Qosimova R. A. Boltayev Z. B


Jadval -4  Jismoniy tarbiya darslari shakli va mazmunlari



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

Jadval -4 
Jismoniy tarbiya darslari shakli va mazmunlari 
T/s 
Dars qismlari va mazmuni 
Vaqt va 
bajarish 
miqdorlari 
Tashkiliy va 
uslubiy 
ko’rsatmalar 

I. qism. Tashkiliy qism. 
Bunda dars vazifalari asosida saf 
tortib 
mashqlarni 
bajarish 
1-3

O’quvchilarning 
tartib- 
intizomi 
hamda 
harakat 


 
112 
(takrorlash) bilan bog’liq bo’lgan 
tashkiliy ishlar amalga oshiriladi.  
faoliyatlari 
e’tiborga olinadi.  

 
 

II. qism. Tayyorgarlik 
jarayonlari. 
Chigallarni yozish va 
harakatchanlikni oshirishga 
qaratilgan yurish va yugurish. 
Safda turgan holda 6-8 ta 
umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni bajarish.  
8-10
1
 
Gavda  harakatlari 
va 
bajarilish 
miqdorlarini 
nazorat 
qilish 
hamda 
xatolarni 
tuzatish, 
namunaviy 
ko’rsatmalarni 
namoyish etiladi.  
 

 
 
III. qism. Asosiy tadbirlar. 
Dars rejasi asosida asosiy 
turlarni bajarish (o’rgatish, 
takrorlash). M.: yengil atletika 
darsida guruhlarga bo’linib 
yugurish, sakrash, uloqtirish 
mashqlarini bajarish.  
25-27
1
 
Belgilangan 
vaqtda 
guruhlar 
joy almashishadi. 
 

 

 

IV. qism. Yakunlovchi 
holatlar. 
Tana a’zolarining dastlabki 
holatiga kelishi uchun o’yin-
mashqlar. 
O’quvchilar faoliyatini baholash, 
rag’bat. 
3-5

O’quvchilar 
diqqatini 
jalb 
etish, 
ruhiy 
holatlarni 
ko’tarish. 


 
113 
Uy ishi vazifalari. 
 
 
Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning 
turli  usullari,   
mazmuni,  darsdan  tashqari  olib  boriladigan 
sog’lomlashtirish  tadbirlarida  qo’llanadigan  asosiy  amallar  haqida 
mutaxassis  yetakchi  olimlar  K.M.Mahkamjonov  (1986),  F.Xo’jayev  va 
T.Usmonxo’jayevlarning  (1996,  1999)  o’quv  qo’llanmalari,  “Jismoniy 
tarbiya”  dasturlarida  atroflicha  bayon  etilgan.  Ular  nafaqat  jismoniy 
tarbiya  o’qituvchilari  uchun,  balki  jismoniy  tarbiya  va  sport, 
boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  sohasidagi  talabalar  uchun  ham  asosiy 
qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda.  
E’tirof  etish  mumkinki,  sobiq  Ittifoq  davrida  ishlab  chiqilgan  bir 
qator  darsliklar  va  o’quv-uslubiy  qo’llanmalar  hozirgi  davrda  ham 
ma’lum  darajada  qo’llanilib,  kadrlar  tayyorlash,  o’qituvchilarning 
nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini kengaytirishda xizmat qilmoqda. 
Ular  orasida  biologiya  fanlari  doktori,  prof.V.V.Mixaylovning 
“Fizkultura  dlya  vsey  semi”  o’quv-ommabop  qo’llanmasi  (M.,  “Fis”, 
1988) muhim ahamiyatga egadir.  
“Jismoniy  tarbiya”  darslarini  tashkil  qilish  va  uning  ko’p  qirrali 
usullaridan 
maqsadli 
foydalanish 
haqida 
A.Abdullayev 
va 
Sh.Xonkeldiyevlarning  “Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati” 
darsligi  (Farg’ona,  2005)  boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  tizimidagi 
jismoniy tarbiya mutaxassislari va sinf o’qituvchilari uchun ham asosiy 
qo’llanmadir.  


 
114 
Mustaqillik  davrida  yaratilgan  “Sog’lom  avlod  uchun”,  “Ta’lim 
uzluksizligi”, 
“Fan  sportga”  kabi  jurnallarda  aks  etayotgan 
sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya,  sog’liqni  saqlash  va  jismoniy 
tayyorgarlikni  tarbiyalashga  (valeologiya)  qaratilgan  ilmiy-nazariy  va 
amaliy  ko’rsatmalar  boshlang’iya  sinflarda  “Jismoniy  tarbiya” 
darslarining  mazmuni,  mohiyatini  oshirish  yo’lida  yangi  texnologik 
vosita bo’lib xizmat qilmoqda.  
Respublika  Prezidenti  I.A.Karimovning  asarlari  va    ulug’vor 
bayramlar  munosabati  bilan  qilgan  murojaatlarida  bolalar  jismoniy 
tarbiyasi,  bolalar  sporti  mavzusi  va  har  tomonlama  barkamol  avlodni 
tarbiyalab  yetishtirish  vazifalariga  asosiy  diqqat  qaratiladi.  Bu 
jarayonlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini 
yaxshilash  va  darslarda  ularning  intellektual  holatlari  hamda  jismoniy 
jihatdan harakatchanlikni tobora oshirish alohida o’rin tutadi.  
O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”  (1997), 
“Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi (2000, yangi tahrir) qonunlari 
hamda  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  ta’lim  standartlari  (1999), 
kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  (1997),  “Alpomish”  va  “Barchinoy” 
maxsus testlari asosida “Jismoniy tarbiya” dasturi ishlab chiqilib (1999), 
uning  mazmunida  Barkamol  alvodni  tarbiyalashda  jismoniy  tarbiya 
vositalaridan  maqsadli  foydalanish,  bunda  yangi  texnologik  vositalar 
(innovasiya)  hamda  ilg’or  pedagogik  tajribalarni  qo’llash  vazifalari  o’z 
aksini topgan.  
Boshlang’ich  sinflarda  jismoniy  tarbiya  darslariga  davr  talablari 
asosida yangi vazifalarni amalda bajarish talab etilmoqda, jumladan: 


 
115 
1.  “Jismoniy tarbiya” dasturidagi bo’limlarni mukammal o’rgatish.  
2.  O’quvchilarning tayyorgarlik sifatlarini tarbiyalash. 
3.  Darslarda  qo’llaniladigan  vositalar,  o’yin-mashqlar  orqali 
bolalarda mehnatsevarlik, o’qishga qiziqish, o’zaro hurmat kabi 
insoniy fazilatlarni his qilish tuyg’ularini boyitish. 
4.  “Alpomish”  va  “Barchinoy”  maxsus  test  talablarini  bajarish  va 
shu asosda jismoniy barkamollikni shakllantirish. 
5.  Iqtidorli  bolalarning  sport  turlariga  bo’lgan  havas  va 
qiziqishlarini shakllantirish.  
6.  O’zbekiston  sportchilarining  xalqaro  sport  musobaqalarida 
erishgan  yutuq  va  g’alabalaridan  ruhlanish,  mamnun  bo’lishga 
o’rgatish. 
7.  Tana a’zolarini gigiyenik jihatdan toza tutish va talablarga rioya 
qilishni odatlantirish.  
8.  Sayr-sayohatlar  orqali  tabiat  manzaralarini  tomosha  qilish, 
ekologik tushunchalarni shakllantirish. 
9.  Mustaqil  ravishda  ertalab  va  darsdan  keyingi  bo’sh  vaqtlarda 
gimnastika,  yengil  atletika,  harakatli  va  sport  o’yinlari  bilan 
muntazam shug’ullanish zaruratini singdirish. 
10.  Odob-axloqli  bo’lish,  bunda  tamaki,  nos  chekish,  spirt 
ichimliklari  va  narkotik  moddalarni  iste’mol  qilishning  salbiy 
xususiyatlari haqida tushunchalar berish orqali bolalarni ulardan 
saqlash va h.k. 
Bu vazifalarni amalga oshirishda o’qituvchilar tomonidan quyidagi 
talablarni amalga oshirish lozim bo’ladi, masalan: 


 
116 
-O’qituvchi har bir darsni g’oyaviy jihatdan eng yuqori pog’onaga 
ko’tarishi  va  dars  mazmunini  unga  bog’lay  olishi  lozim.  Shu  asosda 
o’quvchilarda  mehnat,  o’qishga  qiziqishni  shakllantirish  va  ularga 
erishish; 
-Darslar  doimo  bir-biri  bilan  (o’tgan  va  o’tiladigan)  uzviy  bog’liq 
holda olib borilishi; 
-Davr  taqozosi  asosida  o’quvchilarning  mustaqil  ravishda  o’yin-
mashqlar bilan mashg’ul bo’lishini va o’zlashtirishini ta’minlash. 
Asta-sekinlik  va  doimiy  ravishda  o’quvchilarning  harakat  malaka 
va  ko’nikmalarini  tarbiyalash  yo’li  bilan  o’quvchilarning  mustaqil 
ravishda  jismoniy  tarbiya  vositalari  bilan  muntazam  ravishda 
shug’ullanishlariga odatlantirish; 
-Darslarning 
samaradorligini 
oshirishda 
jismoniy 
tarbiya 
vositalarining  xilma-xilligi,  tashkiliy  shakllari  va  o’tkazish  usulalrini 
doimo  yangilab  borish,  zamonaviy  texnologik  vositalar  va  pedagogik 
texnologiyalardan unumli foydalanish; 
-Har  bir  darsda  barcha  o’quvchilarning  o’yin-mashqlarini  qiziqish 
va faol harakat bilan shug’ullanishini ta’minlash; 
-Darslar jarayonida kuzatuvchilik, nazorat qilish va amaliy yordam 
berish  usullaridan  maqsadli  foydalanish,  harbiy  harakat  o’yin-
mashqlarni ixchamli bajarish yo’llaridan foydalanish; 
-Darslarni  tashkil  qilish  va  o’tkazish  shart-sharoitlariga,  gigiyenik 
qoidalarni to’la amalga oshirish, estetik zavq ma’naviy-ruhiy holatlarga  
talabchan bo’lish; 


 
117 
-O’g’il  va  qiz  bolalarning  alohida  va  birgalikda  bajarishi  lozim 
bo’lgan  o’yin-mashqlarga,  ularning  hatti-harakati  va  faolligiga  doimo 
sidqidillik bilan qarash, yaxshi muvozanatlarni saqlash va h.k. 
O’qituvchilarga  qo’yilgan  mazkur  talablar  va  mas’uliyatlar 
jismoniy  tarbiyaning  usullari  va  tamoyillaridan  kelib  chiqishi  natijasida 
ular  har  bir  darsda  amalga  oshirilishi,  darslardan  keyin  bu  faoliyatlarni 
ijtimoiy 
pedagogik 
jihatdan 
tahlil 
qilib 
borilishi 
kelajakda  
o’qituvchining nazariy va amaliy ko’nikmalarini mukammallashtirishga 
xizmat qilishi lozim.  
Bu  esa  pedagogik  mahoratni  boyitish  va  o’qituvchining  shaxsiy 
turmush sharoitini yaxshilashda xizmat qiladi.  
Ta’kidlash zarurki,  jismoniy tarbiya darsi va o’qituvchining oldiga 
qo’yilgan  ta’lim-tarbiya  berish  hamda  o’quvchilarni  sog’lomlashtirish 
kabi  muhim  vazifalar  bir-biri  bilan  uzviy  va  uzluksiz  amalga  oshirilib 
borilsa,    vazifa-jismoniy  tayyorgarlikni  ta’minlash  va  barkamollikni 
shakllantirishga asos bo’ladi.  
 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish