Jadval -4
Jismoniy tarbiya darslari shakli va mazmunlari
T/s
Dars qismlari va mazmuni
Vaqt va
bajarish
miqdorlari
Tashkiliy va
uslubiy
ko’rsatmalar
1
I. qism. Tashkiliy qism.
Bunda dars vazifalari asosida saf
tortib
mashqlarni
bajarish
1-3
1
O’quvchilarning
tartib-
intizomi
hamda
harakat
112
(takrorlash) bilan bog’liq bo’lgan
tashkiliy ishlar amalga oshiriladi.
faoliyatlari
e’tiborga olinadi.
1
2
II. qism. Tayyorgarlik
jarayonlari.
Chigallarni yozish va
harakatchanlikni oshirishga
qaratilgan yurish va yugurish.
Safda turgan holda 6-8 ta
umumrivojlantiruvchi
mashqlarni bajarish.
8-10
1
Gavda harakatlari
va
bajarilish
miqdorlarini
nazorat
qilish
hamda
xatolarni
tuzatish,
namunaviy
ko’rsatmalarni
namoyish etiladi.
1
III. qism. Asosiy tadbirlar.
Dars rejasi asosida asosiy
turlarni bajarish (o’rgatish,
takrorlash). M.: yengil atletika
darsida guruhlarga bo’linib
yugurish, sakrash, uloqtirish
mashqlarini bajarish.
25-27
1
Belgilangan
vaqtda
guruhlar
joy almashishadi.
1
2
3
IV. qism. Yakunlovchi
holatlar.
Tana a’zolarining dastlabki
holatiga kelishi uchun o’yin-
mashqlar.
O’quvchilar faoliyatini baholash,
rag’bat.
3-5
1
O’quvchilar
diqqatini
jalb
etish,
ruhiy
holatlarni
ko’tarish.
113
Uy ishi vazifalari.
Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning
turli usullari,
mazmuni, darsdan tashqari olib boriladigan
sog’lomlashtirish tadbirlarida qo’llanadigan asosiy amallar haqida
mutaxassis yetakchi olimlar K.M.Mahkamjonov (1986), F.Xo’jayev va
T.Usmonxo’jayevlarning (1996, 1999) o’quv qo’llanmalari, “Jismoniy
tarbiya” dasturlarida atroflicha bayon etilgan. Ular nafaqat jismoniy
tarbiya o’qituvchilari uchun, balki jismoniy tarbiya va sport,
boshlang’ich ta’lim metodikasi sohasidagi talabalar uchun ham asosiy
qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda.
E’tirof etish mumkinki, sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan bir
qator darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar hozirgi davrda ham
ma’lum darajada qo’llanilib, kadrlar tayyorlash, o’qituvchilarning
nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini kengaytirishda xizmat qilmoqda.
Ular orasida biologiya fanlari doktori, prof.V.V.Mixaylovning
“Fizkultura dlya vsey semi” o’quv-ommabop qo’llanmasi (M., “Fis”,
1988) muhim ahamiyatga egadir.
“Jismoniy tarbiya” darslarini tashkil qilish va uning ko’p qirrali
usullaridan
maqsadli
foydalanish
haqida
A.Abdullayev
va
Sh.Xonkeldiyevlarning “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”
darsligi (Farg’ona, 2005) boshlang’ich ta’lim metodikasi tizimidagi
jismoniy tarbiya mutaxassislari va sinf o’qituvchilari uchun ham asosiy
qo’llanmadir.
114
Mustaqillik davrida yaratilgan “Sog’lom avlod uchun”, “Ta’lim
uzluksizligi”,
“Fan sportga” kabi jurnallarda aks etayotgan
sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, sog’liqni saqlash va jismoniy
tayyorgarlikni tarbiyalashga (valeologiya) qaratilgan ilmiy-nazariy va
amaliy ko’rsatmalar boshlang’iya sinflarda “Jismoniy tarbiya”
darslarining mazmuni, mohiyatini oshirish yo’lida yangi texnologik
vosita bo’lib xizmat qilmoqda.
Respublika Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ulug’vor
bayramlar munosabati bilan qilgan murojaatlarida bolalar jismoniy
tarbiyasi, bolalar sporti mavzusi va har tomonlama barkamol avlodni
tarbiyalab yetishtirish vazifalariga asosiy diqqat qaratiladi. Bu
jarayonlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini
yaxshilash va darslarda ularning intellektual holatlari hamda jismoniy
jihatdan harakatchanlikni tobora oshirish alohida o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” (1997),
“Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi (2000, yangi tahrir) qonunlari
hamda O’zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari (1999),
kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997), “Alpomish” va “Barchinoy”
maxsus testlari asosida “Jismoniy tarbiya” dasturi ishlab chiqilib (1999),
uning mazmunida Barkamol alvodni tarbiyalashda jismoniy tarbiya
vositalaridan maqsadli foydalanish, bunda yangi texnologik vositalar
(innovasiya) hamda ilg’or pedagogik tajribalarni qo’llash vazifalari o’z
aksini topgan.
Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslariga davr talablari
asosida yangi vazifalarni amalda bajarish talab etilmoqda, jumladan:
115
1. “Jismoniy tarbiya” dasturidagi bo’limlarni mukammal o’rgatish.
2. O’quvchilarning tayyorgarlik sifatlarini tarbiyalash.
3. Darslarda qo’llaniladigan vositalar, o’yin-mashqlar orqali
bolalarda mehnatsevarlik, o’qishga qiziqish, o’zaro hurmat kabi
insoniy fazilatlarni his qilish tuyg’ularini boyitish.
4. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test talablarini bajarish va
shu asosda jismoniy barkamollikni shakllantirish.
5. Iqtidorli bolalarning sport turlariga bo’lgan havas va
qiziqishlarini shakllantirish.
6. O’zbekiston sportchilarining xalqaro sport musobaqalarida
erishgan yutuq va g’alabalaridan ruhlanish, mamnun bo’lishga
o’rgatish.
7. Tana a’zolarini gigiyenik jihatdan toza tutish va talablarga rioya
qilishni odatlantirish.
8. Sayr-sayohatlar orqali tabiat manzaralarini tomosha qilish,
ekologik tushunchalarni shakllantirish.
9. Mustaqil ravishda ertalab va darsdan keyingi bo’sh vaqtlarda
gimnastika, yengil atletika, harakatli va sport o’yinlari bilan
muntazam shug’ullanish zaruratini singdirish.
10. Odob-axloqli bo’lish, bunda tamaki, nos chekish, spirt
ichimliklari va narkotik moddalarni iste’mol qilishning salbiy
xususiyatlari haqida tushunchalar berish orqali bolalarni ulardan
saqlash va h.k.
Bu vazifalarni amalga oshirishda o’qituvchilar tomonidan quyidagi
talablarni amalga oshirish lozim bo’ladi, masalan:
116
-O’qituvchi har bir darsni g’oyaviy jihatdan eng yuqori pog’onaga
ko’tarishi va dars mazmunini unga bog’lay olishi lozim. Shu asosda
o’quvchilarda mehnat, o’qishga qiziqishni shakllantirish va ularga
erishish;
-Darslar doimo bir-biri bilan (o’tgan va o’tiladigan) uzviy bog’liq
holda olib borilishi;
-Davr taqozosi asosida o’quvchilarning mustaqil ravishda o’yin-
mashqlar bilan mashg’ul bo’lishini va o’zlashtirishini ta’minlash.
Asta-sekinlik va doimiy ravishda o’quvchilarning harakat malaka
va ko’nikmalarini tarbiyalash yo’li bilan o’quvchilarning mustaqil
ravishda jismoniy tarbiya vositalari bilan muntazam ravishda
shug’ullanishlariga odatlantirish;
-Darslarning
samaradorligini
oshirishda
jismoniy
tarbiya
vositalarining xilma-xilligi, tashkiliy shakllari va o’tkazish usulalrini
doimo yangilab borish, zamonaviy texnologik vositalar va pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanish;
-Har bir darsda barcha o’quvchilarning o’yin-mashqlarini qiziqish
va faol harakat bilan shug’ullanishini ta’minlash;
-Darslar jarayonida kuzatuvchilik, nazorat qilish va amaliy yordam
berish usullaridan maqsadli foydalanish, harbiy harakat o’yin-
mashqlarni ixchamli bajarish yo’llaridan foydalanish;
-Darslarni tashkil qilish va o’tkazish shart-sharoitlariga, gigiyenik
qoidalarni to’la amalga oshirish, estetik zavq ma’naviy-ruhiy holatlarga
talabchan bo’lish;
117
-O’g’il va qiz bolalarning alohida va birgalikda bajarishi lozim
bo’lgan o’yin-mashqlarga, ularning hatti-harakati va faolligiga doimo
sidqidillik bilan qarash, yaxshi muvozanatlarni saqlash va h.k.
O’qituvchilarga qo’yilgan mazkur talablar va mas’uliyatlar
jismoniy tarbiyaning usullari va tamoyillaridan kelib chiqishi natijasida
ular har bir darsda amalga oshirilishi, darslardan keyin bu faoliyatlarni
ijtimoiy
pedagogik
jihatdan
tahlil
qilib
borilishi
kelajakda
o’qituvchining nazariy va amaliy ko’nikmalarini mukammallashtirishga
xizmat qilishi lozim.
Bu esa pedagogik mahoratni boyitish va o’qituvchining shaxsiy
turmush sharoitini yaxshilashda xizmat qiladi.
Ta’kidlash zarurki, jismoniy tarbiya darsi va o’qituvchining oldiga
qo’yilgan ta’lim-tarbiya berish hamda o’quvchilarni sog’lomlashtirish
kabi muhim vazifalar bir-biri bilan uzviy va uzluksiz amalga oshirilib
borilsa, vazifa-jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash va barkamollikni
shakllantirishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |