Bо‗yin muskullari bо‗yinning oldingi va yon tomonda bо‗lib, kalla bilan gavda о‗rtasida
joylashgan. Bо‗yinning orqa tomonida - ensa qismida joylashgan muskullar orqa muskullariga
mansub, shuning uchun ular orqa muskullari bilan birga о‗rganiladi. Bо‗yin muskullari uzun
bо‗lib, orqadagi muskullar bilan chaynash muskullarining antagonisti hisoblanadi. Bо‗yin mus-
kullari yuza, bо‗yinning oldingi tomonida joylashgan, yon tomonida joylashgan va chuqur
muskullarga bо‗linadi. Bо‗yinning yuza muskullariga teri osti va tо‗sh-о‗mrov sо‗rg‗ichsimon
muskul rudiment holda bо‗ladi. Bu muskul kо‗krak fassiyasidan, deltasimon muskuldan
boshlanib, xususiy chaynash muskulining fassiyasiga va pastki jag‗ga birikadi.
Tо‘sh - о‘mrov – sо‘rg‘ichsimon muskul (m. sternocleido mastoi-deus) bо‗yindagi eng
kuchli muskul bо‗lib, teri ostida sezilib turadi. Bu muskul tо‗sh suyagining dastasidan, о‗mrov
suyagining tо‗sh tomondagi uchidan 2 boshi bilan boshlanib, chakka suyagining sо‗rg‗ichsimon
о‗simtasiga birikadi. Bir tomonlama qisqarganda kallani qiyshaytirib, bir tomonga bukadi, ikki
tomonlama qisqarganda kallani orqaga tortadi.
Bо‘yinning oldingi tomonidagi muskullar til osti suyagiga nisbatan 2 gruppaga: til osti suyagi
ustida joylashgan muskullar va til osti suyagi tagida joylashgan muskullarga bо‗linadi. Bu
muskullar boshlanish va birikish joyiga qarab nomlanadi. Til osti suyagi ustidagi muskullarga: 2
qorinli muskul, til osti pastki jag‗ muskuli, til osti bigizsimon о‗simtasi orasidagi muskul va til
osti engak muskullari kiradi. Til osti suyagi tagidagi muskullarga: tо‗sh-til osti muskuli, kurak-til
osti muskuli, tо‗sh-qalqonsimon muskuli va qalqonsimon til osti muskullari kiradi. Til osti
suyagi ustida va tagida joylashgan muskullar qisqarganda, hiqildoq harakatlanadi, yutish, sо‗rish
Bо‗yinning yon tomonida narvonsimon muskul joylashgan. Bu muskul bо‗yin
umurtqalarining yon о‗simtalaridan ketma-ket bо‗lib boshlanib, birinchi va ikkinchi qovurg‗aga
birikadi, qisqarsa bо‗yinni bukadi va nafas olishda qatnashadi. Bu muskulning oldingi, о‗rta,
keyingi tо‗dalari ajratiladi.
Bо‗yinning chuqur muskullari bо‗yin umurtqalari tanasiga yopishgan bо‗lib, kalla
asosiga birikadi. Bularga boshning, bо‗yinning uzun muskullari va boshning oldingi, chetki
tо‗g‗ri muskullari kiradi.
BOSH MUSKULLARI
Bosh muskullari joylashishiga qarab ikkiga: miya qutisining muskullari va yuz
muskullariga bо‗linadi. Miya qutisining muskullariga: peshana, ensa, quloq, muskullari kiradi,
ular odamda rudiment holda bо‗ladi. Miya qutisi pishiq fibroz tо‗qimadan tuzilgan aponevroz
pay bilan qoplangan. Yuz muskullari funksiyasiga qarab ikkiga: chaynash muskullari bilan
mimika muskullariga bо‗linadi.
Chaynash muskullari
Chakka muskuli (m. ternporalis) Yelpig‗ich shaklda bо‗lib, boshning yon tomonida
joylashgan. U chakka chuqurligidan boshlanib, yonoq yoyi tagidan о‗tadi va pastki jag‗ning
о‗tkir о‗simtasiga birikadi.
Xususiy chaynash muskul i (m. masseter) tо‗rtburchak shaklda bо‗lib, yonoq yoyidan
boshlanadi va pastki jag‗ suyagining burchagiga tashqi tomondan birikadi.
Tashqi qanotsimon musk u l (m. pterygoideus lateralis) asosiy suyakning qanotsimon
tanglay о‗simtasidan boshlanib, pastki jag‗ning bо‗g‗im о‗simtasiga birikadi. Bu muskullar
qisqarganda, pastki jag‗ni bir oz oldinga chiqarib, yuqoriga kо‗taradi.
Ichki qanotsimon muskul (m. pterygoideus medialis) asosiy suyakning qanotsimon
о‗simtasidan boshlanib, pastki jag‗ suyagining burchagiga ichki tomondan birikadi. U
qisqarganda pastki jag‗ni bir oz orqaga tortib, yuqoriga kо‗taradi. Bu muskullar bir tomonlama
qisqarsa, pastki jag‗ni bir tomonga qiyshaytiradi.
Mimika muskullari
Mimika muskullari odamda yaxshi rivojlangan bо‗lib, suyakdan boshlanib teriga birikadi.
Ular qisqarganda terini bir tomonga tortib, kishini turli ruhiy holatlarda aks ettiradi. Mimika
muskullari asosan yuzda joylashadi. Ular og‗iz, kо‗z teshiklari atrofini о‗rab oladi. Bu muskullar
sо‗zlash, chaynash, nafas olishda ham ishtirok etadi. Mimika muskullariga: peshana, qoshni
chimiruvchi, mag‗rurlik, kо‗z atrofining halqasimon, burun, yonoq, yuqorigi labning kvadrat va
it chuqurchasini tо‗ldiruvchi, og‗izning halqasimon, pastki labning kvadrat, pastki labning
uchburchak, iyak, lunj, kulgi muskullari va boshqalar kiradi.
Kо‘zning doiraviy muskuli kо‗z kosasi va qovoqlar atrofida joylashadi. Ular qisqarganda
yuqorigi qovoq pastga tushadi.
Qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul qoshni chimiradi, ya‘ni qoshlarni bir-biriga
yaqinlashtiradi. U bir uchi bilan peshana suyagining burun kismiga, ikkinchi uchi bilan qoshlar
terisiga birikadi.
Og‘izning doiraviy muskuli og‘iz atrofida, lablar ichida joylashgan. U qisqarganda og‗izni
bekitadi va lablar bir oz oldinga chiqadi. Bu muskul odamsimon maymunlarda yaxshi
rivojlangan bо‗ladi.
Yonoq muskuli og‗iz burchagini yuqoriga va orqaga tortadi. Lunj muskuli yuqori-pastki
jag‗lardan boshlanib, og‗iz burchagiga birikadi, u qisqarganda og‗iz burchagini opqara tortadi,
lunjni tishlarga yopishtiradi. Sо‗rish, chaynashga yordam beradi.
Yuqorigi labning kvadrat muskuli uch tutamdan: yonoq boshi, kо‗z kosasi osti va ichki
burchak boshidan iborat bо‗lib, bular pastda og‗iz burchagiga birikadi.
Pastki labning kvadrat muskuli kvadrat shaklda bо‗lib, qisqarganda pastki labni pastga
tushiradi.
Burun muskuli burun qanotlarida joylashgai. U qisqarganda burun kataklarini toraytiradi.
Pastki labning uchburchak muskuli uchburchak shaklda bо‗lib, pastki lab burchagini
pastga tortadi.