Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 I-IV sinflarda o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

5.2. I-IV sinflarda o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida 
texnik vositalardan foydalanish usullari. 
 
Ta’kidlash  joizki,  texnologik  faoliyatlar  va  yangi  texnik 
vositalardan  foydalanish  (innovasiya)  ishlarining  asosiy  yo’nalishlari 
ma’lum  bir  sport  turi  hamda  sportchilar  mahoratini  oshirishga 
qaratilmoqda.  O’quvchi  yoshlar  va  talabalar,  ayniqsa  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilarining  jismoniy  tarbiya  darslari,  ommaviy  sog’lomlashtirish 
tadbirlari  va  oila  sharoitida  texnik  vositalardan  foydalanish  masalalari 
hali  e’tiborga  olingan  emas.  Shu  sababdan  ham  ba’zi  tajribali  jismoniy 
tarbiya o’qituvchilari, xorijda (Rossiya, Qozog’iston, Belorusiya va h.k.) 
mavjud bo’lgan ma’lumotlardan foydalangan holda, ayniqsa Samarqand 
Davlat  Universitetidagi  Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  fakulteti 
o’qituvchilarining  keyingi  ish  faoliyatlaridan  namuna  sifatida 
foydalanishga to’g’ri keldi.  
 
1. Texnik vositalardan foydalanish. O.V.Jbankov, V.A.Golovina 
(Moskva  texnika  universiteti)  larning  isbotlashicha,  kompyuter 
texnologiyalari  asosida  jismoniy  tarbiya  sohasida  ko’p  faoliyatlarni 


 
64 
amalga  oshirish  mumkin,  ya’ni:  1.  Jismoniy  tarbiya  jarayonlarini 
modellashtirish  (takomillashtirish),  o’quv  dasturlarini  ishlab  chiqish, 
o’quv  mashg’ulotlarini  tuzish  va  mazmunini  aniqlash.  2.  O’quv 
jarayonlarini  uslubiy  jihatdan  ta’minlash,  ya’ni  kompyuter  nashrlarini 
tayyorlash (6, 310 b.). 
 
Bu  jarayonlarni  yurtimizdagi  sharoitli  va  kompyuterlar  bilan 
o’qituvchi  va  o’quvchilarning  maqsadli  ishlashi  uchun  maxsus  o’quv 
xonalari  (kabinet)  yaratilgan  maktablarda  amalga  oshirish  mumkin. 
Bunda quyidagi tarbiyaviy va ta’lim jarayonlarini ko’zda tutishga to’g’ri 
keladi: 
 
-jismoniy  tarbiya  darslarida  (mavzu,  maqsad,  vazifa  asosida) 
videotasvir,  mobil  telefonlar  orqali  amaliy  mashqlarning  bajarilish 
usullari  (texnikasi),  o’quvchilarning  faol  ishtiroki  namoyish  etiladi.  Bu 
jarayonlarni  har  bir  sinf  va  boshqa  maktablardagi  sinf  o’quvchilarining 
darslarini  videotasvirga  olib,  o’zlariga  namoyish  etish  bolalarning 
qiziqishi, zavqini oshiradi. Bu esa dars samaradorligini oshirishga ijobiy 
ta’sir o’tkazadi.  
-gimnastika  asboblari,  akrobatikada  hamda  yengil  atletika,  sport 
o’yinlari, harakatli o’yinlardagi asosiy dars mazmunlarini o’qituvchi va 
talabalar  tomonidan  videotasvir,  mobil  telefonlarga  tushirish  va  ularni 
dars  yoki  tanaffus  vaqtlarida  ko’rsatish  (namoyish)  innovasion 
(yangilik) jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’ladi.  
-jismoniy  tarbiya  darslarida  turli  xil  to’plar,  gimnastika 
tayoqchalari, chambarak, tasma, rezinali gantel, arg’amchi, bayroqchalar 
(kichik  ro’molchalar),  tugilgan  arqon,  ip  va  hokazo.  qadimdan  texnik 


 
65 
vosita  hisoblanadi.  Ammo  ularni  ko’pchilik  o’qituvchilar,  ayniqsa 
qishloq  sharoitlarida  darslar  jarayonida  qo’llash  kamdan-kam  uchraydi. 
Chunki ularning ko’pchiligi maktab sharoitida yetishmaydi. Ikkinchidan 
esa,  o’qituvchilarning  o’zlari  u  asbob-uskunalar  bilan  mashq  qilishni 
bilishmaydi.  Qolaversa,  “Jismoniy  tarbiya”  Dasturi,  Darslik  va  o’quv 
qo’llanmalarida  ham  ular  bilan  bajarilishi  kerak  bo’lgan  namunaviy 
mashqlar keltirilmagan. 
Mashqlarni  hisobga  olgan  holda,  boshlang’ich  ta’lim  metodikasi 
fakultetlarining  o’qituvchi  va  talabalari  mavjud  bo’lgan  asbob-
uskunalarda  foydalanish  va  noan’anaviy  uskunalar,  anjomlarni 
tayyorlab,  amaliy-uslubiy  darslarda  qo’llashni  o’rganish  lozim  bo’ladi. 
Buning  uchun  esa  talabalarning  mustaqil  ishlarida  bu  usullar, 
faoliyatlardan  samarali  foydalanishga  to’g’ri  keladi.  Oqibatda  esa 
talabalarning  o’quv  amaliyotlari  jarayonida  standart  o’quv  qurollari 
(asbob-uskunalar)  va  noan’anaviy  ko`rgazma  qurollarni  darslarda 
qo’llash  asosida  nazariy  bilimlar  va  amaliy  ko’nikmalar  bo’lajak 
mutaxassis-pedagoglarda shakllanadi va ravnaq topadi.  
2.  Faqat  davolash  yoki  sog’lomlashtirish  markazlaridagina  emas, 
sport inshootlari, poliklinika, shaxsiy uylarda ham mashg`ulotlar
 
tashkil 
etilmoqda.  Lekin  ularning  aksariyatida  maqsadga  qaratilgan  faoliyatlar 
amalga  oshirilmoqda.  Ya’ni  shifoxonalarda  bemorlarni  turli  faol 
harakatlar, 
texnik 
vositalar 
bilan 
davolash, 
sog’lomlashtirish 
markazlarida  uqalash  (massaj),  tana  a’zolarining  harakatchanligini 
mustahkamlash  kabi  amallar  bajarilsa,  sport  zallardagi  mashg`ulotlarda 


 
66 
shug’ullanuvchilarning  ixtisosi  (kurash,  boks,  og’ir  atletika  va  h.k.) 
bo’yicha u yoki bu jismoniy sifatlar tarbiyalanadi. 
Tan  olish  joizki,  bu  turlar  va  amaliy  faoliyatlar  cheklangan 
(barchaga  baravar  emas)  holda  ta’minlanmoqda,  oddiy  qilib  aytganda, 
sog’lomlashtirish  yoki  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash  shart  bo’lgan 
kishilar (muhtojlar) va sport jamoalari (komandalar) uchun xizmat qilish 
yo’lga qo’yilgan.  
Aytish  mumkinki,  bu  tadbir  va  sharoitlar  hozirgi  davr  iqtisodiy 
siyosat  hamda  bozor  munosabatlariga  tayangan  holda  amalga 
oshirilmoqda (pullik xizmatlar desa bo’ladi). 
Ularning  barchasi  texnik  vositalardan  maqsadli  foydalanish  va 
zamonaviy yangi  texnologiyalarni ishga solish demakdir. B.T.Yelishev,      
M.Sh.Artikbayev,  N.K.Yeremboyev  (Janubiy  Qozog’iston  Davlat 
universiteti) 
kabilarning 
ta’kidlashicha, 
I-IV 
sinflarda 
shug’ullanuvchilarning 
muvozanatni 
saqlash, 
harakatlarni 
boshqarishdagi  bosh  miya  markazlaridagi  asab  yo’nalishlarni  ishga 
soluvchi  va  tezlashtiruvchi,  mashg’ulotlar  so’ngida  o’z  holiga 
keltiruvchi  mashqlardan  foydalanishda  maxsus  trenajer  vositalaridan 
foydalanish yaxshi samara beradi. (5, 93 b.). 
F.A.Kerimov,  A.D.Ro’ziyev,  M.M.Raximov  (O’zDJTI)  kurash 
bo’yicha  sportchilarni  tayyorlashda  yangi  texnologiya  vositasi  sifatida 
mashg`ulotlarda  mashqlarni  tanlash,  bajarish  texnik  yo’llarini  doimiy 
ravishda 
takomillashtirish 
mashg’ulotlarining 
mazmuni 
va 
samaradorligini ta’minlashda xizmat qiladi (14, 56 b.). 


 
67 
Yuqorida  eslatilgan  mualliflarning  ilmiy  tadqiqotlari  va  erishilgan 
yutuqlarini  O’zbekiston  sharoitidagi  umumta’lim  maktablarning 
boshlang’ich  sinflarida  maqsadli  qo’llash  bolalarda  jismoniy 
tayyorgarlikni  tarbiyalashda  va  ularning  jismoniy  barkamolligini 
shakllantirishda katta xizmat qilish mumkin.  
Ma’lumki, mashg`ulotda bajariladigan mashq turlari behisob. Ular 
oddiy yurish, tez  yurish, velosiped haydash, yugurish (oyoq mushaklari 
uchun),  shtangaga  o’xshash  ko’tarib,  itarib,  tortib  mashq  bajarish  (qo’l, 
qorin,  bo’yin  va  bel  uchun),  turnik,  xalqaga  o’xshash  tortishish 
uskunalari  (bilak,  yelka  uchun)  shug’ullanuvchilarning  deyarlik  barcha 
jismoniy sifatlarini oshirishda xizmat qiladi.  
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  uchun  yalpisiga  (sinf  bo’yicha) 
shug’ullanish  uchun  maxsus  mashg`ulotlar  deyarli  uchramaydi.  Faqat 
sport  maktablarida  shug’ullanuvchi  o’g’il  va  qiz  bolalarning  yoshi  va 
jismoniy  tayyorgarligini  hisobga  olgan  holda  ular  bilan  mashg’ulotlar 
o’tkazilmoqda. Bu butunlay boshqa masala. 
Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  fakultetlarining  talabalari  I-IV 
sinflarda  o’tkaziladigan  jismoniy  tarbiya  darslarida  mashg`ulot 
mashqlarini  qo’llash  bo’yicha  quyidagi  tadbirlarni  egallashlari  tavsiya 
etiladi: 
-Oyoq va gavda mushaklarini rivojlantirish uchun o’quvchilar bir-
birini orqalab 20-25 m.ga sekin va tez yurish va yugurishga o’tish; 
-Qo’llarning mushaklarini kuchaytirish uchun bolalarning qarama-
qarshi  holda  turishi  asosida  ko’krak  oldida  kaftlarni  qisib  navbatma-
navbat qo’llarni itarish va tortishish; 


 
68 
-Yelkama-yelka  turib,  orqadan  tirsaklarni  bir-biridan  o’tkazib  olib 
navbat bilan oldinga egilib sherigini ko’tarish va o’z holiga qaytish; 
-Gimnastika  devori  yoki  narvonga  (daraxt  shoxlari  yoki  maxsus 
moslama) orqani berib osilish va ikki oyoqni juft qilib oldinga ko’tarish 
(90
0
 burchak) hamda ko’proq (5-60 sanoqqacha) tutib turish; 
-Oyoq  izi  aylana  qilib  chizilib,  ko’zlarni  yumib  unda  bir  oyoqda 
turish  (15-20  sanoq),  muvozanat  saqlash  (“qaldirg’och”)  mashqini 
oyoqlarda navbat bilan bajarish; 
-Akrobatika  mashqlarini  (sakrash  va  tinch  holdagi)  bajarish: 
qo’llar va boshga tayanib, oyoqlarni balandga tik ko’tarish (I-IV sinf) va 
6-8  sanoqqacha  tutib  qolish;  yugurib  kelib  oldingi  dumbaloq  oshish; 
tizza  va  qo’llarga  tayanib  turgan  sherigi  ustidan  sakrab  do’mbaloq 
oshish; 
-Maxsus  tikilgan  xaltaga  (o’quvchilar  tayyorlagan)  qum-tuproq 
solib, to’p shakliga keltirish va ularni (1-2 kg) bir va ikki qo’llab yuqori, 
yon,  oldingi  tomonlarga  ko’tarish;  oraliq  2-3  m.  masofada  ularni  bir-
biriga otish va ilib olish; yelkada tutib 4-5 marta chuqur o’tirib turish; 
-Orqaga yotgan holda “velosiped haydash” mashqini bajarish; 
-3-5 m. to’g’ri chizilgan chiziq yoki o’tirg’ich (skameyka) ustidan 
ko’zlarni yumib yurish; ko’zni ochib, qo’llarni belga tutib, yonga yozib 
o’tirg’ich ustida (chiziq) orqaga yurish; 
-Gimnastika  tayoqchasini  oldinda-pastroqda  tutib  qo’llarni  keng 
yozib,  o’rtadan  bir  oyoqlab  hatlab  o’tish,  keyin  ikki  oyoqlab  hatlab 
o’tish; 


 
69 
-Yerga  (pol)  qo’llar  bilan  tayanib  turib,  navbat-navbat  qo’llarni 
o’tkazib oldinga yurish (qiyin bo’lsa oyoqlarni qadamlatish) bilan 5-10 
m. masofaga yetish; 
-Oldinga  (qoringa)  yotgan  holda  qo’l  va  oyoqlarni  navbat  bilan 
harakatlantirib “suzish mashqi” ni bajarish; 
-Sinf  bo’yicha  (I-II  sinflar)  avval  past,  keyin  o’rta  va  so’nggida 
baland  ovoz  bilan  3-4  marotaba  “Vatan”,  “Sport”,  “Olimpiada”  deb 
ovoz chiqarish (tomoq yo’llarini chiniqtirish); 
-“Sog’lom  tanda  sog’  aql”,  “Sog’lom  bo’l  doim”  deb  barcha 
o’quvchilarning baralla qichqirishi va boshqalar. 
 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish