huquqni qo‘llash maydonga chiqadi.
Huquqni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:
Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida davlatning
ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, moddiy ne’matlarni davlat tomonidan
taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan, pensiya huquqini amal-
ga oshirish ijtimoiy ta’minot organi komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya
tayinlash to‘g‘risidagi qarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat
yer fondidan yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimi-
yat qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarori chiqarish
yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga foydalanish uchun davlat mulkiga kiruv-
chi yer uchastkalari ajratiladi.
24–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |