365
XVII bob.
Huquqning harakatlanishi
va uni amalga oshirish
yuridik mexanizmlari xilma-xil bo‘lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat
huquqiy tizimining xususiyatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz huquqiy
tizimida huquqni amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Dastlabki bosqich – tabiiy huquqni qonun darajasiga ko‘tarish (ijo-
biy huquq), uni normativ shaklda ifodalash. Tabiiy huquqning o‘zagini inson
huquqlari, uning inson va jamiyat tabiatidan kelib chiquvchi ijtimoiy-huquqiy
talablari tashkil etadi. Bu talablarni qanoatlantirish uchun davlat ularni qonun
yo‘li bilan, normativ darajada tan olishi kerak. Inson huquqlarini qonun dara-
jasiga ko‘tarish: a) ularni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni; b) ularni
amaldagi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – qonunni amalga oshirishning har xil mexanizmlari
ishga solinadi. Bu mexanizmlar yordamida qonun qoidalarini subyektiv huquqlar
va yuridik majburiyatlarning muayyan mazmuniga o‘tkazish amalga oshiriladi.
Bu mexanizmlar rang-barangdir, chunonchi, unga qonunni hukumat, vazirlik-
lar, idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun osti normativ hujjatlari-
da va mahalliy ahamiyatga molik boshqa normativ hujjatlarda aniqlashtirish;
qonun normalarini rasmiy sharhlash, hujjatlar orqali tushuntirish; qonunni qabul
qilish, qo‘llash va majburiy ijro etish taomillarini tartibga soluvchi protsessual
normalar; huquq normalarini qo‘llashga doir har xil hujjatlar kiradi. Davlat
organlarining huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi faoliyati
ham shu bosqichga kiradi.
Yakunlovchi bosqich – huquqni bevosita amalga oshirishdan iborat.
Aynan shu bosqichda huquqlar abstrakt imkoniyatdan real voqelikka aylanadi
va bu huquq sohibining xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi, ya’ni huquqning
amalga oshish-oshmasligi, agar amalga oshirilsa, bu qachon va qay darajada
yuz berishi huquq subyektiga bog‘liq bo‘ladi.
Dunyo davlatlarida huquqni amalga oshirish o‘z xususiyatlariga ega.
Masalan, anglo-sakson huquqi mamlakatlarida huquqni amalga oshirish ja-
rayoni boshqacha kechadi. Huquqiy talablarni, ya’ni tabiiy huquqni majburiy
norma darajasiga ko‘tarish sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud muayyan
yuridik ishni ko‘rib chiqar ekan, yuzaga kelgan nizoning haqiqiy holatlari,
taraflarning da’volarini mufassal tahlil qiladi va ularning o‘zaro huquq
va majburiyatlarini aniqlab, janjalni hal qiladi. Ishni hal qilish chog‘ida
presedent – o‘xshash ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan sud qarori normativ asos
sifatida maydonga chiqadi.
Mazkur huquqiy tizimda huquqiy talabni amalga oshirish mexanizmi
roman-german huquqiy tizimidagi shunday mexanizmga qaraganda soddaroq,
chunki oldindan qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yishni taqozo etmaydi.
Sudyaning o‘zboshimchaligi xavfini oshirib ko‘rsatish yaramaydi, chunki sud
Do'stlaringiz bilan baham: |