O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar arxeologiyasi
O‘rta Osiyoning IX-XII asrlar tarixi mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi va feodal davlatlarning navbatma-navbat almashunuvi bilan xarakterlanadi. IX asr oxiri va X asrlar davomida Arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan Somoniylar sulolasi hukumronlik qiladi. O‘rta Osiyoning keyingi davr tarixi Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari CHingizxon bosqinigacha hukumronlik qiladi.
IX asrdan boshlab O‘rta Osiyoning barcha xududlarida shaharsozlik taraqqiyotida yangi o‘sish davr boshlanadi. Mavjud shaharlar ichki struktarasi murakkablashib, moydoni kengayadi. Ularda yangi qurilish inshoatlari va me’moriy obidalar qurish jadallashadi. SHuningdek yangi shaharlar vujudga keladi. Bu jarayon mamlkatda osoyishtalikning ta’minlanish, feodal, munosabatlarning yangi bosqichga chiqishi va natijadaiqtisodiy o‘sishining ta’minlanishi hamda shu kabilar bilan belgilanadi.
O‘rta Osiyoda bu davrda uch qismdan iborat shaharlar shakllanadi. SHaharlar ark (qitadel), SHahriston va rabot qisimlaridan iborat bo‘lib, ularning ichki strukturasi ancha murakkablashadi. SHahristonda amaldorlarning uy-joylari va bozor, ravotda esa hunarmandchilik va savdo inshoatlari joylashgan bo‘lib, ularning har biri alohida mudofaa tizimiga ega bo‘lgan. devorlar ham g‘isht va paxsadan ko‘tarilgan.
Bu davr shaharlaridan Buxoro, Samarqand, Toshkent, Marv, Termiz, Kesh va boshqalar arxeologik jihatidan yaxshi o‘rganilgan.
Buxoro shahri IX asrning oxirida yangi mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, uning 11 ta darvozasi mavjud bo‘lgan. Registonda yangi qurilish inshoatlari, xususan saroy barpo etilib, tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi.
Samrqand shahri bu davrda Afrosiyob o‘rnida bo‘lgan. SHahar uch qismdan: ark, shahriston va ravotlardan iborat bo‘lgan. SHaharlaning bu davrga oid o‘rni yaxshi saqlanib qolmagan bo‘lsada, uning maydoni ancha katta joyni egallagan bo‘lishi kerak. Bu davrda saqlanib qolgan qismi shaharning markazini tashkil etgan. Arab mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra shaharninng o‘tgan asrlardagi maydoni ancha katta bo‘lib, bir necha (ba’zi manbalarda 10 dan ortiq darvozasi bo‘lganligi ta’kidlanadi) darvozaga ega bo‘lgan. Bu erdan kulollar mahallasi, devorlari rang-tasvirlar bilan bezatilgan ko‘pxonli uylarning o‘rni, shaharni suv bilan ta’minlovchi quvurlar va boshqalar aniqlangan.
Toshkent (SHosh) shahrining bu davrdagi o‘rni hozirgi eski shaharga ko‘chadi. Bu arab manbalarida Binket nomi bilan keltiriladi. Mingo‘rik o‘z ahamiyatini o‘yqotmay aholiyashaydigan punkt sifatida yashashni davom ettiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra shahar (shahrison) 16 ga iborat bo‘lib, mudofa devorlarining o‘rni qisman aniqlangan. SHahrison tashqarisida rabot joylashgan. Bu erdan bir necha badrablar ochib o‘rganilgan.
Termiz odam bu davrda uch qisimdan iborat bo‘lib, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra shaharning umumiy maydoni 500 ni tashkil etgan. SHahar qisimlari har biri o‘z mudofa devorlariga ega. SHahardan Termizshohlar saroyi, hunarmandchilik va savdo inshoatlar, aholi honadonlari va boshqalarning o‘rni aniqlangan. Termiz shahri XI-XII asrlarda o‘zining yuqori taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilib, XIII asrda mo‘g‘ullar bosqini tufayli inqirozga yuz tutadi. Turkmaniston hududidagi yirik shaharlardan Marv ilk O‘rta asrlar davri (Gyaurqal’a) o‘rnida taraqqiy etib, o‘zining taraqqiyot bosqichiga Saljuqiylarning poytaxti bo‘lgan davrda chiqadi.
Bundan tashqari Xorazmda, Urganch, Qashqadaryo, Nasaf va Kesh, Farg‘ona vodiysida Quva va Axsikent shaharlari va boshqa katta-kichik shaharlar rivojlanadi. Umuman, O‘rta Osiyoning IX-XIII asrlarda shahar yuksak darajada rivojlanib, ular ma’lum davlat yoki viloyatning ma’mriy markazi bo‘lish bilan birgalikda, savdo-iqtisodiy va madaniy markazlar ham bo‘lgan. Bu davrda ularning har birida boy me’moriy obidalar qad ko‘tariladi.
XIII asrning boshlarida mo‘g‘il tatarlarining bosqini tufayli ko‘pgina shaharlarda hayot orqaga ketadi va ba’zilari butunlay inqirozga yuz tutadi. XIII asrning boshlariga kelibgina O‘rta Osiyo shaharlarida hayot qaytadan tiklana boshladi. Bu davrda CHig‘atoy ulusi hukmdorlarining qaorogohi saroyida yangi shaharlar (Qarshi, Andijon) shakllana boshlaydi.
O‘rta Osiyo shaharsozligining taraqqiyotining keyingi bosqichi Movaraunnaxrda Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o‘rganilish bilan bog‘liq. Bu davrda asosiy ikkta shahar: Samarqand va SHahrisabz shaharlariga bo‘lgan e’tibor kuchayib, hozirda saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklarning asosiy ko‘pchiligi manashu shaharlarda saqlangan.
SHayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoroning ma’muriy markaz sifatidagi mavqei oshib shahar ancha rivojlanadi va ko‘plab me’moriy obidalar barpo etiladi. SHuningdek Samarqand, Urganch, Toshkent, SHahrisabz, Qarshi va boshqa shaharlarning ahamiyati ortadi.
Me’morchilik. Arablar bosqini davrida O‘rta Osiyoning shahar va qishloqlarida deyarli to‘xtab qolgan. Qurilish ishlari IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yana jonlana boshlagan X-XII asrlada kuchaygan. Bu davrda mahalliy hokimiyat vakillari oldida avval shahar mudofaasini ta’mirlash va uy-joy jamoatchtilik imoratlari (bozor, karvon, saroy, sardoba), mahalliy amaldorlar uchun saroy, qasrlarni barpo etish vazifasi turar edi. shuningdek bu davrda mahalliy aholi uchun yangi imoratlar-machit, madrasa qurish talab qilinar edi. Buyuk shaxslar qabrlari ustiga maqbaralar barpo etish an’anasi kuchaydi.
IX asrdan boshlab qurilishda pishgan g‘ishtdan foydalanish boshlanib, X asrda undan keng foydalanilgan. Pishiq g‘ishtdan qurilishda foydalanish nafaqat imoratning mustahkamligini ta’minlagan balki, ularning tashqi manzarasining ko‘rkamligini ham ta’minlagan. SHunday qurilish inshoatlaridan biri Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi bo‘lib, uni qurishda pishiq g‘ishtdan turli usullarda foydalanilgan. G‘ishtlar to‘g‘ri ko‘ndalang, yon va qirra tomonlari bilan terilib, ular o‘ziga xos bezak xosil qiladi. uning tashqi tuzilishi juda sodda. Kubik shaklidagi bino tomi kumbaz qilib yopilgan. Maqbaraning sardevori bo‘ylab ketma-ket kichik arkalar joylashgan. Burchaklaridagi minorasimon ustunlar devorlariga biriktirilgan. Eshiklarining tepasi ham arkasimon. SHuningdek Arabota, Karmanada Said Baxrom Uzunda, Oq ostonabobo, Termizda at-Termiziy maqbaralari kabi me’moriy obidalari saqlanganki, ular qurilish usuli va bezalishiga ko‘ra umumiy va o‘ziga xos hususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Ularning devorlari murakkab o‘yma ganchli naqshlar bilan bezatgan. Bu davr me’morchiligida islimiy va shrih uslubidagi naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. SHuningdek me’morchilikda devorlarning sirtini koshinlar bilan bezash keng yoyilib, ularda ko‘k va yashil ranglardan keng foydalanilgan. Me’morchilik inshoatlarini barpo etishda murakkab qurilish usullari (qubbalar, yoysimon arklar, gumbazlar, beshtoq) keng qo‘llanilgan.
Bu davrda shahar atrofi va tashqarisida qo‘rg‘onlar va qarorgohlar ham barpo etilgan. Ulardan biri Buxoro yaqinidagi Raboti Malikdir. Hovli ichkarisi qisqa xonalar bilan o‘ralgan. Devorlari ham g‘ishtdan ko‘tarilib, pishiq g‘isht bilan usti qoplangan. Tepasi asosi gumbaz bilan yopilib, atrofida kichik gumbazlar joylashgan. Hovli ichkarisida machit, hammom va boshqa honalar ham mavjud. Asosiy xona bezatilgan.
Bu davrga oid masjidlar bizgacha deyarli etib kelmagan. Ulardan Buxoroda Diggaron va Mochaki Attoriylar saqlangan va boshqalar saqlangan. Ular asosiy xonalardan iborat bo‘lib, gumbaz qilib yopilgan. Masjidlarda aylana shakldagi minoralar bo‘lgan. bu davr minoralari shakliga ko‘ra turlicha. XII asrlarga oid Buxoroda kalom Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari saqlanib qolgan. Ular tashqi tomonidan bir-birini takrorlamaydi. Dastlabki ikkitasi silliq holda ko‘tarilgan bo‘lsa, Jarqo‘rg‘on minorasi tagkursi ustida qator ustunsimon shaklda qurilib, tepada kichik arkalarga tutashgan. Tepa qismida ular davom ettirilib, ular O‘rtasi belbog‘simon shaklni xosil qilgan.
Bu davrning alohida shaxslar uchun mavzoleylar qurish an’anasi kuchaydi. Mavzoleylarning ba’zilari to‘liq pishiq g‘ishtdan yoki xom g‘isht bilan aralashtirilgan holda qurila boshladi. Ularga umbazli, ba’zan ravoqli
SHulardan Marvda Sulton Sanjar, Xorazmda (Urganch) El Arslon va Takashlarning maqbaralari diqqatga sazovardir. El Arslon va Takash maqbaralari kvadrat shaklida bo‘lib, tepasida baland gumbaz joylashgan. Ular o‘ziga xos me’moriy uslubi va bezalish san’atiga ega bo‘lgan hususiyatlari bilan ajralib turadi.
XIV asrning ohirlaridan boshlab O‘rta Osiyo me’morchiligi mo‘g‘ul tatar bosqinidan so‘ng o‘zining yangi taraqqiyot bosqichiga kiradi. Gumbaz va qubbalar tuzilishi murakkablashadi. Me’morchilikdagi eng katta yutuqlardan biri, ularga beriladigan bezaklar va bo‘yoqlar mazmunining ortishidir. Koshinlar asosan ko‘k, oq va havo ranglarda bo‘lib, gumbazlarga havo rang berilgan. Bu davrga oid me’moriy obidalar asosan Samarqand va SHahrisabz shaharlari barpo qilinadi. SHuningdek Xorazmda ham mo‘g‘ullardan so‘ng huvillab qolgan Urganch sharida qurilish ishlari jonlanadi. Bu davrda Samarqandda Bibixonim, Go‘ri Amir, SHoxizinda, SHahrisabzda Oqsaroy va boshqa ko‘plab me’morchilik inshoatlari barpo qilinadiki, ular Sohib Qiron Amir Temur davrida qurilgan boy me’morchilik namunalaridir. SHuningdek Ulug‘bek davrida ham bir necha me’morchilik inshoatlari barpo etiladi. Ulug‘bek davrida Samarqand, Buxoro va SHahrisabz shaharlarida qurdirgan madrasa va masjidlar diqqatga sazovardir.
SHayboniylar davrida Samarqan shahrida qurilish to‘xtamagan bo‘lsada asosiy qurilish inshoatlarini barpo qilish an’anasi Buxoroga (Poytaxt ko‘chirilgandan so‘ng) ko‘chadi. Buxoro shahrida mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Buxoro me’morchiligida hususan diniy inshoatlarda eski me’morchilik ananalari yangi an’analar bilan uyg‘unlashadi, jamoatchilik imoratlarida yangi me’morchilik an’analarining ustunligi seziladi. Ayniqsa imoratlardagi gumbazlarning xonalariga mos tushishi me’morlar izlanishining natijasidir.
Bu davrda ham jamoatchilik inshootlari; masjid, madrasa, xonaqo, sardoba, karvonsaroy va boshaqalarni qurish an’anasi kuchayadi. XVI asrning me’moriy bo‘yoqlar Temuriylar davri an’anasi davom etsada, XVI asrning ikkinchi yarmidan so‘ng eng sodda kam mehnat talab qiladigan bezaklardan keng foydalaniladi. Bu davrga oid Mir Arab madrasasi, masjidi, Kalon majmuasi, Abdullaxon madrasalari va boshqa me’moriy obidalar o‘z davrning ajoyib namunalaridir. SHuningdek Toshkentda Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalari barpo etiladi.
XVII-XVIII asrlar davri me’morchiligi o‘tgan asr an’analarining davomi sifatida rivojlanadi. Buxoro, Samarkand va boshqa shaharlarda ko‘plab me’moriy obidalar barpo qilinadi. Ayniqsa, Xorazm me’morchiligi o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlanib, Xiva shahrida bir necha madrasalar pishiq g‘ishtdan barpo etiladi. XVII asr O‘rtalarida Urganch shahri hozirgi o‘rniga ko‘chirilib bu erda ham yangi qurilish inshoatlari barpo qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |