367
XVII bob.
Huquqning harakatlanishi
va uni amalga oshirish
Normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘llanish darajasiga
ko‘ra, huquqni amalga oshirishning to‘rt xil
shakli farqlanadi:
1) huquqiy munosabatlar ishtirokchilari uchun umumiy vazifalar va prin-
siplar o‘z ifodasini topgan qonunlarning muqaddimalarida ko‘zda tutilgan ta-
lablarni ro‘yobga chiqarish;
2) huquq subyektlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari doirasini
o‘rnatuvchi umumiy normalarni tatbiq etish;
3) muayyan huquqiy munosabatlarga tegishli bo‘lgan huquqiy normalarni
joriy etish;
4) huquq normasini vakolatli davlat organlari tomonidan hokimona
tarzda qo‘llash.
Huquqni amalga oshirish huquqiy munosabatlar subyektlari doirasiga
ko‘ra ham tasniflanadi. Huquqni amalga oshirishda ishtirokchilarning juda ko‘p
guruhi qamrab olinadi. Huquqni amalga oshirish subyektlariga ko‘ra,
individual
va
jamoa tomonidan huquqni tatbiq etish farqlanadi. Huquq normalarining
ishtirokchilar xulq-atvorida mujassamlanishi uchun davlat organlari, jamoat
tashkilotlari va fuqarolarning muayyan darajadagi amaliy faoliyati talab qili-
nadi. Huquq normalari kishilarning muayyan munosabatlariga nisbatan tatbiq
qilinadi va shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi,
o‘zgarishi yoki to‘xtashi sodir bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika-
sida huquqni amalga oshirishda O‘zbekiston xalqi, milliy davlat tuzilishi bilan
bog‘liq munosabatlarda – millatlar va elatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, jamoat tashkilotlari,
mansabdor shaxslar, fuqarolar ishtirok etadi. Huquqiy tartibga solish pirovard
natijada ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqda o‘z ifodasini topgan
talablar va imkoniyatlar mujassamlashuvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.
Huquqni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati xususiyatiga ko‘ra, huquqni
amalga oshirishning uch xil shaklini ko‘rsatish mumkin – huquq normasiga
rioya qilish, huquq normasini bajarish va huquq normasidan foydalanish:
Birinchi shakl – huquq normasi talablariga rioya etish. Bu yerda
taqiqlovchi va muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi.
Rioya etish amalga
oshirishning bir shakli bo‘lib, u subyektlarning yuridik taqiqlarga mos ravishda
ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga subyektlarning passiv xulq-atvori xosdir.
Ular yuridik normalar bilan man etilgan harakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga
yuklangan passiv majburiyatlarni bajaradilar. Muhofaza qiluvchi normalarning
barchasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmasa-da, norma ma’nosidan mantiqan kelib
chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakat uchun norma sanksiyasida
yuridik javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday ha-
rakatni qonun chiqaruvchi organ man etgan. Masalan, bunday taqiqlar Jinoyat