Turizm (sayr-sayohatlar).
Boshlang’ich ta’lim tizimidagi o’quvchi yoshlar va talabalar,
ayniqsa pedagogik kollejlardagi jismoniy tarbiya bo’limi o’quvchi-
talabalari (bo’lajak boshlang’ich sinf jismoniy tarbiya o’qituvchisi)
turizmning turlari, tashkiliy asoslari va ularning jismoniy rivojlanishdagi
mohiyatlari haqidagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega
bo’lishlarini davr taqozo etmoqda.
Turizm keng qamrovli ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega
bo’lgan
ijtimoiy-pedagogik
jarayondir.
Ayniqsa
tabiatning
xushmanzarali go’shalariga piyoda yurish sayohatlari bolalar va tabiat,
o’simlik va hayvonot dunyosiga bo’lgan qiziqishlarni tarbiyalash bilan
birgalikda ularning jismoniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo’ladi.
54
Bunda tabiatning sog’lomlashtiruvchi tabiiy ta’sir kuchlari (quyosh,
havo, suv va h.k.) muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar bilan turizmni tashkil qilish va o’tkazish yo’llari
mutaxassis olimlar R.Abdumalikov (1971, 1974, 1978, 1988, 1994),
T.X.Xoldorov (1988, 2006), R.A.Qosimova (2008) va boshqa bir qator
mualliflar tomonidan ishlab chiqilib, o’quv va uslubiy qo’llanma sifatida
keng tarqalgan. Shuningdek, Buyuk Ipak yo’li va uning turizmni
rivojlantirishdagi mohiyati haqda ham yangi yo’nalishdagi (sayr-
ekskursiya) qo’llanmalar mavjuddir.
Eng
muhimi
shundaki,
deyarlik
barcha
viloyatlarning
xushmanzarali tog’li, suvli va sog’lomlashtirishga qulay bo’lgan
manzarali
joylarida
o’quvchilarning
yozgi
dam
olish
va
sog’lomlashtirish oromgohlari amalda faoliyat ko’rsatmoqda. Tabiiyki,
ularning kundalik tartiblarida (rejim) sog’lomlashtirishning eng muhim
omili sifatida sayr-sayohatlar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Bu
jarayonlarni ham bo’lajak mutaxassilar (o’quvchi, talaba yoshlar)
nazariy-uslubiy va amaliy jihatdan o’rganishlariga to’g’ri keladi.
3.Bo’sh vaqtlarda jismoniy tarbiya va sport bilan mashg’ul bo’lish.
Jismoniy tarbiya va sportning salomatlikni yaxshilash va jismoniy
jihatdan baquvvat qilishidagi ahamiyatini nazariy jihatdan yaxshi bilgan
hamda ularni amalda maqsadli boshqaruvchilar soni tobora oshib
borayotganligini e’tirof etish lozim. Ayniqsa, ijodkor xodimlar, ishlab
chiqarish, savdo-tijorat, qurilish, texnik vositalar bilan o’tirib xizmat
qiluvchilar orasida sog’lomlashtirish markazlari, sport inshootlari va
shug’ullanish uchun qulay bo’lgan joylarda mustaqil shug’ullanishni
55
odat qilib olayotganlar kam emas. Muhimi shundaki, o’quvchi va talaba
yoshlar orasida ham ertalab, bo’sh vaqtlardi yugurish, suvda suzish,
kurash, futbol, sharqona yakka kurashlar, qishloq yoshlari orasida esa ot
o’yinlari (ko’pkari-uloq, poyga, kurash, tosh-gir ko’tarish) bilan
muntazam shug’ullanuvchilar ko’paymoqda. Bu kabi jarayonlarni
ko’rgan o’g’il-qizlar havas qilib, bo’sh vaqtlarida mustaqil ravishda bu
yoki bu o’yin-mashqlarni bajarishga intilmoqda.
Bundan xulosa shundaki, mustaqil ravishda jismoniy tarbiya
vositalari bilan shug’ullanish kundalik sharoitning bir bo’lagiga
aylanmoqda.
Tabiiyki, jismonan baquvvat kishilar, ayniqsa o’quvchi va talaba
yoshlar jismoniy barkamollikka erishishni sog’lom turmush tarzining
mazmuni deb hisoblashadi. Demak, kichik yoshdagi bolalar va I-IV sinf
o’quvchilarida mustaqil ravishda ertalab, darsdan keyingi bo’sh
vaqtlarda o’yin-mashqlar bilan doimiy ravishda shug’ullanishga
odatlantirish-sog’lom avlod tarbiyasining uzviy tarmog’i hamda sog’lom
turmush tarzini takomillashtirishdagi datslabki qadam hisoblanadi.
Shu tariqa, boshlang’ich ta’lim tizimida jismoniy tarbiya
mashg’ulotlari mohiyat jihatdan o’z salohiyatiga ega bo’lishi lozim. Bu
amallarni kundalik turmush madaniyatga aylantirishda ota-onalar,
maktab ma’muriyati bolalarning sog’lom o’sishi va rivojlanishi doimiy
ravishda nazorat qilib borishlari, bunda esa shifokorlarning ishtiroki,
tavsiyalaridan maqsadli foydalanish zarurdir. Ayniqsa, maxsus o’quv va
uslubiy qo’llanmalarni yig’ish, ularni o’qib tahlil qilish, zarurlaridan
56
foydalanish, kerak bo’lganda jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport
turlari murabbiylardan tegishli maslahat olishlari mumkin bo’ladi.
4. Ko’rgazmalilik va namunaviy faoliyatlardan foydalanish.
O’quvchi bolalarda ma’naviy va jismoniy barkamollikni shakllantirishda
kundalik rejimda (tartib) jismoniy tarbiyaning shakl va mazmunlarini
kengaytirish, hafta jarayonida kamida 8-10 soat jismoniy tarbiya bilan
band bo’lishga erishish zarur. Bu yo’lda “Alpomish va Barchinoy”
maxsus testlari talablarini bajarishga tarbiyalash, jismoniy sifat
belgilarini o’stirish, milliy o’yinlarni o’rganish va boshqa amaliy
faoliyatlardan
foydalanishni
yo’lga qo’yish lozim. Yuqorida
ta’kidlanganidek, jismoniy tarbiya vositalari, musobaqalari, sayohatlar,
turli bayram va tadbirlarda qo’llaniladigan milliy o’yinlarni televideniye,
kompyuterda namoyish qilish maqsadga muvofiq keladi. Ayniqsa, uy
o’zlari tasvir va suratga olgan turli harakatlar, o’yinlar, suvda suzish,
sayohatlar, futbol, kurash, sharqona yakkakurashlarni oilaviy bo’lib
tomosha qilish yosh bolalarda qiziqish va havasni kuchaytiradi. Natijada
esa ular ham o’yin-mashqlarni bajarishga intiladi va mobil (qo’l
telefonlari) va foto-apparatlarda tasvirga olishga intilib, ularni amalda
bajaradilar. Yuqorida zikr etilgan barcha amaliy tadbir jismoniy
tarbiyaning sog’lom turmush tarzini bolalarda shalklantirishda muhim
omillar hamda usullar vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Umuman aytganda, sog’lom turmush tarzini bolalarga singdirish,
ularning kelajagini belgilashi mumkin. Ta’kidlanganidek, oilada
kishilarning salomatligi, kayfiyati, tushunchalari va hatti-harakatlari bir-
biriga monand, mos bo’lishi lozim. Shu asosda jismoniy o’yin-
57
mashqlarni birgalashib bajarish, jam bo’lib yaxshi suhbatlashish mehnat
va o’qishga xush kayfiyat bilan borib qaytish sog’lom turmush tarzining
eng asosiy mazmunini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |