalar 
bilan o’quvchilar ongiga singdiriladi.  
E’tirof  etish  joizki,  aksariyat    oilalarda  ota-onalar,  bobo-momolar 
(buva-buvilar)  va  kattaroq  yoshdagilar  yosh  bolalarning  “sog’lom 
turmush  tarzi”ga  tegishli  bo’lgan  ba’zi  iboralarni  muntazam  doimo 
qo’llashadi, masalan: 
-o’rningdan  turgach  va  ko’chadan  kelgach  yuz-qo’lingni  tozalab 
yuv; 
-non va ovqatni to’kmasdan yegin; 
-kiyimlaringni chang, loy, iflos qilma; 
-maktab va ko’chada o’ynaganingda bolalar bilan urishma; 
-uyda to’polon qilma, odobli bo’l; 
-o’zingdan kattalarga qo’lingni ko’ksingga qo’yib salom ber; 


 
98 
-aka-uka, opa-singillar bilan ahil bo’l, hech narsani talashma; 
-ko’cha,  xiyobon  va  hovlilarda  gullarni  yulma,  daraxt  shoxini 
sindirma; 
-qushlarni qo’rqitib tosh otma, it-mushuklardan ehtiyot bo’l; 
-o’zgalarning biron buyumi va narsalariga teginma, o’g’rilik qilma, 
jazolanasan; 
-uyda qilinadigan ishlarda onang, opang, akalaringga yordam ber; 
-xulqi  buzuq  bolalarda    va  televizorda  ko’rgan  yomon  odatlarni 
takrorlama; 
-sog’lom  bo’lsang  kasal  bo’lmaysan.  Maktabda  o’rgangan  o’yin-
mashqlaringni uyda va o’yin maydonida yaxshilab takrorla; 
-faqat  futbol  o’ynash  bilan  vaqtingni  o’tkazma,  qo’lning  kuchini 
oshir,  tez  yugurishda  o’rtoqlaringdan  o’zib  ket,  kurashni  ham  yaxshi 
o’rgan; 
-  o’zimizning  qo’shiqchilar,  raqqosalarnng  ijrolarini  sevib  eshit, 
ko’r.  
Umuman  olganda,  oila  maktabdagi  axloq-odob,  jismoniy 
barkamollik 
haqidagi 
tushunchalar, 
sog’lom 
turmush 
tarzi 
tushunchalarini pand nasihatlar orqali keng qamrab olgan.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish