87
6.4. O’quvchilarda sog’lom avlod va jismoniy barkamollik
tushunchalarini shakllantirish.
6.4.1. Sog’lom avlod va jismoniy barkamollik tushunchalarining
nazariy asoslari.
“Sog’lom avlod Vatan tayanchi”, “Sog’lom avlodgina har narsaga
qodirdir” kabi shiorla r xalqimiz ongiga chuqur singib borishi bilan ular
amalda namoyon bo’lmoqda. Bu yo’lda Respublika Prezidenti
I.A.Karimovning sa’y-harakatlari va amaliy faoliyatlari muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Ayniqsa, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonun
(2000 yangi tahrir), “Sog’lom avlod Davlat Dasturi” (1997), “Barkamol
avlod Davlat Dasturi” (2010) hamda Respublika jismoniy tarbiya va
sport ishlarini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina qarorlari
(1993, 1999, 2002, 2003, 2006 va h.k.) mamlakatimizda sog’lom va
barkamol avlodni tarbiyalashga katta hissa qo’shmoqda.
Sog’lom va barkamol avlod tarbiyasida ta’lim-tarbiya
muassasalari, sog’liqni saqlash vazirligi, madaniyat va sport ishlari
vazirligi va boshqa davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining
bevosita ishtiroki yordamida yuqori natijalarga erishilmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, jismoniy tarbiya va sport milliy
qadriyatlar mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy madaniyat tarkibiga chuqur
singib borishi tufayli aholining kundalik turmush madaniyatida eng
muhim tadbirlardan biriga aylanmoqda. Bu ijtimoiy-tarbiyaviy
jarayonlar oila, bog’cha, maktab va mahalla sharoitida kichik bolalarni
(I-IV sinf) sog’lom qilib tarbiyalash, ularning ongiga hayotiy zarur
bo’lgan tarbiyaviy jihatlarni chuqur singdirishga da’vat etmoqda.
88
Bu yo’nalishda boshlang’ich ta’limda sog’lom va har tomonlama
barkamol avlod tushunchalarini nazariy jihatdan o’quvchilar ongiga
kiritish hozirgi davrning talabi.
Sog’lom avlod tushunchasi boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun
ancha murakkab hisoblanadi. Shu sababli, oilada va jismoniy tarbiya
mashg’ulotlarida (dars va to’garak) bolalarga salomatlik, jismoniy
tayyorgarlik darajalarini o’z ichiga olgan “Sog’lom avlod” haqida oddiy
misollar orqali ma’lumot berish kerak, ya’ni:
1. Har doim qo’llar, yuz va kiyimlarni toza tutish;
2. o’quv qurollari, kiyimlar va ovqatlangandan keyin idishlarni o’z
joylariga qo’yish;
3. Ertalab gimnastika mashqlarini bajarish, yugurish;
4. Jismoniy tarbiya darslarida barcha o’yin-mashqlarni talab
qilingandagidek bajarish;
5. Sport to’garagiga qatnashish;
6. Sinflararo va maktab sport musobaqalarida qatnashish va g’olib
bo`lishga intilish.
7. Bajargan mashqlar, sport va harakatli o’yinlarning mazmuni va
asosiy namunalarini (atama) yaxshi bilish.
8. Televideniyeda bolalar musobaqalarini ko’rib borish, ular kabi
sportga qiziqish;
9. Jismoniy tarbiya haqidagi kitob va gazetalarni o’qish;
10. Tushunmagan iboralar (mazmun) va nomlarni (atamalar)
o’qituvchidan so’rab bilib olish;
89
11. Respublika va xalqaro sport musobaqalarini televideniyeda
ko’rish, sport inshootlariga ota-onalar, aka-opalar bilan birga borib
tomosha qilish;
12. Radioda berilgan sport xabarlari, turli eshittirishlarga e’tibor
berish;
13. O’zi qiziqqan sport turlari, turli milliy harakatli o’yinlar
bo’yicha uskunalar, buyumlar, asboblar yasashni (o’yinchoq sifatida)
o’rganib borish.
14. Yugurishlar, osilib tortishishlar, sakrashlar, futbol va boshqa
qiziqarli o’yinlar, piyoda sayr (tomosha) qilish, suvda suzish, bahor, yoz
va kuzning issiq kunlarida ochiq havoda quyoshga toblanish kabi faol
harakatlarning sog’lom bo’lishdagi ahamiyatini bilish;
15. Ko’p qavatli uy-joy, mahalla va qishloq sharoitlarida bo’sh
vaqtlar va ta’til paytlarida tengdosh va o’zidan katta bolalar bilan
birgalikda turli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lish. Bunda tarbiyasi og`ir,
tamaki, nos chekadigan bolalardan o’rnak olmaslik;
16. Tengdosh-sinfdosh qiz bolalar bilan o’g’il bolalarning
birgalikda o’ynashning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarini (o’zaro
hurmat, do’stlik, e’zozlash, rahm-shafqat va boshqa insoniy fazilatlar)
o’rganish va ongli ravishda tushunish.
Yuqorida keltirilgan nazariy tushunchalar I-IV sinf o’quvchilari
uchun qiyinchiliklar tug’dirmaydi, aksincha ularning sog’lom avlod
haqidagi tushunchalarini shakllantirish va boyitish bilan bir qatorda
sog’lom avlod bo’lish uchun intilishlari hamda bu jarayonlarga amal
qilgan holda o’zlari sog’lom bo’lishga erishishlari mumkin.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |