Палеолит даври


Ashel davri (700 ming-150/120 yillar avval)



Download 0,96 Mb.
bet5/43
Sana07.08.2021
Hajmi0,96 Mb.
#140951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Arxeologiya asoslari lotincha

Ashel davri (700 ming-150/120 yillar avval). Bu davr er yuzining ikki muzlik oralig‘i va ikki muzlik davrlariga to‘g‘ri keladi (gyuns-mindel, mindel, mindel-riss va riss). Bu davrda kishilar er yuzining keng hududlarini, xususan butun EvrOsiyoni egallaydi. Ashel davrining ilk bosqichlarida yangi turdagi tosh quroli qo‘l cho‘qmori va kliver paydo bo‘ladi. Ular ancha yirik (uzunligi 35 sm. gacha bo‘lgan). Qo‘l cho‘qmori oval yoki bodomsimon shaklga ega bo‘lib (12-15sm), yuqori qismi keng va pastga tomon torayib, o‘tkir uch hosil qilgan. Arxeologiyada o‘tkir uchli tosh quroliga nisbatan “bifas” atamasi ham ishlatilib, qo‘l cho‘qmorini anglatadi. Qo‘l cho‘qmori juda ko‘p maqsadlara foydalanilgan. Ashel davrining O‘rtalaridan boshlab tosh qurollari levallua (Parij yaqinidagi Levallua-Perre nomidan olingan). Kremenning atrofidagi tabiy qobig‘i uchirib olingandan so‘ng gardishsimon (toshbaqa po‘stiga o‘xshash) shakldagi nukleus hosil bo‘ladi. Undan mehnat quroli yasash uchun tosh bo‘lakchasi ko‘chirib olinadi. Toshlarga ishlov berishning bunday usuli levallua texnikasi, deb ataladi. Levallua texnikasi muste davrida rivojlanadi va ayrim janubiy o‘lkalarda so‘nggi paleolit davrida ham saqlanib qoladi. Levallua texnikasiga asoslangan nukleuslarning konturi ilgarigiga nisbatan to‘g‘ri yoki tekis bo‘lgan. Undan tomonlari to‘g‘ri va yupqa tosh bo‘laklari uchirib olish mumkin bo‘lgan. Levallua texnikasi paydo bo‘lib so‘ng tosh qurollari turi ko‘payadi. Odamlar qulay, o‘tkir tosh qurollariga ega bo‘lib, ular engillik tug‘dirdi. Nukleusdan uchirib olingan tosh bo‘laklari retushlangan. Retushlash deganda tosh qurollariga ko‘chirib olingandan keyingi ishlov berish jarayoni tushuniladi. Ko‘chirib olingan yupqa bo‘lakchasining suyak, yog‘och va ayrim hollarda toshlar yordamida mayda zarba berish bilan o‘tkirlanadi. Retushlash ashel davrida paydo bo‘ladi. Keyinchalik otjimli retushlash vujudga keladi. YOg‘ochdan yasalgan mehnat qurollarining bizgacha kam sonli namunalari saqlanib qolgan. Ularning namunalaridan biri Ispaniyaning Torralba manzilgohidan topib o‘rganilgan. U uloqtirish va kovlash maqsadlarida foydalanilgan. Angliyadagi Klekton makonidan tissa novdasidan yasalgan nayza topilgan. Laringen (Germaniya) makonidan o‘ldirilgan fil qovurg‘alari orasidan uzunligi 215 sm. uzunlikdagi tissa navdasidan yasalgan nayza aniqlangan. Ashel davri uchun bir necha turdagi makonlar xos. Ular bir necha qalin madaniy qatlamlardan iborat ochiq joy va g‘or makon, ov jarayonida yashagan qisqa muddatli. Odamlar doimiy yashashlari uchun mo‘ljallangan chaylalardan iborat sun’iy boshpanalar g‘or makonlarda ham va ochiq joy makonlarda ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi odamlar odatda g‘orning ichkari qismida yashashmagan. G‘orlarning ichkari qismi odatda ham, sovuq va olov yoqishi uchun noqulay bo‘lgan. SHuning uchun g‘orning kirish joyida yoki g‘orning qor va yomg‘irdan to‘sadigan shipining tagi qismida yashashgan. Ayrim hollarda g‘orning old qismida yog‘och va yirik hayvon suyaklari asosida atrofidagilar bilan qoplangan chaylalarda yashashgan. Ularning qoldiqlari Tera Amalta, Lazaret g‘ori, (Fransiya) va Azix g‘ori (Ozarbayjon) lardan topilgan. Ularning ayrimlaridan o‘choq izlari aniqlangan. G‘orlarda olovda odamlar nafaqat yashash balki yovvoyi hayvonlardan saqlanish maqsadlarida ham foydalanilgan. Ashel davriga kelib, odamzod er yuzining keng hududi bo‘ylab tarqala boshlaydi. Bu davrga oid yodgorliklar Atlantika okeanidan sharqda Tinch, janubda Hind okeanigacha bo‘lgan hududlarda tarqalgan bo‘lib, ularning quyi sanasi mil. avv. 700 ming yilliklar bilan sanalangan.

Ashel davriga oid Torralba (Ispaniya), Ambrone yodgorliklarida yashagan qadimgi aholining asosiy ov ob’ekti asosan o‘rmon fili, qisman yovvoyi ot, kamchilik holatlarda bug‘u, qora mol, va nosorglardan iborat bo‘lgan. Aynan fil go‘shti mazkur davr ibtidoiy odamlari kudalik oziq-ovqatining 5/4 qismini tashkil etgan. YOdgorliklardan topib o‘rganilgan suyaklarning guvohlik berishicha o‘lja asosan yosh fil yoki uning bolalaridan iborat bo‘lgan. O‘lja ov qilingan joyda

O‘rta Osiyo hududida ham ashel davriga oid o‘ndan ortiq makonlarda arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Ulardan Selengur (Farg‘ona vodiysi), Ko‘lbuloq (Toshkent), Qoratov I va Lohutiy I (Janubiy Tojikiston), Janish va Dostiq (Janubiy Qozag‘iston) kabi yodgorliklar muhim ahamiyatga ega. Ularning sanasi mutlaq davrlashtirish asosida mil.av. 700-200/150 ming yilliklar doirasida sanalanadi. Seleng‘ur makonida Ikkalasidan ham toshqotishmadan yasalgan mehnat qurollari topilsada, Lohutiy I nisbatan ancha rivojlangan madaniyatga ega. Hozirgi kunga kadar O‘rta Osiyo hududidan ashel davrga oid yigirmaga yakin osik turdagi va g‘or-makonlar aniklanib ularning ko‘piligida arxeologik kazish ishlari olib borilmokda.

Selengur makoni Oloy tizmasidagi Haydarkon degan joyda joylashgan. Bu yodgorlik dastlab 60-yillarda o‘rganilgan 80-90 yillarda arxeolog olim O‘. Islomov va uning shogirdi K.Kraxmallar tamonidan davom ettirilgan yodgorlikda beshta madaniy qatlam aniqlangan. Uninig madaniy qatlamidan ko‘plab tosh qurollari, havon suyaklari bilan birgalikda eng qadimgi odamlarga tegishli suyaklar topilgan. Suyaklar bosh chanoqning yuqori qismi, olti dona tish va elka suyak bo‘laklaridan iborat bo‘lgan. Bu erdan jami 1417 dona tosh qurollari topilib, shundan 852 tasi uchrindi, 306 turli tosh qurollari va 38 tasi nukleuslardan iborat. Tosh qurollari har xil nukleus, uchrindi, bir tomoni urib uchirilgan chopper va boshqalardan iborat. Topib o‘rganilgan suyaklar yirtqich hayvon ayiq, buri, yovvoyi cho‘chqa, buqa, tur, ot, arxar, bu-u, qo‘, nasorglarnikini tashkil etadi. Bu ashel davrining noyob yodgorliklaridan biridir. Qrta Osiyo hududidagi boshq bir yodgorlik Ko‘lbuloq makoni hisoblanadi.




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish