Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 O’qituvchining darslarga tayyorgarlik texnologiyalari



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

8.3. O’qituvchining darslarga tayyorgarlik texnologiyalari 
 
Boshlang’ich ta’lim  metodikasi tizimida, ayniqsa jismoniy tarbiya 
darslarining  qiziqarli,  mazmunli  va  samarali  o’tishida  asosiy  omil 
sifatida  o’qituvchining  darslarga  avvaldan  tayyorgarligi  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  o’qituvchining  nazariy  bilim  va  amaliy 
malakalari darajasi hamda pedagogik tajriba va mahoratining ustuvorligi 
hal  qiluvchi  o’rinda  turadi.  Shu  sababdan,    yosh    mutaxassislarning 
darslarga 
tayyorgarlik 
usullari 
hamda 
zamonaviy 
texnologik 
faoliyatlarni puxta egallashga astoydil kirishishlariga to’g’ri keladi.  
Mutaxassis yetakchi olimlar, yuqori darajadagi pedagogik mahorat 
hamda  tajribalarga  ega  bo’lgan  o’qituvchilarning  darslarga  tayyorgarlik 
faoliyatlar  haqidagi  mulohazalari,  amaliy  takliflari  quyidagicha 
ifodalanadi: 
-Jismoniy tarbiya ta’limidagi o’qitish usullarini to’la egallash; 
-Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanini chuqur bilish; 


 
137 
-“Jismoniy  tarbiya”  dasturidagi  bo’limlar  (turlar)  bo’yicha  yetarli 
darajada nazariy bilim va amaliy malakalarga ega bo’lish; 
-Kundalik  mehnat  va  turmush  jarayonlarida  sport  turlari  bilan 
amaliy jihatdan shug’ullanib borish; 
-Ertalabki 
sog’lomlashtirish 
gimnastika 
o’yin-mashqlarini 
bajarishni kanda qilmaslik. 
Bevosita darslarga tayyorlanishda shart bo’lgan faoliyatlar; 
-Choraklik rejadagi mavzu va turlarni qayta tahlil etish; 
-Har bir dars uchun kengaytirilgan ishlanma  tuzish; 
-Tegishli  o’quv  qo’llanmalar,  ilmiy-nazariy  anjumanlarning 
to’plamlari, jurnallar, ko’rgazma qurollarni yig’ish va ulardan maqsadli 
foydalanish; 
-Dars  mavzusi  va  qo’yilgan  maqsad  hamda  vazifalar  asosida 
asbob-uskunalarning  mavjudligini  e’tiborga  olish,  ularni  foydalanish 
uchun qulay joylarda saqlash; 
-Videotasvir, mobil telefonlarga mashqlarning bajarilish texnikasi, 
usullarini avvaldan suratga olish va darslarda maqsadli foydalanish; 
-Avvalgi  dars  konspektlari  yoki  choraklik  rejadagi  bajarilmay 
qolgan  tur  yoki  vazifalar  haqida  belgilab  qo’ygan  jarayonlarni  tahlil 
qilish, ularni amalda bajarish yo’llarini topish, bir qarorga kelish. 
-Yuqori  sinflar  jismoniy  tarbiya  o’qituvchilari  bilan  doimiy 
hamkorlik asosida zarur bo’lganda maslahatlar olish; 
-Maktab  va  tuman  (shahar)  metodik  kengashlarida  o’z  tajribalari 
bilan faol ishtirok etish; 


 
138 
-O’zining  yangi  tajribalari  va  erishgan  yutuqlarini  ommalashtirish 
yoki  boshqalarning  shu  sohadagi  amaliy  faoliyatlariga  nisbatan 
mulohazalar  bildirish  maqsadida  seminar-kengashlar,  ilmiy-amaliy 
anjumanlar  va  matbuotlarda  chiqib    turish  ish  tajribalarining 
mukammallashishiga sabab bo’ladi. 
Boshlang’ich  sinf  jismoniy  tarbiya  o’qituvchilari  (barcha  fanlar 
qatori  jisoniy  tarbiya  darsini  o’tkazuvchi  sinf  rahbari-o’qituvchisi) 
bo’limlar  (sport  turlari)  bo’yicha  darslarga  tayyorgarlik  jarayonida 
o’quvchilar  faoliyatini  ham  ko’z  oldiga  keltirishi  va  zarur  uslubiy 
ko’rsatmalarni konspektlarda qayd etishi mumkin: 
-Asosiy,  tayyorgarlik  va  maxsus  guruhlarda  shug’ullanuvchi 
o’g’il-qiz bolalarning jismoniy tayyorgarlik va salomatlik darajalari; 
-Iqtidorli  va  sport  maktablarida  ishtirok  etuvchi  bolalrga 
qo’shimcha vazifalar; 
-Bolalarning darslarga qiziqishi va faol harakatlari; 
-Mashqlarni bajarishdagi ruhiy holatlarning o’zgarishi (quvnoqlik, 
ma’yuslik, tortinish, uyalish va h.k.). 
-Tanasida  biron  zaiflik  asorati  bor  yoki  vaqtincha  layoqatsiz 
bo’lgan  (og’ir  darddan  tuzalgan,  shamollash  va  h.k.)  o’quvchilar 
boshqalar  qatori  faol  shug’ullanishga  intilganda    ehtiyot  choralarini 
o’ylash; 
-Dars  jarayonida  o’zidan  kichikroq,  kuchsizroq  va  ayniqsa  qiz 
bolalarga  ataylab  tegajoqlik  qiluvchi  sho’x  yoki  tarbiyasiz    bolalar 
ustidan  qat’iy  nazorat  olib  borish,  ularni  to’g’ri  tarbiyalash  yo’llarini 
doim o’ylash va h.k. 


 
139 
Umumiy  xulosa  shundan  iboratki,  I-IVsinflarda  jismoniy  tarbiya 
darslarini  tashkil  qilish  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  rejalarni  ishlab 
chiqish,  konspektlar  tayyorlash  va  tajribalarni  kengaytirish  muhim 
ahamiyat  kasb  etishi  bilan  o’quvchilarning  jismoniy  tayyorgarligini 
oshirish, jismoniy barkamollikni shakllantirish kabi eng muhim ijtimoiy-
tarbiyaviy jarayonlar amalga oshiriladi.  
 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish