Qosimova R. A. Boltayev Z. B



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

 
 
5.3.2. Ilg’or tajribalardan foydalanish va unga erishish. 
 
Jismoniy  tarbiya  ta’limida  ilg’or  tajriba  tushunchasi  ham  ikki 
yo’nalishga egadir, ya’ni:  
1.  Darslar  va  turli  mashg’ulotlar  jarayonida  maqsadga  qo’yilgan 
vazifalarni amalga oshirishda yangi natija va yutuqlarga ega bo’lish.  
2.  Ko’p  yillik  tajribaga  ega  bo’lgan  pedagog-o’qituvchilarning  ish 
usullarini  o’rganish  va  ularni  o’z  faoliyatida  qo’llash.  Ta’kidlash 
mumkinki,  bu  yo’nalishlar  bir-biri  bilan  bog’liq  holda  ilg’or 
pedagogik  mahoratni  yuzaga  keltiradi,  ya’ni  pedagogik  mahorat  va 
ilg’or 
tajribalar 
birlashib, 
yangi 
pedagogik 
(innovasiya) 
texnologiyaga aylanishi mumkin. Bu jarayonlarga bir necha misollar 
keltirish mumkin, masalan: 
-I-II  sinf  o’quvchilari  bilan  gimnastika  darslarini  tashkil  etishda 
saflanish, 
tarqalish, 
saf-qatorlarda 
yurish, 
umumrivojlantiruvchi 
gimnastika  mashqlarini  bajarish  hamda  asbob-uskunalarda  ijro 
etiladigan 
harakat-mashqlarini 
birgalikda 
bajarish 
asosda 
o’quvchilarning tez va oson o’zlashtirishni ta’minlash; 
 -Turli mashq, harkatlarni bolalarga o’rgatishda so’z ifodalari, qo’l, 
gavda  bilan  imo-ishora  qilib  tushuntirish,  ko’rgazmali  vositalardan 
foydalanish; 


 
72 
-Harakatli  o’yinlarni  (“qushlar  pir...rr  etib  uchdi”,  “taqiqlangan 
harakat”, “qopqon”, “qarmoq” va h.k.) tushuntirish va ularni bolalarning 
bajarish  jarayonlarida  so’zlash,  imo-ishora  va  barcha  harakatlarni 
qiziqarli ravishda ko’rsatib, ular bilan birgalikda bajarish.  
-III-IV sinf o’quvchilarining yengil atletika darslaridagi sakrashlar 
(joydan, yugurib kelib), yugurishdagi asosiy turlar (startlar, qo’l-oyoqlar 
harakati, nafas olish va chiqarish), ayniqsa tennis (kichik rezina to’plar) 
to’pi yoki o’zlari yasagan moslamalarni (qum solingan xaltaga, tugilgan 
ip)  uzoqqa  va  mo`ljalga  otishdagi  texnik  harakatlarni  o’rgatishda 
bolalarning  tushunib,  bilib  osonlikcha  o’zlashtirishlariga  erishish. 
Bunday  holatlarda  mashqlarning  texnik  jihatdan  to’g’ri  bajarishlariga 
erishish uchun suratlar, chizmalar, video tasvirlardan o’rinli foydalanish 
mumkin. 
-Sport  o’yinlari  (futbol,  basketbol,  tennis,  badminton  va  h.k.) 
qismlarini  (elementlar)  boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga  o’rgatishda 
yuqori  sinflarda  o’tkazilayotgan  sport  musobaqalari,  televideniye  va 
video  tasvirlarga  olingan  nufuzli  sport  musobaqalaridagi  o’yinlarni 
namoyish qilib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir.  
Umuman  olganda,  boshlang’ich  sinflarning  jismoniy  tarbiya 
darslari,  sport  to’garaklari  mashg’ulotlari  va  darsdan  tashqari  turli  xil 
sog’lomlashtirish sport tadbirlarini maqsadli ravishda tashkil etish yo’li 
bilan yillar davomida katta tajribalar yig’iladi.  
Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  sohasidagi  pedagog-jismoniy 
tarbiya  o’qituvchilari  uchun  ilg’or  pedagogik  mahorat  va  katta 


 
73 
tajribalarga 
ega 
bo’lishning  eng  muhim  omillarini  quyidagi 
yo’nalishlarida ko`rinadi: 
1. Olib borilgan ish (o’qitish) usullari va ularning natijalari haqida 
metodik  uyushma,  seminar,  ilmiy-nazariy  va  amaliy  anjumanlarda 
ma’ruza bilan ishtirok etish; 
2.  Katta  tajribalarga  ega  bo’lgan,  pedagogik  mahorat  jihatdan 
taniqli  bo’lgan  o’qituvchilarning  ma’ruzalari,  amaliy  ish  faoliyatlarini 
(dars berishi) video tasvirlarga olib, ularni takror-takror ko’rish va tahlil 
qilish. 
3.  O’zining  nutq,  harakat  faoliyatlari  va  darslar  jarayonidagi 
ko’rsatuvlarni  ham  video  tasvirga  olib,  ularni  tahlil  qilish,  ma’qul 
bo’lmagan jarayonlarni tuzatish. 
4.  Amaliy  faoliyat  va  zarur  harakatlarni  takomillashtirish 
maqsadida  har  kungi  ertalabki  gimnastika  va  boshqa  o’yin-mashqlarni 
kanda qilmaslik. Imkoniyat darajasida maktab yoki yaqin atrofdagi sport 
zali,  o’yin  maydonlari,  xiyobonlarda  gimnastika,  yengil  atletika,  sport 
o’yinlari,  badiiy  gimnastika,  harakatli  o’yinlar  (I-IV  sinf  dasturi 
bo’limlari)  va  sayr-sayohatlarni  doimiy  ravishda  bajarish  maqsadga 
muvofiq 
bo’ladi.  Bu  esa  mahorat  oshirish  va  tajribalarni 
kengaytirishning asosiy usulidir.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish