5.2. I-IV sinflarda o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida
texnik vositalardan foydalanish usullari.
Ta’kidlash joizki, texnologik faoliyatlar va yangi texnik
vositalardan foydalanish (innovasiya) ishlarining asosiy yo’nalishlari
ma’lum bir sport turi hamda sportchilar mahoratini oshirishga
qaratilmoqda. O’quvchi yoshlar va talabalar, ayniqsa boshlang’ich sinf
o’quvchilarining jismoniy tarbiya darslari, ommaviy sog’lomlashtirish
tadbirlari va oila sharoitida texnik vositalardan foydalanish masalalari
hali e’tiborga olingan emas. Shu sababdan ham ba’zi tajribali jismoniy
tarbiya o’qituvchilari, xorijda (Rossiya, Qozog’iston, Belorusiya va h.k.)
mavjud bo’lgan ma’lumotlardan foydalangan holda, ayniqsa Samarqand
Davlat Universitetidagi Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakulteti
o’qituvchilarining keyingi ish faoliyatlaridan namuna sifatida
foydalanishga to’g’ri keldi.
1. Texnik vositalardan foydalanish. O.V.Jbankov, V.A.Golovina
(Moskva texnika universiteti) larning isbotlashicha, kompyuter
texnologiyalari asosida jismoniy tarbiya sohasida ko’p faoliyatlarni
64
amalga oshirish mumkin, ya’ni: 1. Jismoniy tarbiya jarayonlarini
modellashtirish (takomillashtirish), o’quv dasturlarini ishlab chiqish,
o’quv mashg’ulotlarini tuzish va mazmunini aniqlash. 2. O’quv
jarayonlarini uslubiy jihatdan ta’minlash, ya’ni kompyuter nashrlarini
tayyorlash (6, 310 b.).
Bu jarayonlarni yurtimizdagi sharoitli va kompyuterlar bilan
o’qituvchi va o’quvchilarning maqsadli ishlashi uchun maxsus o’quv
xonalari (kabinet) yaratilgan maktablarda amalga oshirish mumkin.
Bunda quyidagi tarbiyaviy va ta’lim jarayonlarini ko’zda tutishga to’g’ri
keladi:
-jismoniy tarbiya darslarida (mavzu, maqsad, vazifa asosida)
videotasvir, mobil telefonlar orqali amaliy mashqlarning bajarilish
usullari (texnikasi), o’quvchilarning faol ishtiroki namoyish etiladi. Bu
jarayonlarni har bir sinf va boshqa maktablardagi sinf o’quvchilarining
darslarini videotasvirga olib, o’zlariga namoyish etish bolalarning
qiziqishi, zavqini oshiradi. Bu esa dars samaradorligini oshirishga ijobiy
ta’sir o’tkazadi.
-gimnastika asboblari, akrobatikada hamda yengil atletika, sport
o’yinlari, harakatli o’yinlardagi asosiy dars mazmunlarini o’qituvchi va
talabalar tomonidan videotasvir, mobil telefonlarga tushirish va ularni
dars yoki tanaffus vaqtlarida ko’rsatish (namoyish) innovasion
(yangilik) jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
-jismoniy tarbiya darslarida turli xil to’plar, gimnastika
tayoqchalari, chambarak, tasma, rezinali gantel, arg’amchi, bayroqchalar
(kichik ro’molchalar), tugilgan arqon, ip va hokazo. qadimdan texnik
65
vosita hisoblanadi. Ammo ularni ko’pchilik o’qituvchilar, ayniqsa
qishloq sharoitlarida darslar jarayonida qo’llash kamdan-kam uchraydi.
Chunki ularning ko’pchiligi maktab sharoitida yetishmaydi. Ikkinchidan
esa, o’qituvchilarning o’zlari u asbob-uskunalar bilan mashq qilishni
bilishmaydi. Qolaversa, “Jismoniy tarbiya” Dasturi, Darslik va o’quv
qo’llanmalarida ham ular bilan bajarilishi kerak bo’lgan namunaviy
mashqlar keltirilmagan.
Mashqlarni hisobga olgan holda, boshlang’ich ta’lim metodikasi
fakultetlarining o’qituvchi va talabalari mavjud bo’lgan asbob-
uskunalarda foydalanish va noan’anaviy uskunalar, anjomlarni
tayyorlab, amaliy-uslubiy darslarda qo’llashni o’rganish lozim bo’ladi.
Buning uchun esa talabalarning mustaqil ishlarida bu usullar,
faoliyatlardan samarali foydalanishga to’g’ri keladi. Oqibatda esa
talabalarning o’quv amaliyotlari jarayonida standart o’quv qurollari
(asbob-uskunalar) va noan’anaviy ko`rgazma qurollarni darslarda
qo’llash asosida nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar bo’lajak
mutaxassis-pedagoglarda shakllanadi va ravnaq topadi.
2. Faqat davolash yoki sog’lomlashtirish markazlaridagina emas,
sport inshootlari, poliklinika, shaxsiy uylarda ham mashg`ulotlar
tashkil
etilmoqda. Lekin ularning aksariyatida maqsadga qaratilgan faoliyatlar
amalga oshirilmoqda. Ya’ni shifoxonalarda bemorlarni turli faol
harakatlar,
texnik
vositalar
bilan
davolash,
sog’lomlashtirish
markazlarida uqalash (massaj), tana a’zolarining harakatchanligini
mustahkamlash kabi amallar bajarilsa, sport zallardagi mashg`ulotlarda
66
shug’ullanuvchilarning ixtisosi (kurash, boks, og’ir atletika va h.k.)
bo’yicha u yoki bu jismoniy sifatlar tarbiyalanadi.
Tan olish joizki, bu turlar va amaliy faoliyatlar cheklangan
(barchaga baravar emas) holda ta’minlanmoqda, oddiy qilib aytganda,
sog’lomlashtirish yoki jismoniy sifatlarni tarbiyalash shart bo’lgan
kishilar (muhtojlar) va sport jamoalari (komandalar) uchun xizmat qilish
yo’lga qo’yilgan.
Aytish mumkinki, bu tadbir va sharoitlar hozirgi davr iqtisodiy
siyosat hamda bozor munosabatlariga tayangan holda amalga
oshirilmoqda (pullik xizmatlar desa bo’ladi).
Ularning barchasi texnik vositalardan maqsadli foydalanish va
zamonaviy yangi texnologiyalarni ishga solish demakdir. B.T.Yelishev,
M.Sh.Artikbayev, N.K.Yeremboyev (Janubiy Qozog’iston Davlat
universiteti)
kabilarning
ta’kidlashicha,
I-IV
sinflarda
shug’ullanuvchilarning
muvozanatni
saqlash,
harakatlarni
boshqarishdagi bosh miya markazlaridagi asab yo’nalishlarni ishga
soluvchi va tezlashtiruvchi, mashg’ulotlar so’ngida o’z holiga
keltiruvchi mashqlardan foydalanishda maxsus trenajer vositalaridan
foydalanish yaxshi samara beradi. (5, 93 b.).
F.A.Kerimov, A.D.Ro’ziyev, M.M.Raximov (O’zDJTI) kurash
bo’yicha sportchilarni tayyorlashda yangi texnologiya vositasi sifatida
mashg`ulotlarda mashqlarni tanlash, bajarish texnik yo’llarini doimiy
ravishda
takomillashtirish
mashg’ulotlarining
mazmuni
va
samaradorligini ta’minlashda xizmat qiladi (14, 56 b.).
67
Yuqorida eslatilgan mualliflarning ilmiy tadqiqotlari va erishilgan
yutuqlarini O’zbekiston sharoitidagi umumta’lim maktablarning
boshlang’ich sinflarida maqsadli qo’llash bolalarda jismoniy
tayyorgarlikni tarbiyalashda va ularning jismoniy barkamolligini
shakllantirishda katta xizmat qilish mumkin.
Ma’lumki, mashg`ulotda bajariladigan mashq turlari behisob. Ular
oddiy yurish, tez yurish, velosiped haydash, yugurish (oyoq mushaklari
uchun), shtangaga o’xshash ko’tarib, itarib, tortib mashq bajarish (qo’l,
qorin, bo’yin va bel uchun), turnik, xalqaga o’xshash tortishish
uskunalari (bilak, yelka uchun) shug’ullanuvchilarning deyarlik barcha
jismoniy sifatlarini oshirishda xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yalpisiga (sinf bo’yicha)
shug’ullanish uchun maxsus mashg`ulotlar deyarli uchramaydi. Faqat
sport maktablarida shug’ullanuvchi o’g’il va qiz bolalarning yoshi va
jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda ular bilan mashg’ulotlar
o’tkazilmoqda. Bu butunlay boshqa masala.
Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakultetlarining talabalari I-IV
sinflarda o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida mashg`ulot
mashqlarini qo’llash bo’yicha quyidagi tadbirlarni egallashlari tavsiya
etiladi:
-Oyoq va gavda mushaklarini rivojlantirish uchun o’quvchilar bir-
birini orqalab 20-25 m.ga sekin va tez yurish va yugurishga o’tish;
-Qo’llarning mushaklarini kuchaytirish uchun bolalarning qarama-
qarshi holda turishi asosida ko’krak oldida kaftlarni qisib navbatma-
navbat qo’llarni itarish va tortishish;
68
-Yelkama-yelka turib, orqadan tirsaklarni bir-biridan o’tkazib olib
navbat bilan oldinga egilib sherigini ko’tarish va o’z holiga qaytish;
-Gimnastika devori yoki narvonga (daraxt shoxlari yoki maxsus
moslama) orqani berib osilish va ikki oyoqni juft qilib oldinga ko’tarish
(90
0
burchak) hamda ko’proq (5-60 sanoqqacha) tutib turish;
-Oyoq izi aylana qilib chizilib, ko’zlarni yumib unda bir oyoqda
turish (15-20 sanoq), muvozanat saqlash (“qaldirg’och”) mashqini
oyoqlarda navbat bilan bajarish;
-Akrobatika mashqlarini (sakrash va tinch holdagi) bajarish:
qo’llar va boshga tayanib, oyoqlarni balandga tik ko’tarish (I-IV sinf) va
6-8 sanoqqacha tutib qolish; yugurib kelib oldingi dumbaloq oshish;
tizza va qo’llarga tayanib turgan sherigi ustidan sakrab do’mbaloq
oshish;
-Maxsus tikilgan xaltaga (o’quvchilar tayyorlagan) qum-tuproq
solib, to’p shakliga keltirish va ularni (1-2 kg) bir va ikki qo’llab yuqori,
yon, oldingi tomonlarga ko’tarish; oraliq 2-3 m. masofada ularni bir-
biriga otish va ilib olish; yelkada tutib 4-5 marta chuqur o’tirib turish;
-Orqaga yotgan holda “velosiped haydash” mashqini bajarish;
-3-5 m. to’g’ri chizilgan chiziq yoki o’tirg’ich (skameyka) ustidan
ko’zlarni yumib yurish; ko’zni ochib, qo’llarni belga tutib, yonga yozib
o’tirg’ich ustida (chiziq) orqaga yurish;
-Gimnastika tayoqchasini oldinda-pastroqda tutib qo’llarni keng
yozib, o’rtadan bir oyoqlab hatlab o’tish, keyin ikki oyoqlab hatlab
o’tish;
69
-Yerga (pol) qo’llar bilan tayanib turib, navbat-navbat qo’llarni
o’tkazib oldinga yurish (qiyin bo’lsa oyoqlarni qadamlatish) bilan 5-10
m. masofaga yetish;
-Oldinga (qoringa) yotgan holda qo’l va oyoqlarni navbat bilan
harakatlantirib “suzish mashqi” ni bajarish;
-Sinf bo’yicha (I-II sinflar) avval past, keyin o’rta va so’nggida
baland ovoz bilan 3-4 marotaba “Vatan”, “Sport”, “Olimpiada” deb
ovoz chiqarish (tomoq yo’llarini chiniqtirish);
-“Sog’lom tanda sog’ aql”, “Sog’lom bo’l doim” deb barcha
o’quvchilarning baralla qichqirishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |