Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 Sog’ligi zaif o’quvchilar bilan mashg’ulotlarni tashkil etish



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

6.2. Sog’ligi zaif o’quvchilar bilan mashg’ulotlarni tashkil etish 
yo’llari. 
 
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  (BMT)  qoshidagi  Jahon  Sog’liqni 
saqlash 
tashkilotining 
(JSST) 
tavsiyasi 
asosida 
insonlarning 
salomatligini yaxshilash va rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, u barcha 
mamlakatlarda  inobatga  olinmoqda.  Dasturda  ko’rsatilishicha,  sog’lom 
kishilar  hafta  davomida  kamida  8-10  soat  faol  amaliy  harakatlar 
(jismoniy tarbiya va sport) bilan shug’ullanishi lozim. O’quvchi yoshlar 
esa 10-12 soat. (jismoniy tarbiya darsi ichida) va undan ortiq vaqt bilan 
jismoniy tarbiya va sport turlari bilan mashg’ul bo’lishlari lozim.  
 
O’quvchi yoshlarning orasida tug’ma yoki biron og’ir dard asorati 
asosida  nogironlar  ham  uchraydi.  Ular  bilan  sog’lomlashtirish 
mashqlarini  maxsus  mutaxassislar  (shifokor-jismoniy  tarbiyachi)  olib 
boriladi.  
Shamollash,  yuqumli  kasallik,  yiqilib  shikastlanish  va  boshqa 
sabablar  bilan  vaqtincha  yoki  uzoq  muddat  (1-1,5  yil)  davomida 
jismoniy 
tarbiya 
darslarida 
shug’ullanishni 
taqiqlovchi 
ma’lumotnomalar  (spravka)  berish  holatlari  ham  yo’q  emas.  Ular  bilan 
ham  shifokor  yoki  tibbiy  ma’lumotga  ega  bo’lgan  (maxsus 
tayyorlangan) o’qituvchilar alohida mashg’ulot (darsgacha yoki darsdan 
keyin) o’tkazishadi.  
Rasmiy  ma’lumotlarga  ko’ra,  I-IV  sinf  o’quvchilari  orasida  turli 
xil  kasallikka  moyil  bo’lganlar  30-40  %  ni  tashkil  etadi.  Lekin  yengil 
kasalliklar va ularning ba’zi alomatlarini, belgilarini nafaqat o’zlari hatto 
ota-onalar ham sezishmaydi, ba’zilari esa bunga befarq qarashadi.  


 
81 
Shu sababdan ham, maktab o’quvchilari yilning bahor va kuzning 
boshlanishida  maxsus  tibbiy  ko’rikdan  o’tkaziladi  va  maktab  tibbiyot 
punkti  shifokorlari  tomonidan  doimiy  ravishda  kuzatuv-nazorat  olib 
boriladi.  
Maxsus  tibbiy  ko’rik  natijalari  o’quvchilarni  asosan  uch  guruhga 
ajratishi mumkin, ya’ni:  
-Sog’ligi  yaxshi,  tana  a’zolarida  kam-ko’sti  yo’q  bolalar  (asosiy 
guruh); 
-Jismonan zaif bolalar, ya’ni mashqlarni berish va o’quvchilarning 
shug’ullanishi qisman chegaralanadi (tayyorgarlik guruhi); 
-Salomatligida  jiddiy  nuqsonlari  bo’lgan  bolalar  (maxsus-tibbiy 
guruh). 
Asosiy  guruhdagi  o’quvchilar  “Jismoniy  tarbiya”  dasturidagi 
barcha  bo’limlarning  shakl  va  mazmunlari  bilan  shug’ullanishga  jalb 
etiladi.  
Yordamchi  guruhdagi  o’quvchilar  bilan  darslardagi  amaliy 
harakatlarni bajarishga jalb etishda ma’lum darajada chegaralanishlarga 
(takrorlash miqdori, vaqt, qiyinroq mashqlarni bajarmaslik va h.k.) yo’l 
qo’yiladi.  
Yuqorida  ta’kidlanganidek,    maxsus  guruhdagi  o’quvchilar  bilan 
mashg’ulot  o’tkazishni  shifokor-o’qituvchi  olib  boradi.  Bu  tadbirga 
imkoniyat  bo’lmaganda,  I-IV  sinflardagi  darslar  jarayonida  o’qituvchi 
yengil  o’yin-mashqlar  bilan  shug’ullantirishi  mumkin  yoki  biron  vazifa 
berish va tomosha sifatida ularning qatnashishlarini ta’minlashga to’g’ri 
keladi.  


 
82 
Sog’ligi  zaifroq  o’quvchilarni  jismoniy  tarbiya  darslarida 
shug’ullantirishda  dars  rejasidagi  va  rejadan  tashqari  ba’zi  o’yin-
mashqlarni  berish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  quyidagi  vositalardan 
foydalanish mumkin bo’ladi: 
1.  Gimnastika:  -safga  tez  turish,  qomatni  rostlab  (kezib)  yurish, 
tizzalarni  bukmasdan  oyoqni  ko’tarib  yurish,  yurayotganda  qo’llarni 
bosh ustiga, bo’yin orqasiga, orqaga qo’yib harakatlanish. 
-Akrobatika:  gavdani  to’g’ri  tutgan  holda  yotib  yon  tomonlarga 
aylanish;  o’tirg’ich  (skameyka)  ustidan  oyoqlarni  juft  qilib  sakrab 
tushish;  gimnastika  devoriga  (kichik-maxsus  norvon)  yelka  baravari 
osilib,  oyoqlarni  keng  yozib  oldinga  kerilish,  qo’lda  tortilish,  yuqori 
pog’onalarga chiqish va tushish. 
2. Yengil atletika: 
-sinflar  va  bolalarning  harakatchanligiga  qarab  30-40-60  metr 
masofaga o’rtacha tezlikda yugurish; 
-kichik rezina to’plarni mo’ljalga va uzoqqa joyda turib otish; 
-oyoqlarni juft qilib oldinga (uzunlik) sakrash;  
30-40  santimetr    balandlikdagi  ipdan  oyoqlarni  almashtirib  hatlab 
o’tish; 5-7 qadamdan yugurib kelib ipdan sakrab o’tish. 
-300-500 m.masofaga sekin yugurish va h.k. 
3. Harakatli o’yinlar: 
“Uchinchisi  ortiqcha”,  “Qarmoq”,  “Qopqon”  va  shunga  o’xshash 
kam  harakatchanlik  va  tezlik  talab  qilinmaydigan  o’yinlar,  to’pni 
uzatish, ilib olish kabi estafetalar bilan shug’ullanish.  


 
83 
4.  Raqslar  (milliy  o’yinlar,  ritmik  va  badiiy  gimnastika 
elementlari) bilan shug’ullanish.  
5.  Darsdan  keyin  sof  havoli  va  manzarali  xiyobonlar,  dalalar 
(qishloqda),  diqqatga  sazovor  madaniy,  arxitektura,  o’quv  muassasa  va 
boshqa  joylarga sayr qilish 
O’yin-mashqlarni bajarishda nafas olish va nafas chiqarish hamda 
gavdaning  to’g’ri  tutilishlariga  alohida  e’tibor  berilishi  lozim.  Ayniqsa, 
yugurish,  harakatli  o’yinlar,  sayr-sayohatlar  jarayonida  bolalarning 
yuzidagi o’zgarishlar (qizarish yoki oqarish, aft-basharalarning tirishishi 
kabi) va ruhiy holatlarini kuzatib borish, zarur bo’lsa sabablarni so’rash, 
qo’ldagi vena qon tomiri urish darajalarini o’lchash lozimdir.  
Bu  holatlar  yuz  berganda  o’quvchining  dam  olishi,  qaltis  harakat 
qilmasligi haqida ko’rsatmalar berishga to’g’ri keladi. O’zini boshqacha 
his  etgan  o’quvchilarga  albatta  shirin  muomalada  bo’lish,  uning  ruhiy 
holatini  ko’tarishga  sabab  bo’luvchi  nasihat,  amaliy  harakat,  holatning 
o’tkinchi  ekanligi  va  boshqacha  yo’llar  bilan  ovutish,  ishontirish  eng 
muhim usul hisoblanadi.  
 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish