Yelka kamari muskullari
Bu muskullar Yelka kamari, Yelka bо‗g‗imi, tirsak bо‗g‗imi, ayniqsa, qо‗l panjasi
harakatlarida aktiv ishtirok etadi. Yuqorigi kamar muskullari Yelka kamari, Yelka oldi, panja
muskullariga bо‗linadi.
Yelka kamari muskullari Yelka kamari suyaklari yuzasida bо‗lib, asosan, Yelka
bо‗g‗imidagi harakatlarda ishtirok etadi.
Deltasimon muskul (m. deltoideus) eng kuchli muskul bо‗lib, о‗mrov suyagining
akromial uchidan, kurakning akromial о‗simtasi va qirrasidan boshlanib, Yelka suyagining
tashqi yuzasidagi deltasimon g‗adir-budurlikka birikadi. Uning 3 gruppasi bо‗lib, birinchi
gruppasi qisqarsa, bir oz bukish, orqa gruppasi qisqarsa, yozish, umuman, qisqarsa, tanadan
uzoqlashish harakatlari bajariladi.
Kurak osti muskuli (m. subscapularis) kurak osti chuqurchasiga joylashib, Yelka
suyagining kichik dо‗ngchasiga birikadi. U qisqarganda uzoqlashgan qо‗lni tanaga
yaqinlashtiradi va Yelkani ichki tomonga buradi.
О‘siq usti muskuli (m. supraspinatus) kurak suyagining orqa о‗simtasi ustida joylashgan
bо‗lib, Yelka suyagining katta dо‗ngchasiga va bо‗g‗im kapsulasiga birikadi, u qisqarganda
Yelkani tanadan uzoqlashtiradi.
О‘siq osti muskuli (m. infraspinatus) kurak suyagining orqa о‗simtasi tagida joylashgan
bо‗lib, Yelka suyagining katta dungchasiga hamda bо‗g‗im kapsulasiga birikadi. Uning tagida
kichik yumaloq muskul (m. teres minor) joylashgan. Bu muskul kurakning tashqi burchagidan
boshlanib, Yelka suyagining katta dungchasiga birikadi. Bu muskullar qisqarganda Yelkani
tashqi tomonga buradi.
Katta yumaloq muskul (m. teres major) kurak suyagining pastki burchagidan boshlanib,
Yelka suyagi kichik dо‗ngchasining g‗adir-budurligiga birikadi. U qisqarganda Yelkani ichkari
tomonga buradi va tanaga yaqinlashtiradi.
YERKIN QО‗L MUSKULLARI
Qо‗l muskullari uch gruppaga: Yelka, Yelka oldi va panja muskullariga bо‗lib
о‗rganiladi.
Yelka muskullari joylashishiga qarab oldingi va orqa gruppaga bо‗linadi. Oldinda
Yelkannng ikki boshli, Yelka va tumshuqsimon-Yelka muskullari bor.
Yelka ikki boshli muskuli (m. biceps brachu)ning ikkita boshi bо‗lib, uzun boshi kurak
suyagining bо‗g‗im yuzasi ustidan boshlanadi. Uning payi Yelka bо‗g‗imining ichidan о‗tadi.
Kalta boshi kurakning tumshuqsimon о‗simtasidan boshlanib, 2 ta boshi oldinda qorincha hosil
qiladi. Bu muskul tirsak bо‗g‗imidan pastga о‗tib, bilak suyagining dо‗ngchasiga birikadi. U
qisqarganda Yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. Bilak bо‗g‗imini bukishda va
supinatsiyada ishtirok etadi.
Tumshuqsimon о‘simtabilan Yelka suyagi orasidagi muskul (m. corocobrachialis) kurak
suyagining tumshuqsimon о‗simtasidan boshlanib, Yelkaning yuqorigi ichki tomoniga birikadi.
U qisqarganda Yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi.
Yelka muskuli (m. brachialis) Yelkaning ikki boshli muskuli tagida joylashadi. U Yelka
suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining о‗tkir о‗simtasi tagidagi g‗adir-
budurlikka birikadi. U qisqarganda tirsak bо‗g‗imida bukish harakati bajariladi.
Yelkaning orqa tomonida uch boshli va tirsak muskullari joylashgan.
Yelkaning uch boshli muskuli (m. triceps brachu). Bu muskul Yelkaning orqa tomonini
butunlay qoplagan bо‗ladi. Uning 3 ta boshi bо‗lib, har qaysisi alohida qorincha hosil qiladi.
Uzun boshi kurak suyagi bо‗g‗im yuzasining pastki chetidan, medial va lateral boshlari Yelka
suyagining orqa tomonidan boshlanadi va uchala boshi yaxlit pay hosil qiladi. Bu pay tirsak
suyagining tirsak о‗simtasiga birikadi. U qisqarganda tirsak bо‗g‗imini yozadi, uzun boshi
qisqarganda Yelka bо‗g‗imida yaqinlashtirish harakati bajariladi.
PASTKI KAMAR MUSKULLARI
Pastki kamar muskullari asosan 2 gruppaga: tos kamari va oyoq muskullariga bо‗lib
о‗rganiladi.
Tos kamari muskullaritosni ichki, tashqi tomondan о‗rab olgan bо‗lib, son suyagining
yuqorigi uchiga birikadi. Bu muskullar kuchli bog‗lag‗ichlar yordamida umurtqa pog‗onasiga
mahkam birikkan bо‗lishi bilan Yelka kamari muskullaridan farq qiladi. Bular tos-son
bо‗g‗imini har tomondan о‗rab olib, shu bо‗gim harakatida aktiv ishtiroq etadi. Bu muskullar
joylashishiga qarab ichki va tashqi gruppaga bо‗linadi.
Ichki gruppa muskullarga tos ichida joylashgan muskullar kiradi.
Yonbosh - bel muskuli (m. Iliopsoasi) tos kamarining eng baquvvat muskullaridan bо‗lib,
ikkita, ba‘zan uchta muskuldan tashkil topadi. Bel muskuli (m.psoas) butun bel va oxirgi
kо‗krak umurtqasining yon о‗simtasidan boshlanib, tolalari pastga qarab yo‘naladi, pastda
yonbosh muskuli bilan birikadi. Yonbosh muskuli (m. iliacus) yonbosh suyagi qanotining
ichki yuzasidan boshlanib, bel muskuli bilan birgalikda sonning kichik dо‗ngchasiga birikadi. U
qisqarganda sonni yoki gavdani tos son bо‗g‗imida bukadi.
Noksimon muskul(m. piriformis) dumg‗aza suyagining oldingi 2-5 teshiklari oldidan
boshlanib, katta о‗tirg‗ich teshigidan о‗tib, son suyagi katta dо‗ngchasining chо‗qqisiga birikadi.
U qisqarganda sonni tanadan uzoqlashtiradi.
Yopiluvchi ichki muskul(m. obfuratorius internus) kichik tos bо‗shlig‗i ichida yopiluvchi
teshik atrofidan, yopiluvchi pardaning ichki tomonidan boshlanib, kichik о‗tirg‗ich teshigidan
о‗tib, son suyaginiig katta dо‗ngchasi ostiga birikadi. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi
va tanadan uzoqlashtiradi. Tosning tashqi tomonida bir nechta baquvvat muskul qavat-qavat
bо‗lib joylashgan.
Dumbaning katta muskuli (m. gluteus maximus) dumg‗azadan, dum suyagidan, yonbosh
suyagining orqa yuzasidan boshlanib, sonning katta dо‗ngchasiga keng fassiya bilan birikadi. U
eng baquvvat yozuvchi muskul bо‗lib, tos-son bо‗g‗imida sonni yoki gavdani yozadi. Bu muskul
tepalikka kо‗tarilish, chopish, sakrash harakatlarida alohida ahamiyatga ega.
Dumbaning о‗rta muskuli (m. gluteus medius) katta muskuli tagida joylashgan bо‗lib
yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanadi va sonning katta dо‗ngchasiga birikadi.
Buning tagida dumbaning kichik muskuli (m. qlu-teus minimus) joylashgan. U ham yonbosh
suyagidan boshlanib, sonning katta dо‗ngchasiga birikadi. Bularning boshlanish joyi keng,
birikish joyi tor bо‗lgani uchun sonni uzoqlashtirishda, ichki va tashqi tomonga burishda ishtirok
etadi.
Sonning kvadrat muskuli (m. guatratus femoris) о‗tirg‗ich dо‗ngchasi bilan sonning
katta-kichik dо‗ngchasi orasidagi g‗adir-budur sohaga joylashgan. U qisqarganda sonni tashqi
tomonga buradi.
Yopiluvchi tashqi muskul (m. obturatorius externus) yopiluvchi teshik pardasining tashqi
tomonidan boshlanib, sonning dо‗ngchasi ostidagi chuqurchaga birikadi. U qisqarganda sonni
tashqi tomonga buradi.
OYOQ MUSKULLARI
Oyoq muskullari: son, boldir, oyoq panjasi muskullariga bо‗linadi.
Son muskullari. Sonning atrofidagi muskullar 3 gruppaga: oldingi, ichki, orqa gruppaga
bо‗linadi. Ularning kо‗pchiligi boldirga birikadi. Ular qisqarganda tizza, qisman tos-son
bо‗g‗imidagi harakatda ishtirok etadi. Sonning oldingi tomonida asosan 2 ta muskul, sonning
tо‗rt boshli muskuli bilan tikuvchi muskul bor.
Sonning tо‗rt boshli muskuli (m. quadriceps femoris) organizmdagi eng yirik muskul
bо‗lib, og‗irligi 2 kg ga Yetadi. Uning 4 ta boshi alohida 4 ta qorincha hosil qiladi va alohida
muskul bо‗lib hisoblanadi. Bu muskulning eng uzun tо‗g‗ri boshi yonbosh suyagining oldingi
yuqorigi о‗sig‗idan boshlanadi. Chetki, ichki, keng, oraliq boshi son suyagidan boshlanib,
boshlarining hammasi pastda, yaxlit payga birikadi. Bu pay tizza qopqog‗ini о‗rab turib, katta
boldir suyagining dо‗ngchasiga birikadi. U qisqarganda tо‗g‗ri boshi tos-son bо‗g‗imini
bukishda, umuman, tizza bо‗g‗imini yozishda ishtirok etadi.
Tikuvchi muskul (m. sarto-rius) organizmdagi eng uzun muskul bо‗lib yonbosh suyagining
oldingi ustki о‗sig‗idan boshlanib, sonning orqasiga о‗tadi va katta boldir suyagining medial
tomoniga birikadi. Bu muskul ikkita bо‗g‗imdan о‗tib qisqarsa, ikkala bо‗g‗imni bukadi, boldirni
ichki tomonga buradi.
Sonning keng fassiyasini tortuvchi muskul (m. tensor fasciae latae) sonning yon tomonida
joylashgan. U yonbosh suyagining oldingi yuqorigi о‗sig‗idan boshlanib, sonning fassiyasiga bi-
rikadi. Qisqarganda fassiyani tortish bilan sonni bukadi.
Sonning ichki tomonida yaqinlashtiruvchi muskullar joylashgan.
Taroqsimon muskul (m. pectineus) qovuq suyagining qirrasidan boshlanib, son suyagiga
birikadi. U qisqarganda sonni yaqinlashtiradi va uni bukishda ishtirok etadi. Yaqinlashtiruvchi
uzun (m. adductor longus), yaqinlashtiruvchi kalta (m. adductor brevis), yaqinlashtiruvchi
katta (adductor magnus) muskullar qovuq suyagidan va oxirgisi о‗tirg‗ich suyagidan boshlanib,
son suyagi ichki tomonining turli qismiga birikadi. Ular qisqarganda, asosan sonni
yaqinlashtiradi. Yaqinlashturuvchi katta muskul tos-son bо‗g‗imini yozishda ham ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |