Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 Sog’lom avlod va jismoniy barkamollik tushunchalarini



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

6.4.2. Sog’lom avlod va jismoniy barkamollik tushunchalarini 
bolalarda amaliy jihatdan shakllantirish masalalari. 
 
Boshlang’ich  ta’lim  metodikasidagi  jismoniy  tarbiya  asoslarida 
sog’lom  va  barkamol  avlod  tushunchalarini  amaliy  jihatdan  tarbiyalash 
yurtimizning buyuk kelajagi bilan bevosita bog’liq, ya’ni hozirgi zamon 
bolalar  yaqin  kelajakda  jismonan  sog’lom  va  barkamol  avlod  bo’lib 
yetishadi va Vatan, xalq oldida o’zining muqaddas burch va vazifalarini 
bajarishga  qodir    bo’ladi.  Bunda  jismoniy  tarbiya  vositalari  bilan  uzviy 
shug’ullanish  faoliyatlari  asosiy  o’rinlardan  birini  egallaydi.  Shu 
sababdan  hozirgi  istiqlol  davrida  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini 
sog’lom  qilib  tarbiyalash,  ularda  jismoniy  barkamollikni  shakllantirish, 
nazariy  bilimlarga  ega  qilish,  amaliy  ko’nikmalarni  barqarorlashtirish 
yo’li  bilan  bu  jarayonlarni  takomillashtirish  eng  muhim  zarur,  dolzarb 
vazifa hisoblanadi.  
 
Pedagogika,  psixologiya,  jismoniy  tarbiya  nazariyasi,  tibbiyot  va 
ular  bilan  aloqador  bo’lgan  fanlar  bo’yicha  yetuk  mutaxassis  olimlar, 
murabbiylar  va  mashhur,  iste’dodli  sportchilarning  e’tirof  etishicha, 
jismoniy  tarbiya  barkamollikni  tarbiyalash  bilan  bir  qatorda 
shug’ullanuvchilarning aqliy salohiyatlarini boyitadi va intellektuallikda 
fanlarni  o’zlashtirishga  yordam  beradi.  Sport  turlari  esa  jismdagi 
a’zolarning harakatlantiruvchi qobiliyatlarini tarbiyalab chiniqtiradi. Bu 
jarayonlar  mehnat,  o’qish,  rahbarlik,  tashkilotchilik  va  turmushdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  va  tarbiyaviy  tadbirlarning    mazmun,  shakl 
va  maqsad  hamda  vazifalarini  amalga  oshirishda  muhim  omil  bo`lib 
xizmat qiladi.  


 
91 
 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  amaliy  ko’nikmalarini 
shakllantirish  va  ularning  kundalik  faoliyatlariga  singdirish  maqsadida 
jismoniy  barkamollik  omillarini  quyidagicha  olib  borish  maqsadga 
muvofiq bo’ladi: 
 
-Jismoniy tarbiya darslarida barcha turdagi o’yin-mashqlarni sifatli 
va 
yuqori 
darajada 
o’zlashtirishni  ta’minlash,  bunda  barcha 
o’quvchilarning faol ishtiroki va harakatchanligini oshirish; 
 
-Maktab  sharoitida  gimnastika,  yengil  atletika,  sport  o’yinlari, 
kurash,  badiiy  gimnastika  turlari  bo’yicha  to’garak  mashg’ulotlarini 
tashkil etish va ko’pchilik o’quvchilarni jalb etish; 
-Sportga  ashaddiy  qiziquvchi,  qobiliyatli,  iqtidorli  o’g’il  va  qiz 
bolalarni sport maktablariga safarbar qilish; 
-Ertalabki  sog’lomlashtirish  (gimnastika)  o’yin-mashqlar  bilan 
doimiy ravishda shug’ullanishga odatlantirish; 
-Bo’sh  vaqtlarda  ota-onalar,  aka-ukalar  va  tengdosh  qo’ni-
qo’shnilar  bilan  birgalikda  o’zlariga  ma’qul  bo’lgan  o’yin-mashqlar 
bilan shug’ullanish, musobaqalar o’tkazish; 
-Dam  olish,  ta’til  kunlari  va  ulug’  sanalar,  kasb-hunar  kuni 
bayramlarida  oilaviy  va  yaqin  kishilari  bilan  jam  bo’lishib  sayohatlar 
uyushtirish; 
-Xalq milliy o’yinlari (qishloqlarda ot o’yinlari) bo’yicha qiziqarli 
mashg’ulotlar  uyushtirish  va  bunda  bolalarning  ishtirokini  ta’minlash, 
jismoniy 
sifatlarni 
talab 
etadigan 
turli 
o’yin-mashqlar  bilan 
shug’ullanish; 


 
92 
-Oila  muhitida  ma’naviy  va  jismoniy  barkamollik  mazmuni  va 
ularga erishish yo’llari haqida suhbat, savol-javoblar o`tkazish; 
-Gazeta,  jurnal  va  kitoblarni  o’qish,  ulardagi  mavzular  va 
muammolarni tahlil qilish, ma’qul kelganlarini oilada qabul qilish; 
-Teleradio  ko’rsatuv  va  eshittirishlarni  ko’rib,  eshitish  va 
ma’naviy-ma’rifiy madaniyat, ta’lim-tarbiya hamda sportning ahamiyati 
haqidagi mulohazalar, tavsiyalarga amal qilish.  
Xulosa qilib aytganda, sog’lomlashtirish, jismoniy tayyorgarlik va 
barkamollik  tadbir  va  amallar  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida 
shakllanishi  va  ularning  amalga  oshishida  o’qituvchi  va  ota-onalarning 
o’zaro hamkorligi zarurdir. 
Aholining  sog’lom  turmush  tarzida  jismoniy  tarbiya  va  sport 
muhim  omillardan  biridir,  ya’ni  doimo  sog’lom,  baquvvat,  tetik  bo’lib 
yurish,  ijtimoiy  mehnatda  ilg’or  va  layoqatli  bo’lish;  oilada  tinch-totuv 
yashash,  farzandlar  bilan  birgalikda  turli  o’yin-mashqlarni  quvnoqlik 
bilan  bajarish  ko’pchilik  kishilar  tomonidan  samarali  amalga 
oshirilmoqda. 
Bu  ijtimoiy-tarbiyaviy  jarayonlar  haqida  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilariga  jismoniy  tarbiya  darslari  va  darsdan  tashqari  turli 
tarbiyaviy  soatlarda  yetarli  tushunchalar  berish  hozirgi  davrning  eng 
muhim va zarur vazifalaridan biridir.  
Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  tizimidagi  talabalarga  sog’lom 
turmush  tarzi  haqida  ko’p  ma’lumotlar  beriladi.  Ularning  tarkibida 
ko’proq  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy,  tibbiy,  ekologik,  gigiyenik  kabi 
yo’nalishlar mavjud. 


 
93 
Sog’lom  turmush  tarzida  jismoniy  tarbiya  va  sportning  o’rni 
haqidagi  chuqur  mazmunli  bilimlar  deyarlik  chetda  qolib  ketmoqda. 
Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, jismoniy tarbiya o’qituvchilari 
faqat  maxsus  mashqlarni  o’rgatish  va  ularning  o’zlashtirilishi  haqida 
asosiy  diqqat-e’tiborni  qaratish  bilan  sog’lom  turmush  tarzi  va  ularni 
o’quvchi  yoshlarga  o’rgatish  (pedagogik  sohadagi  talabalar  uchun) 
bo’yicha yetarli tushunchalar berishmaydi.  
Ana  shu  jihatlarni  e’tiborga  olgan  holda,  boshlang’ich  ta’lim 
metodikasi  tizimidagi  talabalarga  sog’lom  turmush  tarzini  I-IV  sinf 
o’quvchilarida  shakllantirishga  qaratilgan  jismoniy  tarbiyaga  doir  ba’zi 
bir tushunchalarni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida bayon etilganidek, jismoniy tayyorgarlik va barkamollik 
darajalarining  yuqori  bo’lishi  sog’lom  va  barkamol  avlod  ekanligidan 
darak  beradi.  Bu  esa  sog’lom  turmush  tarzining  mazmunida  asosiy 
o’rinni egallashini inkor etib bo’lmaydi.  
Demak,  eng  kichik  yoshdagi  bolalardan  boshlab  I-IV  sinf  va 
yuqori  sinf  o’quvchilariga  sog’lom  bo’lish,  jismonan  tetik,  chaqqon, 
epchil,  chidamli,  kuchli  va  har  qanday  mehnatni  bajarishga  layoqatli 
qilib  tarbiyalash  jismoniy  tarbiya  va  sport  orqali  amalga  oshiriladi. 
O’quvchi yoshlarda sog’lom turmush tarzi tushunchalarini shakllantirish 
va  bu  sohadagi  bilimlarni  boyitish  borasida  mamlakatimizda  ko’plab 
madaniy, siyosiy va tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
1991-2011  yillar  davomida  o’tkazilgan  jismoniy  tarbiya  va  sport 
mavzusida  Respublika  ilmiy-amaliy  anjumanlar    ilmiy  to’plamlarida 
sog’lom  turmush  tarzini  yoshlarga  o’rgatish  to’g’risida  atoqli 


 
94 
olimlarning ilmiy maqolalari nashr etilgan. Ayniqsa, 2002-2011 yillarda 
nashr etilgan to’plamlarda O’zDJTI, Nizomiy nomidagi Toshkent DPU, 
Jizzax DPI, Samarqand va Buxoro DU tashabbus va samarali mehnatlari 
e’tiborga 
molikdir. 
Ularda 
yetakchi 
mutaxassis 
olimlar 
K.T.Shokirjonova, 
R.Q.Qutratov, 
K.D.Yarashev, 
N.Akramova 
(O’zDJTI),  J.E.Eshnazarov,  B.Haydarov,  R.A.Qosimov,  Z.B.Boltayev 
SamDU), 
K.M.Mahkamjonov, 
X.B.Tulenova 
(ToshDPU), 
T.X.Xoldarov,  H.A.Meliyev,  B.Bo’riboyev,  F.Axmedov  (JizDPI), 
A.Q.Atayev,  H.A.Botirov  (BuxDU),  J.M.Toshpo’latov,  O’.Ibrohimov 
(TerDU) kabilarning tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega.  
Mahmudova  N.M.,  O.K.Husanboyev,  A.N.Kravsov  (1991), 
Qudratov  R.Q.,  Abdumalikov  R.,  Xoldorov  T.X.  (2003),  Abdumalikov 
R.,  Xoldarov  T.X.  (2008)  kabilarning  o’quv-uslubiy  qo’llanmalari 
mazmunida sog’lom turmush tarzi, uni ta’minlashda jismoniy tarbiya va 
sportning ahamiyati atroflicha bayon etilgan.  
Vinogradov  G.N.,  Kulnazarov  A.K.,  Salov  V.Yu.  ning  “Teoriya  i 
metodika  zdorovoga  obraza  jizni”,  nomli  o’quv  qo’llanmasida 
ta’riflanishicha,  sog’lom  turmush  tarzining  asosini  jismoniy  tarbiya  va 
sport  tashkil  qiladi.  Shu  asosda,  Adambekov  X.,  Kulnazarov  A., 
Kosimbekova  S.  “Формирование    основ  физической  культуры 
учащейся  молодежи,  монография,  (Алматы, 
 
2004)  o’quvchi-
yoshlarda  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirish  va  tarkib  toptirishda 
jismoniy tarbiya vositalari va ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlari 
yuqori pog’onaga qo’yilgan. 


 
95 
Mazkur  o’quv  qo’llanma  va  monografiya  qardosh  Qozog’istonda 
ishlab  chiqilib,  amalda  samarali  foydalanilayotganligini  tilga  olishdan 
maqsad  shuki,  O’zbekiston  va  Qozog’iston  xalqlarining  turmush 
madaniyati va olib borilayotgan davlat siyosati ham bir-biriga o’xshash 
va  monand,  qolaversa  chegaralar  bir-biri  bilan  keng  tutashib  ketgan  va 
madaniyat,  tarbiya,  iqtisod  va  boshqa  sohalarda  uzviy  aloqalar 
mustahkamlanib bormoqda.  
Demak,  talaba-yoshlar  sog’lom  turmush  tarzi  va  undagi  jismoniy 
tarbiyaning  o’rni  haqida  bilimlarini  chuqurlashtirish  va  kengaytirishda 
mazkur manbalardan maqsadli foydalanishlari lozim bo’ladi. 
Sog’lom  turmush  deganda  eng  avvalo  insonlarning  sihat-
salomatligi,  jismoniy  jihatdan  tayyorgarligi  hamda  barkamolligi 
tushuniladi.   
Salomatlik  (sog’lomlik)  –  jismoniy,  ma’naviy  va  ijtimoiy 
ta’minotning mavjudligidir. Bu sohada ta’rif va mulohazalar ko’p hamda 
xilma-xil  ya’ni  har  bir  davlat  va  xalq  o’zlarining  milliy  urf-odatlari 
bo’yicha bu sohani har xil tavsiflaydi.  
O’zbekistonda  salomatlik  tushunchasi  “Sog’liging  –  boyliging, 
boyliging esa baxting” deb ta’riflanadi.  
Bundan kelib chiqadiki, sog’liqni asrash, uni yaxshilash va yanada 
rivojlantirish eng ustuvor muammodir.  
Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’riflaganidek,  “Sog’lom  kishigina 
hamma narsaga qodir bo’la oladi”. 


 
96 
O’quvchi  yoshlarda  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirishning 
ko’p  tarmoqli  (konseptual)  yo’nalishi  va  yagona  tizimi  misoli  sifatida 
quyidagilarni ko`rsatish mumkin. (Chizma 1) 
 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish