6-мавзу: GAVDA MUSKULLARI
Reja:
1.
Kо„krakning katta muskuli
2.
O‟mrov osti muskuli
3.
Diafragma
Tayanch sо„zlar: muskul. Skelet. Reflektor. trapetsiyasimon, о‗mrov
Gavda muskullari joylashishiga qarab kо‗krak qafasi, qorin va orqa muskullariga
bо‗linadi.
Kо‗krak qafasi muskullari kо‗krak kafasining atrofida joylashgan bо‗lib, yuza va chuqur
muskullarga bо‗linadi.
KО‗KRAKNING YUZA MUSKULLARI
K о‘ k r a k n i n g k a t t a m u s k u l i (m. pectoralis major) Yelpig‗ich shaklida
bо‗lib, о‗mrov suyagining tо‗sh tomondagi uchidan, tо‗sh suyagining oldingi tomonidan,
qorining tо‗g‗ri muskuli qinidan muskul tolalari bilan boshlanadn va Yelka suyagining katta
dо‗ngi orqasidagi katta g‗adir-budurlikka birikadi. Kо‗krakning katta muskuli qisqarsa, Yelka
bо‗g‗imida Yelkann bukadi, oldinga, ichkariga buradi. Kо‗l tayanch bо‗lsa, qovurg‗alarni
kо‗tarib, nafas olishda qatnashadi. Chuqur nafas olinganda boshqa muskullar bilan birgalikda
kо‗krak qafasini kengaytirishda ishtirok etadi.
K о‘ k r a k n i n g k i ch i k m u s k u l i (m. pectoralis minor) katga kо‗krak muskuli
tagida yotadi. Bu muskul II—V qovurg‗alardan tо‗rt tishli bо‗lib boshlanib, kо‗rak suyagining
tumshuqsimon о‗simtasiga birikadi. U qisqarganda Yelka kamari pastga va oldinga tortiladi.
Qо‗l harakatlanmaganda, qovurg‗alarni kо‗tarib, nafas olishda qatnashadi.
O’mrov osti muskuli (m. subclavius) ingichka kichik muskul bо‗lib, о‗mrov suyagi
bilan I qovurg‗a orasida joylashgan. Umrov mustahkam bо‗lishida bu muskul katta ahamiyatga
ega.
O l d i n g i tishion muskul (m. serratus anterior) kо‗krak qafasining yon tomonida
joylashgan bо‗lib, yuqorigi 9 ta qovurg‗adan tishsimon bо‗lib boshlanadi va kо‗rakning tagidan
о‗tib, uning ichki qirrasiga va pastki burchagiga birikadi. U qisqarganda, kurakni oldinga va
chetga tortadi. Kurakni kо‗krak qafasiga mustahkamlaydi. Qо‗ltiq osti chuqurchasining ichki
devorini hosil qiladi.
KО‗KRAKNING XUSUSIY CHUQUR MUSKULLARI
Q o v u r g‘ a l a r a r o m u s k u l l a r (m.m. intercostales) qovurg‗alar orasida ikki
qavat bо‗lib joylashgan.
T a sh q i q o v u r g‘ a l a r a r o m u s k u l l a r (m.m. intercostales externi) ning
tolasi yuqoridan pastga va oldinga yo‘nalgan bо‗ladi. Bu muskullar umurtqa pog‗onasidan
qovurg‗a tog‗ayigacha joylashgan. U qisqarganda qovurg‗alarni kо‗tarib, nafas olishda ishtiroq
etadi.
I ch k i q o v u r g‘ a l a r a r o m u s k u l l a r (m. m. intercostales interni) ning tolasi
pastdan yuqoriga va oldinga yo‘nalgan bо‗ladi. Ichki qovurg‗alararo muskullar tо‗sh suyagidan
qovurga burchagigacha joylashgan. U qisqarganda qovurralarni pastga tortib, nafas chiqarishda
ishtiroq etadi.
D i a f r a g m a (diaphragma) kо‗krak va qorin bо‗shliqlari orasidagi muskulli parda
bо‗lib, gumbaz shaklida tuzilgan. Uning muskul tutamlari qovurg‗alarning pastki yoyidan, bel
umurtqalaridan va tо‗sh suyagining о‗simtasidan boshlanadi. Bel umurtqalaridan boshlangan
qismi 3 juft oyoqcha hosil qiladi. Muskul tolalari yuqoriga aylana shaklida kо‗tarilib, aponevroz
gumbaz hosil qiladi. Diafragma qisqarganda, gumbaz pastga tushadi va kо‗krak qafasi kengayib,
nafas olish harakati bajariladi, bо‗shashganda esa kо‗krak qafasi torayib, nafas chiqarish sodir
bо‗ladi. Diafragmaning muskul qismida qizilо‗ngach bilan aorta о‗tadigan, pay qismida pastki
kovak vena о‗tadigan teshiklar bо‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: