bir tekis bо‗ladi.
Muskullarni charchashi. Charchash deb alohida organ yoki butun organizmni yoki tо‗qimani
funksiyalanishidan sо‗ng ish qobiliyatini vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan sо‗ng
charchash bosiladi.
Odamning bir gruppa muskullarini charchashi ergograf degan asbob yordamida tekshiriladi.
Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat qisqarib turishi yoki birorta
jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda muskulning qisqarishidagi latent davri
uzayadi, 'kuchi kamayadi, ta‘sirotlarga javob berish tezligi kamayadi, organizmning
chidamliligi kamayadi. Bolaning yoshi qancha kichik bо‗lsa, u shuncha tez va oson
charchaydi, ayniqsa bir turli muskul faoliyatida tez charchash vujudga keladi. Bolalar harakatsiz
holatda harakatlarni uzoq muddat ushlab turilganda kattalarga nisbatan tezroq charchaydilar.
Ish qobiliyatining uzoq saklanishida va charchashning boshlanishida markaziy nerv
sistemasi hal qiluvchi rol uynashini I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, N.YE. Vvedenskiy va
A.A.Uxtomskiylar о‗z tekshirishlarida kо‗rsatib beradilar. Organizmni charchashida bosh miya
pо‗stlog‗ining ta‘siri kо‗p tajribalar bilan isbotlab berilgan. Charchashga vegetativ nerv
sistemasini ta‘sir etishini olimlardan L.A. Orbeli va A.G. Genitsinskiy kо‗rsatib berdilar. Ish
qobiliyatini tiklashda eng yaxshi usul aktiv dam olishdir. N.M. Sechenov uzo • ishlash
natijasida charchagan о‗ng qо‗lning , tamomila dam olish sharoitida ish qobiliyati qanday
tiklanishini shuningdek, chap qо‗l muayyan ish bajargan ya‘ni aktiv dam olish vaqtida ish
qobiliyati qanday tiklanishini solishtirib kо‗rdi. Ish qobiliyati passiv dam olishga nisbatan aktiv dam'
olishda tezroq tiklanishi ma‘lum bо‗ladi. Shuning uchun, organizm charchaganda aktiv dam olish
passiv dam olishga nisbatan foydali. harakatsizlik yoki adinomiya teridan proprioretseptorlardan va
vestebulyar apparatdan nerv sistemasiga markazga intiluvchi impulslarni kelishini 1 kamayishi
yoki tо‗xtashi - bilan vujudga
keladi. Natijada muskullardagi modda almashinuvi refletor
yо‗li bilan о‗z-о‗zidan boshqarilishi kamayadi, bu esa organizm organlarini о‗sishini
kechiktiradi. Muskul tolalarini ingichkalanishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda bosh va orqa
miyaning qо‗zg‗aluvchanligi pasayadi, bu aqliy faoliyatni pasayishiga olib keladi. Adinomiya va
muskullarni kam harakatlanishi ichki organlarni rivojlanishiga salbiy ta‘sir etadi. 6-7 yoshgacha
bо‗lgan bolalarning charchamaganga о‗xshab turishiga sabab uning aniq harakatlarni talab
qiladigan va qarshilikni yengadigan harakatlarni bajarmasligidir. 7-8 yoshgacha bо‗lgan
bolalarda mayda muskullarni qisqarishini koordinatsiyasini yetarli bо‗lmaganligi uchun ular aniq,
mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan amalga oshiradilar. Shuning uchun, bu
yoshdagi bolalar yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda tez charchaydilar. 7-8 yoshli bola katta
odamga nisbatan kо‗p harakatni bajaradi, lekin kam energiya sarf qiladi. Shuningdek 7-12
yoshli bolalarda harakatlarni koordinatsiyalashmagan tufayli tez charchashi vujudga keladi.
Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiya 40-45 minutdan oshmasligi kerak. 11-12
yoshli bolalar jismoniy kuch talab qiladigan va chidamlilikni talab qiluvchi
harakatlarni
bajaradilar.
Shuning uchun jismoniy gimnastik mashgulotlar, mehnatdagi faoliyatda tez-tez dam berish,
ish temni va turini о‗zgartirib turish, bolalarni ish holatini, pozasini о‗zgartirib turish va nerv
sistemasiga organizmning umumiy ish qobiliyatini oshiruvchi ijobiy emotsional holatini vujudga
keltirish kerakligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: