Areologik manba tushunchasi va ularning turlari. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgan ilk tosh asridan boshlab, kishilar hayot kechirishlari uchun tabiat bilan ma’lum munosabatda bo‘lishgan talab etilar edi. Mazkur munosabatlarning borishi uchun ham kishilarning tafakkur darajasida yaratuvchilik faoliyatini olib borishlar talab qilinar edi. Insoniyat tomonidan yasalgan dastlabki sodda tosh qurollari yaratuvchilik sohasidagi davtlabki qadam bo‘lgan. Tarixning keyingi taraqqiyoti davomida kishilar tafakkurining mukamallashi bilan bir vaqtda uning yaratuvchilik foliyati yuksalib bordiki, natijada bu jarayon insoniyatng yuksak madaniy taraqqiyot taraqqiyot darajasiga olib chiqdi. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan insoniyatning barcha faoliyati bilan bog‘liq alomatlar ular tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat naumunalarida o‘z aksini topgan. Moddiy manbalar sodda tosh quroli va oddiy kulbalardan tortib, mahobatli quril imoratlpriyu, yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan ishlab chiqarish inshootlar, san’at asarlari va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Bular er yuzining har bir burchagida yashagan kishilarning eng qadimdan to O‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlarga oid manzillarda saqlanib qolgan. yashagandavrida insoniyat tarqalgan har bir xududda uchraydi.
O‘rta Osiyo hududida ham ibtidoiy va qadimgi davr kishilarining hayoti va faoliyati saqlanib qolgan manzillar o‘lka bo‘ylab ancha keng tarqalgan. Keng ko‘lamda olib borilgan arxeologik tadot ishlari natijasida tog‘, tog‘ oldi, vodiylar, hatto Qoraqum va Qizilqum kabi cho‘llaridan ham tosh asri makonlari, manzilgohlar neolit va bronza davri qishloqlari, mozor qo‘rg‘onlar, tasviriy san’atning ko‘plab namunalari aniqlangan. Ilk temir, antik va feodal davri qishloqlari, yirik shaharlari, suv inshootlari, mudofaa devorlarining qoldiqlari, tog‘-kon va metallurgiya ishlab izari tarqalgan hududlar doirasi ancha keng bo‘lib, ulardan o‘rin olgan barcha turdagi moddiy manbalar boyligi bilan ajralib turadi. Bu o‘lka hududidagi arxeologik yodgorliklar xilma-xilligi va madaniy qatlamning boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu manbalar kishilik jamiyati tarixini o‘rganishda muhim ashyovif dalil bo‘lib xizmat qiladi.
Kishilik jamiyati tarixi yozma va moddiy manbalarga asosida yaratiladi. Lekin, yozuv kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida bundan besh ming avval paydo bo‘lgan. Bu paytdagi yozuv ma’lumotlari tarixnining ayrim jihatlarinigina qisman yoritib berish imkoniyatigagina ega. Bunday holatda yozma ma’lumotlar arxeologik manbalarining bir bo‘lagi sifatida qadimgi tarixning ayrim jihatlarini to‘ldiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Keyinchalik yozuvning jamiyatdagi ahamiyati ortib borishi bilan yozma manba ma’lumotlari kengayib, ularning tarixiy jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyati ortib borgan.
Arxeologiya fanining asosini moddiy manbalar tashkil etadi va tarixiy jarayonlarni talkin kilishda yozma manbalar ma’lumotlaridan ham keng foydalaniladi. Arxeologik manbalar ham o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi. Birinchisi inson va hayvon suyaklari va o‘simlik qoldiqlaridan iborat tabiiy manbalar. Ularni paleoantropologlar, paleozoologlar, paleobotaniklar o‘rganadi. Ikkinchisi inson tomonidan yaratilgan manbalar: mehnat qurollari, qurol-aslahalar, kulolchilik buyumlari, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, qadimgi yozuvlar va boshqalar. YOzma manbalarni o‘rganish bilan asosan tarixchilar shug‘ullansalarda, arxeologlar kishilik o‘tmishini o‘rganishda moddiy manbalar bilan birgalikda yozma manbalar ma’lumotlaridan ularni tahlil kilishda keng foydalanadi.
Arxeologiya fanida «yodgorlik» va «manba» iboralari keng qo‘llanilib, ular bir ma’noni anglatuvchi sinonim so‘zlardir. SHuning uchun odamlar yashagan barcha turdagi manzilgohlar arxeologik yodgorliklar deb ataladi.
Bevosita insoniyat tafakkuri mahsuli natijasida yaratilgan manbalar: Ular qo‘pol tosh qurolidan tortib, qadimgi shahar xarobalarida qolib ketgan mahobatli me’morchilik obidalari-yu, yuksak darajada yaratilgan san’at namunalarini aks ettiradi.
Arxeologiya fanida manba ma’nosini anglatuvchi “yodgorlik” iborasi ham keng qo‘llaniladi. SHuning uchun insoniyat ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ashyolar yodgorlik sanaladi. YOdgorlik atamasi keng ma’noda insoniyat yashab o‘tgan joylar: ibtidoiy makonlar, qishloqlar. mozor-qo‘rg‘onlar, shahar xarobalari, er ustida saqlanib qolgan turli inshootlar, tog‘-kon metalurgiyasi izlariga nisbatan ham keng qo‘llaniladi.
Arxeologiya fanining maqsadi tarixiy jarayonlarni moddiy va qisman yozma manbalar asosida imkon darajada to‘liq yoritishdan iborat. Uni yoritishda arxeologik tadqiqot ishlari asosiy o‘rin tutadi. Arxeologik tadqiqot ishlari qidiruv, kuzatuv va keng qamrovli qazish ishlaridan tashkil topadi. Qidiruv ishlari ilmiy tadqiqot ishlarining dastlabki bosqichi bo‘lib, unda tadqiqot ishlarini olib borayotgan ilmiy guruh yoki xodim kadimgi va O‘rta asrlar davri tarixining ma’lum muammosi echimiga qaratilgan masala bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borib, mazkur davrga oid yodgorliklarni topish bilan yakunlanadi. Agar masala paleolit davri tarixi bilan bog‘lik bo‘lsa, unda tog‘li hududlar tekshirilib, g‘orlar yoki buloklar yonidagi makonlar, koyatosh tasvirlari izlab topiladi. Mezolit va neolit davri makonlari bo‘lsa, ular tog‘li hududlar bilan birgalikda pastekisliklarda kidiruv ishlari olib boriladi. Kadimgi davr kishloklari yoki shaharlari esa kisik daryo vohada, O‘rta asrlar davri manzilgohlari er yuzining barsa joylarida usraydi.
Arxeologik tadkikotning ikkinchi bosqichda yodgorlik to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planadi. Birinsi navbatda yodgorlik to‘g‘risida so‘rab so‘rishtirish ishlari amalga oshirilib, uning toponimi va u bilan bog‘lik afsonalar, yuza kismida saklangan moddiy topilmalar to‘planib o‘rganiladi. Undan keyin shurf ishlari amalga oshiriladi. “SHurf” nemischa so‘z bo‘lib, qazimoq degan ma’noni anglatadi. SHurf kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida amalga oshirilib, yodgorlikning davri va uning bosqichlari, madaniy qatlamlar sonini aniklash maqsadida amalga oshiriladi. Har qanday arxeologik qazish ishlari yodgorlikning materik, ya’ni erning soz tuproq qismiga qadar qaziladi.
Arxeologik tadqiqot ishlarining oxirgi uchinchi bosqichi bevosita yodgorlikni to‘liq yoki qisman ochib o‘rganish bilan yakunlanadi. Arxeolog barcha turdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida kundalik ilmiy harakatlarini yozib boradi.
Arxeologik dala tadqiqot ishlari natijasida to‘plangan barcha turdagi ashyoviy manbalar tadqiqot ishlarini amalga oshirgan muassasasi ilmiy laboratoriyada qayta ishlanadi. Dastlab ularni muhofazalash, tiklash va turlarga ajratish ishlari amalga oshiriladi. Natijada topilmalar tavsifi keltirilishi bilan birgalikda, ularning mazkur yodgorlik yoki hududning ma’lum davrdagi tarixini yoritib berish bilan xulosalanadi.
YOdgorliklar, ularning madaniy katlamlari va ulardagi ashyoviy manbalarning davrini belgilash arxeologiya fanining birinchi navbatdagi vazifalaridan sanaladi. Arxeologiya fanida nisbiy va mutlaq davrlashtirish qo‘llaniladi. Nisbiy davrlashtirish yodgorlik yoki moddiy topilmaning ma’lum davrga va uning bosqichlariga tegishli ekanligini aniqlashda keng ko‘llaniladi. Nisbiy davr bevosita moddiy topilmalarning turi va yodgorlik stratigrafiyasi (madaniy qatlami) asosida aniqlanadi. Unda ma’lum bir davr (paleolit, mezolit, neolit va boshqalar) va bosqichlari (ilk, O‘rta, so‘nggi) to‘g‘risidagi xulosalar beriladi. Nisbiy davrini aniqlashda o‘ziga kadar o‘rganilgan madaniyatlar yoki tarkibidagi yodgorliklar natijalariga tayaniladi va ular solishtirish asosida amalga oshiriladi. Mutlaq davrlashtirish esa voqea va hodisaning aniq sanasi (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik)ni aniqlab beradi. Mutlaq davrlashtirish asosan yozma manba ma’lumotlari, tangalar (numizmatik), epigrafik yodgorliklar ma’lumotlari va tabiiy fanlar ilmiy tahlillariga asoslanadi. Davrlashtirishning bunday usuli tarixning keyingi davrlari, ya’ni yozuv paydo bo‘lgandan keyingi tarixi ayniksa, kadimgi va O‘rta asrlar davrlarini belgilashda yaxshi natija beradi. Bular asosan ma’lum aniq vokealiklarning sanasini aniqlab beradi. Ma’lum madaniyatlar boskichlari va ularning davrlarni aniqlashda yordamchi manba sifatida xizmat qiladi.
Mutlaq davrlashtirishning boshqa bir turi tabiiy-ilmiy usullar bo‘lib, ulardan ibtidoiy davr tarixini davrini aniqlashda keng foydalaniladi. Ular termolyuminitsitsent, uran, kaliyargon, radiokarbon (radiouglerod), arxeomagnit, dendroxronologik va boshqalardan iborat. termolyuminitsitsent, uran, kaliyargon usullardan million yilga qadar va undan ortiq bo‘lgan davrlarni belgilashda, radiokarbon usulidan esa 60 ming yilga kadar bo‘lgan davrlarni belgilashda foydalaniladi. Ma’lumki, tirik organizm o‘lgandan so‘ng uning tarkibidagi uglerod izotoplar emirila boshlaydi. Ularning yarim emirilish davri esa anik.
O‘rta Osiyo arxeologiyasini o‘rganish hozirda yaxshi yilga qo‘yilgan. Bu ishlar bilan maxsus institutlar, universitetlar, arxeologiya kafedralari, joylardagi muzeylar hamda ular bilan hamkorlikda chet el institutlar va universitetlari shug‘ullanishmoqdalar. Bularning tadqiqotlari o‘lka xalqlari tarix. O‘rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni o‘lkaning chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng boshlandi. V. V. Bartoldning bevosita rahbarligi va taklifi bilan 1895 yilda «Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi» tuzilib, uning ustavi tasdiqlanadi. To‘garak tadqiqot ishlariga jiddiy e’tibor qaratib, dastabki yutuqlarga erishadi.
Lekin, bu paytda ish olib borgan olimlar va havaskorlar tadqiqot ishlarini muntazam tashkil etmagan edilar. O‘rta Osiyo arxeologiyasi jiddiy e’tibor 20-yillarning oxiri va 30-yillardan boshlandi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so‘ng arxeologik tadqiqot ishlari O‘rta Osiyoning barcha hududlarida keng ko‘lamda olib borila boshlandi. Arxeologiya asoslari faniga kirish
Do'stlaringiz bilan baham: |