Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet534/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   530   531   532   533   534   535   536   537   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

368

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

kodeksi Maxsus qismi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks Maxsus 

qismi normalari bilan belgilangan. 

Ikkinchi shakl – majburiyatlarni bajarish. Bajarish huquqni amalga 

oshirishning shunday bir shakliki, u huquqiy qoidaning bajarilishida ifodala-

nadi. Amalga oshirishning mazkur shaklida subyektlar xulq-atvori faol xu-

susiyatga ega bo‘ladi: ular yuridik normalar bilan belgilangan harakatlar 

sodir etadi, ya’ni o‘zlariga yuklangan faol harakat qilish majburiyatlarini 

bajaradilar. Mas’uliyatni nazarda tutuvchi majburiyat yuklovchi normalarni 

amalga oshirish uchun faol xulq-atvor, chunonchi: soliq to‘lash, xaridorga 

mahsulot yetkazib berish, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishni bajarish kabilar 

talab etiladi.

Uchinchi shakl – subyektiv huquqdan foydalanish. Dispozitsiyalarida 

subyektiv huquqlar nazarda tutilgan vakolat beruvchi normalar shu shaklda 

amalga oshiriladi. Foydalanish amalga oshirishning shunday bir shakliki, u 

berilgan ruxsatlardan kelib chiquvchi imkoniyatlarni amalga oshirishda ifo-

dalanadi. Subyektlarning faol xulq-atvori bu shaklga xos xususiyatdir. Ayni 

holda subyektiv huquqlar, o‘z faol xulq-atvori, huquq orqali berilgan yuridik 

imkoniyatlardan foydalanish huquqlari (masalan, himoyalanish huquqi, mulk 

obyektlarini yuridik jihatdan tasarruf etish huquqi, saylov huquqidan foydala-

nish) to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 

164-moddasida shunday deyilgan: «Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-

mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foy-

dalanish va uni tasarruf etishdan iboratdir». Subyektiv huquq ham faol, ham 

passiv xulq-atvorni nazarda tutadi. Subyekt o‘z huquqidan foydalanishdan bosh 

tortsa, o‘zini passiv tutadi. Subyektiv huquq vakolatli shaxsning o‘z harakatlari 

orqali (ashyo egasi undan ashyoning bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanadi), 

yuridik harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan (ashyoni garovga berish, uni 

hadya qilish, sotish va hokazo), majburiyat olgan shaxsga talab qo‘yish orqali 

(qarzdordan qarzni qaytarishni talab qilish) va da’vo shaklida, ya’ni vakolatli 

davlat organiga poymol etilgan huquqini himoya qilishni so‘rab murojaat etish 

yo‘li bilan (agar qarzdor qarzni qaytarishdan bosh tortsa, qarz beruvchi qarzini 

majburiy tarzda undirishni so‘rab sudga murojaat etadi) amalga oshirilishi 

mumkin. 


To‘rtinchi shakl – huquqni qo‘llash. Huquqni qo‘llash uchun vakolatli 

davlat organlari, mansabdor shaxslar, vakolat berilgan nodavlat-notijorat tash-

kilotlar tomonidan huquq normasida, qonunda mujassamlangan imperativ ta-

labni, yuridik qoidani hayotga joriy qilish lozim bo‘ladi. Huquqni qo‘llash alo-

hida hokimiyat mazmuniga ega faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat uyushtiruvchi, 

tashkil etuvchi xususiyatga ega. U faol xatti-harakat orqali sodir etiladi. 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   530   531   532   533   534   535   536   537   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish