Qosimova R. A. Boltayev Z. B


I-IV sinf o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi haqida



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

6.8. I-IV sinf o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi haqida 
tushunchalar va ularni tarbiyalash muammolari. 
 
Jismoniy  tarbiya  nazariyasida  jismoniy  tayyorgarlik  tushunchasini 
asosan o’yin-mashqlar vositasi asosida tarbiyalab jarayoni talqin etiladi. 
Bu  albatta  pedagogik  jihatdan  mantiqqa  to’g’ri  keladi,  ya’ni  jismoniy 
tarbiya  vositalari  orqali  darslar,  sport  mashg’ulotlari,  mustaqil  ravishda 
(ertalab  yoki  darsdan  keyingi  mashqlar)  shug’ullanish  asosida  tabiiy  va 


 
84 
maxsus 
amaliy 
faoliyatlarni 
(musobaqa, 
darslar, 
to’garak 
mashg’ulotlarida  bajariladigan  mashqlar)  tarbiyalash  bilan  jismoniy 
tayyorgarlik jarayoni amalga oshiriladi.  
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va tarbiyalashda yana bir 
muhim  hodisa  borki,  u  jismoniy  tayyorgarlik  deb  aytiladi,  lekin  tabiiy, 
tug’ma holatda yuz bergan qobiliyat (iqtidor) ham mavjud, ya’ni bolalik 
davridayoq  bola  o’ta  harakatchan,  epchil,  kuchli  bo’ladi.  Oiladagi 
turmush  muhiti  (jismoniy  mehnat),  bolaning  o’zi  turli  murakkab 
harakatlar    (yugurish,  sakrash,  yuk  ko’tarish,  ulovlarda  yurish, 
tengdoshlari bilan kurashish, bahslashish)ni mustaqil bajarishi natijasida 
uning tug’ma qobiliyati rivojlanib boradi.  
Bunday harakatchan (gavdasi to’la yoki ozg’in) bolalarga jismoniy 
tarbiya  vositalari  asosida  maxsus  mashqlarni  (darslar,  to’garaklar  va 
h.k.)  bajarish  vositasida  tarbiyalansa,  ulardagi  imkoniyat,  qobiliyat  va 
qiziqishlar tezda ijobiy tomonga o’zgaradi.  
Demak  boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilarning  harakatchanligi  va 
jismoniy  tayyorgarligini  tarbiyalashda  ularning  sog’lomligi,  qiziqishi, 
e’tiqodi va iqtidori (qobiliyat) o’qituvchi ko’ra bilishi, shu asosda o’yin-
mashqlarni tashkil qilishi lozim.    
Jismoniy 
tarbiya 
va 
sportdagi 
tarbiyaviy 
jarayonlarning 
vazifalarida jismoniy tayyorgarlik umumiy tushuncha hisoblanadi, ya’ni 
shug’ullanuvchilarning    mutlaqo  sog’lomligi  (dard,  kasallik  alomatlari 
yo’qligi)  hamda  turli  xil  harakatlarni  yaxshi  bajarishga  qodir  ekanligi 
bilan  belgilanadi.  Shu  asosda  iqtidorli  bolalarning  qobiliyati  va 
qiziqishlariga  qarab,  ular  shug`ullanadigan  sport  turlari  bilan 


 
85 
shug’ullanishga tavsiya etadi. Bu esa jismoniy tayyorgarlikdagi sifatlarni 
tanlash,  tarbiyalashga  qaratiladi.  Oddiy  qilib  aytilsa,  jismoniy 
sifatlarning  (kuch,  tezlik,  chidamlilik,  egiluvchanlik  –  qayishqoqlik  va 
h.k.)  shakllanib  mujassamlashishi  sodir  bo’layotgan  jarayonlar  (holat, 
voqyea,  vaqt,  natija  va  h.k.)  jismoniy  tayyorgarlik  belgisi  deb  aytish 
mumkin.  
I-IV  sinf  o’quvchilari  jismoniy  tayyorgarligini  ushbu  yo’nalishda 
tarbiyalash  dolzarb  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Buning  uchun  esa 
boshlang’ich  ta’lim  tizimida  jismoniy  tarbiyani  o’qitish  bo’yicha 
mutaxassis  kadrlar  tayyorlashda  quyidagi  jarayonlarga  katta  e’tibor 
berish lozim bo’ladi: 
-Bo’lajak mutaxassis – pedagog eng avvalo tanasining tuzilishi va 
ulardagi amaliy harakat faoliyatlarning bajarilish yo’llarini bilishi; 
-Tana  a’zolari  uchun  beriladigan  o’yin-mashqlarning  shakli, 
mazmuni,  miqdori  va  ularning  ta’sir  etish  jarayonlarini,  ya’ni  nafas 
olishning chuqurlashuvi va tezlashishi, yurak urishi va qon aylanishining 
tezligi,  mushaklar  va  bo’g’inlarning  harakatlarni  bajarishga  qodir 
ekanligini nazariy hamda amaliy jihatdan bilishlari, chuqur bilimga ega 
bo’lishlari lozim; 
-O’quvchilarning berilgan vazifalar qanchalik to’g’ri, puxta va faol 
bajarilayotganligi  hamda  uning  aksini  bajarayotganliklarini  kuzatish, 
tegishli amaliy yordam berish jarayonlarini o’zlashtirishi shart bo’ladi; 
-Vazifalar  to’g’ri  bajarilganda  va  murakkabroq  o’yin-mashqlarga 
imkoniyatli  bolalarni  jalb  etish  va  mustaqil  ravishda  o’zlari  xohlagan 
o’yin-mashqlarni bajarishga ijozat berish.  


 
86 
-Jismoniy  tayyorgarlik  belgilari  (jismoniy  sifatlarning  shakllanish 
darajalari) aniqlangan va amalda maqsadli bajarilayotganligi sezilganda, 
iqtidorli  bolalarning  sport  turlarini  tanlash  va  safarbar  etilishiga 
kirishish; 
-Jismoniy  tarbiya  darslarining  samaradorligini  oshirish  yo’li  bilan 
o’quvchilarni o’yin-mashqlarga qiziqishlarini oshirish va shu yo’l bilan 
ularning 
harakat 
malakalarini 
yuqori 
darajaga 
ko’tarish  va 
mustahkamlash; 
-Jismoniy  tayyorgarlikka  ega  bo’lgan  o’quvchi  o’g’il  va  qiz 
bolalarni  alohida  guruhlarga  ajratish,  ular  o’rtasida  turli  xil  estafetali 
o’yinlarni o’tkazish; 
-Jismoniy  jihatdan  iqtidorli  o’quvchilarga  uy  vazifalarini 
topshirish,  ayniqsa  ertalabki  sog’lomlashtirish  gimnastika  o’yin-
mashqlarning  bajarilishini  tekshirish,  baholash,  qo’shimcha  topshiriqlar 
berish; 
-Tartib-intizom, 
axloq-odob 
qoidalarini 
o’zlashtirish  hatti-
harakatlarini  jismoniy  tarbiya  darslarida  kuzatish,  aniqlash,  tarbiyaga 
zid, xilof bo’lgan harakatlar, odatlarga barham berish. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish