ORQA MUSKULLARI
Orqa muskullari ensa bilan yonbosh suyagi sohasida qavat-qavat bо‗lib joylashgan. Ular
asosan gavdani tik tutib turadi, gavda va Yelka kamari harakatida aktiv qatnashadi. Ba‘zilari
kо‗krak muskullari bilan birgalikda kurakni qovurg‗alarga birlashtiradi.
ORQANING YUZA MUSKULLARI
T r a p ye ts i ya s i m o n m u s k u l (m. trapezius) ensadan I bel umurtqalarigacha
bо‗lgan joyni egallaydigan notо‗g‗ri tо‗rtburchak shaklli serbar muskul plastinkadan iborat. Bu
muskul tashqi ensa dо‗ngchasi va yuqorigi chiziqdan gardon payi va kо‗krakning hamma
umurtqalari о‗tkir о‗simtalaridan boshlanib, о‗mrov suyagining akromial uchiga, kurak qirrasiga
va akromial о‗sig‗iga birikadi. Bu muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan bо‗lib, har hil qismi
turli vazifa bajaradi. Yuqori qismining tolalari bosh va bо‗yinni orqaga tortadi yoki kurakning
akromial о‗sig‗ini yuqoriga kо‗taradi. О‗rta qismining tolalari gorizontal yo‘nalgan bо‗lib,
kurakni о‗rta chiziqqa yaqinlashtiradi. Bu bilan u kurak kо‗krak qafasining orqa yuzasi bо‗ylab
siljishiga yordam beradi. Pastki qismining tolalari kurakni pastga tortadi. Muskulning hamma
qismlari bir yo‘la qisqarganda kuraklar bir-biriga yaqinlashadi.
O r q a n i n g k ye n g m u s k u l i (m. latissimus dorsi) pastki 6 ta kо‗krak va barcha
bel umurtqalarining orqa о‗sig‗idan, dumg‗azaning о‗rta tojidan, yonbosh suyagining tashqi
qirrasidan aponevroz bilan boshlanadi. Muskul tolalari esa pastki 4 ta qovurg‗a ustidan boshla-
nib, Yelkaning kichik dо‗ngchasiga yassi pay yordamida birikadi, u qisqarganda Yelkani orqaga
tortadi va ichkariga buradi. Orqa yuza muskullarining tagida katta-kichik rombsimon, kurakni
kо‗taruvchi orqadagi yuqorigi va pastki tishli muskullar joylashgan.
R o m b s i m o n m u s k u l l a r (m. m. rhomboideus major et minor) rombga
о‗xshaydi, ular trapetsiyasimon muskul tagida joylashgan. Ular pastki 2 ta bо‗yin va yuqorigi 4
ta kо‗krak umurtqalarining о‗tkir о‗simtalaridan boshlanib, kurakning medial chetiga birikadi.
Bu muskullar kuraklarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularni biroz yuqoriga kо‗taradi. Ba‘zan ular
kichik va katta rombsimon muskulga ajratiladi.
Kurakni yuqoriga kо‘taruvchi muskul (m. levator scapulae) bо‗yinning 4 ta
yuqorigi umurtqalari kо‗ndalang о‗simtalaridan boshlanib, pastga qarab qiya yo‘naladi va
kurakning yuqori-ichki burchagiga birikadi. U qisqarganda kurakni yuqoriga kо‗taradi va о‗rta
chiziqqa yaqinlashtiradi.
Orqaning yuqorigi tishsimon muskuli (m. serratus posterior superior) yapaloq va
yupqa bо‗lib, rombsimon muskul tagida joylashgan. U ikkita pastki bо‗yin va ikkita yuqorigi
kо‗krak umurtqalarining о‗tkir о‗simtasidan boshlanib, tolalari pastga tomon qiya yo‘naladi va
tо‗rt tutam bо‗lib, 2-5 yuqorigi qovurg‗aning orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda
qovurg‗alar yuqoriga kо‗tariladi.
Orqaning pastki tishsimon muskuli (m. serratus posterior inferior) yuqorigi tishsimon
muskul kabi yapaloq va yupqa bо‗lib, orqannng keng muskuli tagida joylashadi. Kо‗krakning
ikkita pastki va belning ikkita yuqorigi umurtqasining о‗tkir о‗simtalaridan boshlanadi. Muskul
tolalari yuqoriga qarab qiya yo‘nalib, tо‗rtta tishi bilan pastki tо‗rtta qovurg‗aning orqa yuzasiga
birikadi. Bu muskul nafas chiqarish vaqtida qovurg‗alarni pastga tushiradi.
Bosh va bо‘yinning tasma muskuli (m. splenius capitiset cervicis) gardondagi uchburchak
shaklli yapaloq muskul bо‗lib, gardon bog‗lag‗ichi, kо‗krak umurtqalarining yuqorigi 6 ta о‗tkir
о‗sig‗idan boshlanadi va yuqoriga qarab qiya yo‘naladi, bо‗yin umurtqalarining ikkita yuqorigi
kо‗ndalang о‗simtalariga hamda chakka suyagining sо‗rg‗ichsimon о‗simtasiga birikadi. Bu
muskul bо‗yinning ikkinchi tomonidagi xuddi shunday muskul bilan bir vaqtda qisqarib, boshni
orqaga egadi. Bir tomonlama qisqarganda, boshni yon tomonga qaratadi.
Dumg‘aza-о‘tkir о‘simta muskuli (m. sacro-spinalie) yoki tanani rostlovchi muskul
orqadagi eng baquvvat va eng uzun muskul bо‗lib, uzunasiga yo‘nalgan. Bu muskul
dumg‗azaning orqa yuzasidan va yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanadi. Bel
umurtqalarining о‗tkir о‗simtalaridan boshlangan muskullar ham muskul tutamlariga qо‗shiladi.
Dumg‗aza-о‗tkir о‗simta muskuli dumg‗azadan ensagacha davom etadi. Bu muskul tutamlari 3
gruppaga bо‗linadi va 3 xil muskul deb ham yuritiladi: 1-tashqi yon tutam-yonbosh qovurg‗a
muskuli; 2 - о‗rta tutam – orqaning eng uzun muskuli; 3 - ichki tutam – umurtqalarning о‗tkir
о‗simtalarini bir-biriga tutashtiradigan muskul.
Dumg‗aza - о‗tkir о‗simta muskuli gavdani rostlab turadi. Gavdaning eng ichkarisida
umurtqalarining turli о‗simtalari orasida mayda muskullar joylashgan bо‗lib, ular yon о‗simtalar
orasidagi, orqa о‗simtalar orasidagi va yon о‗simtalar bilan orqa о‗simtalar orasidagi kalta
muskullardir. Bu muskullar umurtqa pog‗onasining har xil harakatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |