4.3. Zararli oqibatlardan saqlanish.
Insonlarning ijtimoiy turmush sharoitida ijobiy xususiyatlar bilan
chambarchas bog’lanib ketgan turli salbiy jihatlar ham mavjud. Bu
jarayonlar mazmun, shakl va maqsadlar yo’lida xalq va millatni
tanlamaydi, ya’ni jahonning barcha mintaqalarida istiqomat qiluvchi
oilalarda o’ziga xos ravishda doimiy bo’lib turadigan ijtimoiy hodisadir.
Ular orasida eng yomon oqibatlarga (vahshiylik, oilaning buzilishi, og’ir
dardlar va h.k.) olib keluvchi omillardan biri spirtli ichimliklarini
iste’mol qilish, giyohvandlik, tamaki va nos chekish kabi o’ta zararli
odatlardir.
Bu zararli oqibatlarning ildizi eng qadimgi ajdodlar faoliyati bilan
tutashgan holda hozirgi kunda juda rivojlangan. Kelgusida ham bu
holatlar tugamasligi muqarrar.
E’tiborli tomoni shundaki, mazkur zararli omillarni tushungan va
bilgan holda ko’pgina kishilar, hatto katta mansab egalari, katta boylikka
erishganlar ko’proq iste’mol qilishadi. Achinarli tomoni shundaki,
shifokorlar, pedagoglar yosh bolalar, o’smirlar ham bundan mustasno
emas.
Shifokorlar, pedagoglar va o’qimishli olimlar chekish va spirt
ichimliklarini iste’mol qilish natijasida naslning buzilishi (qon, asab,
bosh miya funksiyalari va h.k.), og’ir dardlarning kelib chiqishi haqida
ilmiy asoslangan tajriba-sinovlarning natijalari haqida asosli fikr-
58
mulohazalarini bildiradi, teleko’rsatuvlarda namoyish etadi. Ammo ular
orasida o’zlari istagancha chekadigan, zararli moddalarni, spirt
ichimliklarini iste’mol qiladiganlar uchraydi. Vaholangki, bu jarayonlar
barchaga ma’lumdir, ya’ni katta mehmondorchilik, maraka, to’y
marosimlarida bu faoliyat namoyon bo’lmoqda.
Eng xavfli tomoni shundaki, ba’zi ota-onalar (ko’pchilik ziyolilar
ham mustasno emas) ko’cha-ko’yda va uy sharoitida ham yoshlar,
bolalar, farzandlari oldida me’yorsiz spirt ichimliklarini iste’mol qiladi
va buning ustiga tamaki, nos chekadi. Ko’knor (nasha) kanan va boshqa
zaharli giyohlardan tayyorlangan zararli moddalarni ham iste’mol
qiluvchilar nafaqat katta yoshdagilar, balki o’smir yoshlar, yigit va hatto
qizlar orasida ham uchraydi. Shu sababdan spirtli ichimliklar,
giyohvandlik, tamaki va nos chekishga mukkasidan ketgan kishilar
atrofdagilar nazdida eng yomon illatli kishilardir. Ayniqsa, ko’cha,
ariqlarda ag’anab yotgan odamlar va to’y-marakalarda urish-janjal
qilgan yoshu-kattalarga ko’pchilik la’natlar o’qishadi.
Ta’kidlash joizki, yuqoridagi hodisalar ko’pincha go’daklar (1-3
yosh) va yosh bolalar (4-12 yosh) oldida sodir bo’ladi va ularning
ongiga qo’rg’oshin quygandek singib qoladi. Natijada esa, ular bu
odatlarni bilib yoki bilmasdan takrorlashi va ularga odatlanib qolishi
mumkin. Oqibatda esa asablari buzilgan yoki ishdan chiqqan holda
ko’cha bezorisi, o’g’ri, aldamchi va tarbiyasi og’ir ahvolga tushgan
bolalar, o’smirlarga aylanadi. Bu esa ota-onaning dardi, ta’lim
muassasalariga ortiqcha yukdir. Shu o’rinda bor daliliy voqelikni misol
keltirish maqsadga muvofiq. Kichik (1-5 yosh) va maktab yoshidagi
59
bolalarning (I-IV sinf va h.k.) tug’ilgan kunini oilaviy bo’lib o’tkazish
an’anasi mavjuddir. Bunda ba’zan yaqin kishilari, qo’ni-qo’shnilar ham
ishtirok etishi mumkin. Ko’pchilik holda dasturxon atrofida barcha
birgalikda bazm qiladi. Tug’ilgan bolaning sog’lom o’sishi, kelajakda
yaxshi inson bo’lib yetishishi uchun davradagilar navbatma-navbat
so’zlab, qadah ko’tarishadi. Bunda tug’ilgan bola bilan kattalar ham,
uning tengdoshlari ham shirin ichimlik solingan piyolalarni (ryumka,
stakan) birma-bir tegizishib baravariga ko’tarib ichishadi. Bu hodisa ota-
onalar va davradagilarga xush kayfiyat keltiradi. Ammo buning zararli
oqibati esa, to’g’ri kelganda pivo, vino va hatto aroqlarni ham ichishlari
sodir bo’ladi. Natijada esa 6-12 yoshdagi bolalar ichish, sigareta chekish
yo’liga tushib ketadi. Bu odatlar hozirgi davrda ozmi-ko’pmi turmushda
sodir bo’lmoqda. Umuman olganda bu mavzu va muammo ham kecha
yoki bugun kelib chiqqan emas. Tabiiyki, insonlar yaratgan noxush va
ta’lim-tarbiyaga zid bo’lgan ichish, chekish kabi zararli oqibatlar ildizini
qirqib tashlash oson emas. Ya’ni ertaga va kelajakda sog’lom avlod
tarbiyasiga, sog’lom turmush tarziga katta salbiy ta’sir etuvchi
oqibatlarning bo’lmasligiga kafolat berish qiyin chunki, katta yoshdagi
kishilar ichish va chekishni butunlay yo’q qilmasa, bu oqibatlar
kelajakda yanada rivojlanishi tabiiy bir holdir.
Yuqorida bayon etilgan mulohaza va dalillar ko’pchilik uchun sir
emas. Shu sababdan ham boshlang’ich ta’lim tizimidagi mutaxassislar
qatorida jismoniy tarbiya o’quvchilari, sinf rahbarlari ota-onalar bilan
hamkorlikda zararli giyohvandlik, chekish va ichish kabi oqibati og’ir
hodisalar haqida ko’proq amaliy ish olib borishlariga to’g’ri keladi.
60
Ularning shakllari, turlari va o’tkaziladigan tadbir joylarini o’quvchi va
talaba yoshlar mavjud bo’lgan manbalar (mahalla faoliyati), maxsus
adabiyotlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalarni pedagogik jihatdan tahlil
qilish yo’li bilan o’rganishlari lozim.
Xulosa
tariqasida
ta’kidlash
joizki,
boshlang’ich
sinf
o’quvchilarining tushuncha va malakalarini tarbiyalashda zararli
oqibatlar haqida jonli misollar, aniq dalillarni ko’rsatish zarurdir.
Sog’lom turmush tarzi va uning ahamiyatini kichik bolalarga
bayon qilishda tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va bu
sohadagi voqye’liklarni ota-onalar, tanish-bilishlar, mehmonlardan
namuna tarzida eslatib, ularning salbiy tomonlarini isbotlab berish
lozim.
Bolalarni har qanday voqye’likning sodir bo’lish sabablarini
qanchalik tushuntirmaylik, bari-bir bolalar ko’rganlarini o’zlari qilib
ko’rishga ishtiyoqmand bo’ladi. Ammo zararli oqibatlarning natijalariga
(kasallik, yong’in, qo’lga tushib qolish va h.k.) to’la ishontirgan holda
ularning hatti-harakatini doimiy kuzatib borish, tekshirish, ta`qiqlash
kabi usullar qo’llanishini talaba va o’quvchi yoshlar amalda sinab
ko’rishlari kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |