yo‟qotishi ham mumkin,shuningdek kо„krak qafasining oson harakatlanishini
chegaralaydi
15
.
QORIN MUSKULLARI
Qorin muskullari kо‗krak bilan tos orasida joylashgan bо‗lib, tolalari har xil yo‘nalgan.
Ular qorindagi organlarni turli tashqi tazyiqdan saqlaydi, qorinni tarang qilib turadi. Nafas olish
va gavdaning turli harakatlarida ishtiroq etadi. Qorin muskullari qorinning oldingi yon tomonida
joylashgan, ularning payi bir-biri bilan tutashib, qorinning oldingi о‗rta qismida keng pay
aponevrozi hosil qiladi. Qorinning о‗rtasida oq chiziq bо‗lib, u tо‗sh suyagining о‗simtasidan to
qovuq, suyaklarining simfizigacha davom etadi. Bu qismda qon va nerv tomirlar kam bо‗ladi.
Qorin muskullari ichki organlarga press sifatida ta‘sir etib, siydik, najas chiqarishni va qusishni
tezlashtiradi.
Q o r i n n i n g t о‘ g‘ r i m u s k u l i (m. rectus abdominis) tashqi, ichki muskullar
aponevrozidan hosil bо‗lgan pishiq fibroz g‗ilof orasida joylashgan. U tо‗sh suyagining
о‗simtasidan V-VII qovurg‗alarning tog‗ay qismidan boshlanib, qovuq suyagining yuqori
chetiga birikadi. Qisqarganda gavdani bukadi. Bu muskulning 3-4 joyida pay hosil bо‗ladi.
Q o r i n n i n g t a sh q i q i ya m u s k u l i (m. abIiquus abdominis externus) pastki 8
ta qovurg‗aning tashqi yuzasidan va bel fassiyasidan boshlanib, tolalari oldinga va pastga qarab
yo‘naladi. Oldinga yo‘nalgan tolalari aponevroz hosil qilib, qorinning о‗rtasida ikkinchi
tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi. Pastga yo‘nalgan tolalari yonbosh suyagining
tashqi qirrasiga birikadi. Eng yuzada keng muskul bо‗lib, u pastda chot kanalini hosil qiladi.
Q o r i n n i n g i ch k i q i ya m u s k u l i (m. abliquus abdominis inter-nuus)
tashqi qiya muskul tagida bо‗lib, tolalari pastdan yuqoriga va oldinga yo‘nalgan. Yuqoriga
yo‘nalgan tolalari yonbosh suyagining о‗rta qirrasidan boshlanib, pastki, qovurg‗alarga birikadi.
Oldinga yo‘nalgan tolalari aponevroz hosil qilib, tо‗g‗ri muskulning tagidan о‗tib, ikkinchi
tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi.
Q o r i n n i n g k о‘ n d a l a n g m u s k u l i (m. transversus abdominis) keng
muskullarning eng ichkisi bо‗lib, tolalari kо‗ndalang yo‘nalgan. U bel umurtqalarining yon
о‗simtasidan, yonbosh suyagining ichki qirrasidan, pastki qovurg‗alarning ichki yuzasidan, chot
kanalidan boshlanib, oldinda aponevrozga aylanadi va qorinning о‗rta chizig‗ida ikkinchi
tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi. Qorinning о‗rtasida muskul paylari oq chiziq hosil
qiladi. Qorin muskullari chot kanalini hosil qilishda ishtirok etadi. Ba‘zan qorinda
piramidasimon rudiment muskul uchraydi.
B e l n i n g k v a d r a t m u s k u l i (m. quadratus lumborum) yonbosh suyagining
qirrasidan boshlanib, bel umurtqalarining yon о‗simtasiga va XII qovurg‗aga birikadi. Bu
muskul qisqarganda qovurg‗ani pastga tortadi (nafas chiqarishda ishtiroq etadi), umurtqa
pog‗onasini orqaga va yonga bukadi.
15
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and
Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 138- bet mazmun va
moxiyatidan foydalanildi
Oraliq muskullar odam ajdodlaridagi ayrim dum va qorin muskullarining о‗zgargan
xili hisoblanadi. Ular qorinning pastki tomonidan ichki organlarni tutib turadi. Bu muskullar
siydik va najas chiqarish kanalining sfinkteri sifatida bir vaqtda harakatlanadi.
Odam doim jismoniy mashq bilan shug‗ullanishi natijasida kо‗krak va qorin muskullari
yaxshi rivojlanadi. Qayiqda suzish, gimnastika mashg‗ulotlari, yugurish kabi sport о‗yinlari
kо‗krak qafasi muskullarining yaxshi rivojlanishiga sabab bо‗ladi. Qorin muskullarining
presslash funksiyasi ortadi. Buning natijasida nafas olish organlari, yurak-qon tomirlar sistemasi
yaxshi rivojlanadi, ya‘ni о‗pkalarning tiriklik sig‗imi yuqori bо‗ladi. Yurakning sistolik hajmi
ortadi. Bunday odamlarda kо‗krak qafasi aylanasining о‗lchami katta bо‗ladi.
Chov kanali (canalis ingui-nalis). Qorin muskullari ikkita tashqi teri ostidagi va ichki
muskullarni koplagan fassiyaga bо‗linadi. Fassiya tо‗g‗ri muskul g‗ilofining orqa devori bilan
chot kanalining orqa devori hosil bulishida qatnashadi. Qorin keng muskullarining tolalari bir-
biri bilan tutashib, aponevroz hosil qiladi va qorinni mustahkamlaydi.
Qorinning pastki tomonida chov boylami, qorin muskullarining pastki-chetki fassiyasi
ishtirokida chot kanali hosil bо‗ladi. Uning uzunligi 4-5 sm bо‗lib, undan nerv, qon tomirlari,
erkaklarda urug‗ yo‘li (urug‗don chilviri), ayollarda bachadonning doiraviy payi о‗tadi. Qorin
muskullarining bо‗sh joyidan ichki organlarning qorin bо‗shlig‗idan tashqariga - teri ostiga
chiqishi churra tushishi (grija) deyiladi. Qorin muskullari zaiflashsa, odam juda ozib ketsa, og‗ir
yuk kо‗tarsa, qattiq yo‘talsa, yosh bola qattiq yig‗lasa, churrasi tushishi mumkin. Erkaklarda
kо‗pincha chov grijasi - churra tushishi uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |