huquqni amalga
oshirish – davlat tomonidan yuridik mustahkamlangan va kafolatlangan im-
koniyatlarni ro‘yobga chiqarish, ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoli-
yatida hayotga tatbiq etish demakdir. Yuridik adabiyotlarda «huquqiy normani
amalga oshirish», «huquqni tatbiq etish», «huquqiy normalarni tatbiq etish»,
«huquqiy normani qo‘llash» kabi tushunchalar yuzasidan yakdil fikr yo‘q. Le-
kin, huquqiy normalarni tatbiq etish – huquqiy normalarni amalga oshirishni
anglatishi aksariyat nazariyotchi olimlar tomonidan tan olinadi.
Etimologiya nuqtayi nazaridan «amalga oshirish» ma’nosini bildiradigan
«realizatsiya» atamasi lotinchadan olingan bo‘lib, «realis» – moddiy yoki mod-
diylashtirish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z ko‘proq u yoki bu
reja, dastur va loyihalarni, maqsadlar va hokazolarni amalga oshirish yoki ular-
ni tatbiq etish ma’nosida qo‘llaniladi. Huquq mafkuraviy hodisa bo‘lib, muayyan
Do'stlaringiz bilan baham: |