O‘rta Osiyo mezolit davrida.
Mezolit davri xususiyatlari (davri, sanasi, umumiy tavsifi)
Old Osiyo mezolit davri makazlari
O‘rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari va va ularning xususiyatlari
Mezolit davri (yunon. mezos-O‘rta)-O‘rta tosh davri bo‘lib, ilk bor Allen Braun (1883) tomonidan paleolit va neolit davrlari oralig‘i tosh qurollari majmuasini belgilash maqsadida qo‘llanilgan. Rossiya arxeologiyasida dastlab M.YA. Roginskiy tomonidan (1928) ishlatilgan. Hozirgi paytda ushbu atamaning ekvivalenti epipaliolit va golotsen davri paleoliti kabi atamalar ham qo‘llaniladi. Paleolit va mezolit davrlari O‘rtasidagi aniq chegara to‘g‘risida olimlar orasida ma’lum fikrlar mavjud emas. Ayrim olimlar mezolitni paleolit davrining so‘nggi bosqichi, ikkinchi guruhdagilar esa mezolitning so‘nggi qismini keyingi davrga qo‘shishga harakat qiladi, uchinchi guruh olimlar esa tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqib xulosa qilishni taklif qilishsalar, boshqa turdagilari xo‘jalik-iqtisodiy omillarni asosiy o‘ringa qo‘yishga harakat qiladilar.
Zamonaviy arxeologiya mezolit davri nisbiy (makonlar stratigrafiyasi-madaniy qatlam) va mutlaq (radiokarbon) davrlashtirish asosida mil. av. XI-VII/VI ming yilliklar doirasida belgilangan. Bu sana bevosita Old Osiyo, xususan, O‘rta Osiyo xududilari uchun mos keladi. Er yuzining boshqa hududlarida, xususan, EvrOsiyoning shimoliy ayrim janubiy (Hindiston) mintaqalarida mezolit davri an’analari mil.av. V/IV ming yilliklarga qadar davom etadi. So‘nggi paleolit paleolit davri takomillashgan tosh qurollari mezolit davri qurollarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi va ularning taraqqiyoti davom etadi. EvrOsiyoning janubiy mintaqalarida hajmi 1-2 santimetrli sigment, trapetsiya va uchburchak ko‘rinishlaridan iborat geometrik shakldagi kremen (choqmoq tosh) qurollar paydo bo‘ladi. Ular hajmi jihatdan ancha kichik bo‘lanligi uchun fanda mikrolitlar (yun. mikros-kichik, litos-tosh), deb nomlanadi. Bunday tosh bo‘lakchalari odatda qadama sifatida asosga ya’ni, yog‘och yoki suyaklarga qotirilgan va bog‘langan. Natijada o‘simliklarni o‘rishga mo‘ljallangan ish quroli hosil bo‘lgan. Bunday turdagi mehnat qurollaridan bronza davrlarida ham foydalanilgan. Shuningdek mikrolitlardan kamon o‘qlarining uchi sifatida ham foydalanishgan. Janubiy mintaqalarda mikrolit va shimoliy mintaqalarda plastina (yapaloq shakldagi) tosh qurollarining ko‘payishi bilan mezolit davri boshlanadi.Bu davrda mikrolitlar bilan birgalikda toshdan yasalgan yirik hajmdagi mehnat qurollari, xususan tosh boltalar ham paydo bo‘ladi. Ularning ahamiyati o‘rmon va tog‘li hududlarda yuqori bo‘lgan.
Mezolit davriga kelib tabiiy-geografik muhit keskin o‘zgaradi. So‘nggi paleolit va mezolit davrining ilk bosqichlarida hukmron bo‘lgan oxirgi Vyurm muzligi erib, er yuzida global isish boshlanadi va pleystotsen golotsen bilan almashadi. Ko‘pchillik olimlarning ilmiy farazlariga ko‘ra bu tabiiy jarayon mil. av. 8300 yillarda sodir bo‘lagan. Taxminan 13,5-13 ming yillar ilgari so‘nggi vyurm (valday) muzligidan keyingi isish davri boshlanadi. Bu davr byolling (13,2-12,3 ming yillar ilgari) va alleryod (11,9-10,3 ming yillar ilgari) bosqichlarida zamonaviy paleoklimatologik ma’lumotlarga ko‘ra Evropa hududida harorat yozgi harorat hozirgiga ancha yaqin bo‘lgan, qishki harorat esa maksimum muzlanish holatiga qadar borgan. Evropaning shimoliy hududlarida beryoza, sosna va nina bargli daraxtlar o‘sgan, janubiy hududlarida, xususan Pskov viloyatida issiqsevar daraxtlar masalan, zaytun daraxti o‘sgan. Er yuzida yangi sovish-drias davri (ilk,O‘rta va so‘nggi bosqichlari)da davomida Evropa hududida 18 ming ilgargi iqlim sharoiti tiklanib, so‘nggi muzlanishning maksimum holati (iyul oyi harorati -6-8 S darajasidan oshmagan) qaror topadi. Muzlikdan keyingi davrda harorat keskin ko‘tariladi (10,3-10,2 ming yillar ilgari). Ko‘pchillik olimlar bu davvrni (so‘nggi drias) golotsen davrining boshlanishi, deb hisoblaydilar. Golotsen boshlanishi bilan iqlim sharoitida keskin o‘zgarib, harorat hozirgiga nisbatan issiq va namgarchil bo‘lgan, hatto Saxara cho‘llarida yillik yog‘angarchilik mig‘dori 300-400 mm. (hozirgi paytda 6 mm) ni tashkil etgan. Er yuzi muzlikdan tozalangandan tozalangandan so‘ng asosan uning shimoliy mintaqalari va ayrim hollarda tog‘ hududlari relefi, faunasi va florasida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Natijada er yuzining shimoliy hududlarida hayvanot va o‘simlik dunyosi keskin o‘zgaradi. Muzlik oldi hududlarida yashovchi hayvolarning ayrimlari, xususan jundor karkidon, mamont, qo‘ybuqa so‘nggi paleolit davrining oxirlaridayoq va keyinchalik esa boshqa turdagilari qirilib ketadi, qolgan qismi esa shimolga ko‘chadi. Hayvanot olamidagi o‘zgarishlar, ya’ni yirik hayvonlarning o‘rniga tez chopar, ziyrak va yolg‘iz yashovchi hayvonlar turining ko‘payishi paleolit davri ovchilik an’analarining qiyinlashtirdi. Natijada bu turdagi hayvonlarga ov qilish uchun yangi vosita o‘q-yoydan foydalanish va yakka ovchilik mavqeining oshishiga olib keldi. Mazkur hududlarda va janubiy mintaqalarning tog‘li hududlarida ot, ho‘kiz, sayga, yovvoyi eshak o‘rmon hududlarida esa los, bug‘u, cho‘chqa, bo‘ri, tulki va boshqalar yashashgan. Er yuzining janubiy mintaqalarida mazkur davr tabiiy-geografik jihatdan keskin o‘zgarishlar sezilmaydi va fauna va florada tub o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
YAqin SHarq hududida mezolit davri Falastin va Suriya hududlarida tarqalgan Natufiy madaniyatida (mil. av. X-IX ming yilliklar) aksini topgan. Bu madaniyatga mansub aholi g‘or va sun’iy makonlarda yashashgan. Karmel tog‘ida g‘or makonlardan biri joylashgan bo‘lib, uni o‘rganish jarayonida pastqam toshqalama devorning qoldiqlari aniqlangan. SHuningdek, o‘choqning o‘rni va g‘orning ichkarisiga tosh yotqizilgan. O‘rganilgan topilmalarning aksariyati aksariyatini geometrik shaklidagi kichkina pichoqsimon plastinkalardan iborat kremen tosh qurollari tashkil etadi. Ulardan o‘roq sifatida foydalanilgan tosh quroli muhim o‘rin tutadi. Natufiyliklar madaniyatiga o‘yiq qilib chaqmoqtoshdan ishlangan kamon o‘qlarining uchlari va geometrik, asosan, sigment shakldagi ko‘psonli mikrolitlar keng tarqalgan. Suyakdan garpun, bigiz, qarmoq va munchoqlar yasalgan. Ular yovvoyi o‘simliklarning boshog‘ini doimiy yig‘ish va baliqchilikga asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli bilan kun kechirishgan. Ko‘pgina yodgorliklarda olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida ko‘psonli baliq suyaklari topib o‘rganilgan. Tekisliklardagi makonlardan Xuli ko‘li bo‘yidagi Enan manzilgohidan 50 dan ortiq oval (cho‘ziq) shaklidagi uylarning o‘rni ochib o‘rganilgan. Uylarning bir qismi er sathidan past joylashgan. Uy devorlari mayda qum va tosh aralash loysuvoq qilingan. Uylar poliga qisman tosh plitalar yotqizilgan. CHaqmoqtoshdan yasalgan qurollarning ilmiy tahliliga ko‘ra bu madaniyat so‘nggi paleolit davri mahalliy Kebara madaniyati asosida shakllanganligidan dalolat beradi. Boshqa bir yodgorlik Efratda Aleppodan 80 km chaqirimda joylashgan Muraybit makoni (mil. av.IX-VIIIm. y.-VIII m.y. boshlari) sanaladi. Makondagi uylar oval shaklida bo‘lib, Enannikidan farqli o‘laroq er ustida qurilgan. Ularning devorlari toshdan ko‘tarilgan va ular loy bilan suvoq qilingan. Bu erda aholi pasttekisliklarda yashovchi tuyoli yovvoyi hayvonlarni ov qilish va boshoqli o‘simliklar-bug‘doy va arpa donlarini yig‘ish bilan kun kechirishgan. Bu turdagi o‘simliklarning donlari qoldiqlari manzilgohlardagi madaniy qatlamlaridan ko‘plab topilgan. Bu esa dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Old Osiyoning boshqa bir hududida Iroqning shimolida Zagros tog‘larida ham mana shunga o‘xshash jarayonlar kechgan. Bu erdagi paleolit davriga oid SHanidar g‘or-makoning yuqori qatlamidan mil.av. X-IX ming yilliklarga oid kichik jamoa a’zolari qish faslida yashagan manzilning o‘rni aniqlangan. Vodiyning pastrog‘ida Zevi-CHemi-SHanidar makoni joylashgan. Bu makon zagrosliklarning yoz mavsumida istiqomat qiladigan manzilli hisoblangan. Makondan yirik tuyoqli yavvoyi hayvonlar suyaklari va boshoqli o‘simliklarning don qoldiqlari aniqlangan. To‘plangan kremen (chaqmoqtosh) qurollarning ko‘pchiligi geometrik shakllar (sigment, trapetsiya) ham da to‘liq va qisman silliqlangan tosh boltalar tashkil etadi. Jamoa a’zolari ko‘rinishdan bo‘yra va savatlardan foydalanganligini ularning loylarda qolgan izlari tashkil etadi. Zagrosdagi mezolit davriga oid boshqa yodgorliklardan Karimshaxir va Tellmelefaatlarda yashovchi aholi oval shakldagi erto‘la uylarda istiqomat qilganliklarini ko‘rsatadi.
Eronning shimoliy-sharki Afg‘oniston hududlarining mezolit davriga xo‘jalik xususiyatlari va moddiy madanyatiga ko‘ra bosha hududlarnikidan keskin farkiladi. Bu erlarda o‘zlashtiruvi xo‘jalik shakllari mezolitning oxirlariga kadar saklanib koladi. Arxeologik jihatdan o‘rganilgan barasa yodgorliklar Kaspiy dengizining janubiy-sharkida joylashgan bo‘lib, ulardan aniklangan tosh kurollarini sigment va trapesiya shaklidagi mekrolitlar tashkil etadi.
Bu erdagi Alitepa yodgorligining mil.av.10800-8800 yilliklarga oid madaniy katlamlaridagi tosh kurollari mekrolit texnikasiga asoslansada, ularning geometrik shakldagilari kamsilikni tashkil etadi. Xo‘jaligining asosini o‘lda yashovi tuyokli hayvonlarni ov kilish tashkil etgan. Dengiz bo‘yi tyulenlarni ov kilish bilan ham shug‘ullanishgan.
Hozirgi paytda O‘rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortik yodgorliklar mavjud bo‘lib, ular madaniy katlamli makonlar va terma moddiy manbalarga ega manzillardan iborat.Ular g‘or, osik joy makonlar va mavsumiy manzillardan iborat bo‘lib, pasttekisliklardan tortibbaland tog‘ tizmalariga kadar bo‘lgan hududlarda keng tarkalgan. Ularning davriy sanasi o‘rganilgan asosan YAkin SHark hududi yodgorliklariga solishtirish va radiokarbon usuli tekshirishlari asosida mil av. XI-VI ming yilliklar doirasida sanaladi. Bu erda mezolit davriga oid barsa turdagi yodgorliklarda tadkikot ishlari olib borgan olmlar madaniyatlar, madaniy majmualari (komplekslar) va variantlarga ajratib o‘rganishga harakat kilishgan. Arxeolg olim G.F.Korobkova Kaspiy dengizining sharkiy hududlaridagi mezolit davriga oid arxeologik yodgorliklarini tosh kurollariga ishlov berishning turli usullariga asoslanib, Balxanbo‘yi va Zarzi alomatlariga ega bo‘lgan SHarkiy Kaspiybo‘yi guruhlarini ajratib ko‘rsatadi. SHuningdek, olima Markaziy Farg‘ona hududi yodgorliklarini ham ikki guruhga: tekislik (Farg‘ona) va g‘or-makon (Obishir) variantlari yoki madaniy majmualariga ajratgan. G‘or-makon variantini Obishir varianti nomi bilan ilk boskisga, tekislikdagi yodgorliklarni esa Farg‘ona varianti nomi bilan keyingi boskisga ajratgan. O‘.Islomov esa ularni umumiy Obishir madaniyati, nomi bilan yuritadi. U Ko‘shilish va Masay g‘or makonlarida amalga oshirgan arxeologik tadkikotlari natijalariga asoslanib, Toshkent va Surxandaryo hududlarini alohida majmualar sifatida kayd etadi. Janubiy Tojikiton hududlari yodgorliklarini o‘rgangan V.A.Ranov tekislikda Vaxsh, Pomir tog‘i hududlarida Markansu madaniyatlarini kayd etgan. Tekislikdagi yodgorliklar toshga ishlov berish usullariga ko‘ra to‘rtta (I, II, III va IV) madaniy majmua, tog‘dagi yodgorliklar Markasu va Istik majmualariga ajratilgan. Bulardan tashkari Markaziy Kizilkumda Varobeva tomonidan Lavlakon, Samarkand vohasida M.Jo‘rakulov tomonidan mezolit davrining so‘nggi boskisiga oid Sazag‘on madaniyatlari o‘rganilgan.O‘rta Osiyoning mezolit davriga oid ayrim yodgorliklarini alohida madaniyatlar, madaniy komplekslar va variantlarga ajratishga hamda ularning belgilangan davriy sanasiga G.F.Korobkova tankidiy yondashadi. Uning fikrlariga ko‘ra stratigrafik jihatdan o‘rganilgan yodgorliklar soni kamsilikni tashkil kilganligi va ko‘psiligida radiokarbon tekshirishi o‘tkazilmaganligi tufayli ularning mezolit davri, boskislari va sanasi bilan bog‘lik masalalarga shubha bilan karaydi.
SHarkiy Kaspiybo‘yi (mil.av.X-VIII ming yilliklar) ning mezolit davri yodgorliklari Krasnovodsk yarim oroli, Balxanbo‘yi, Korabo‘g‘iz va Kuyi O‘zboy hududlarida tarkalgan. Bu erda Jebel, Kaylu va Damdamsashma I, II kabi stratigrafik jihatdan yaxshi o‘rganilgan to‘rtta g‘or-makon va 30 dan ortik osik turdagi joy makonlar ma’lum. Ulardan mashhuri Defisig‘anok, Xo‘jasuv va Korailmlardir.Ularning kuyi katlamida hayot mezolit davrining ilk boskislaridan boshlanib, neolit davrida, ayrimlarida bronza davrida ham davom etgan. Mazkur hududdagi yodgorliklarning mezolit davriga oid tosh kurollari tahlili va kiyosiy tavsifiga ko‘ra Balxanbo‘yi (ilk, O‘rta va so‘nggi boskislari) va SHarkiy Kaspiybo‘yi (ilk va so‘nggi boskislari)dan iborat ikki madaniy majmua yoki guruhga ajratilgan. Ularning har ikkalasi usun tosh kurollari yasashda o‘zakdan ko‘sirib olingan plastinkasimon usirindilar xos bo‘lib, ikkinsi guruhida mikrolidlashish jarayoni kesadi.
Bu hududda yashagan aholi ovsilik, baliksilik va termasiliklardan iborat o‘zlashtiruvsi xo‘jalik shakllari bilan kun kesirishgan. Kazishma ishlari davomida YOvvoyi ko‘y, eski, kulon va balik (Damdamsashma II), koramol, jayron, mushuk (Jebelning kuyi katlami) suyaklari aniklangan. Termasilikda yovvoyi boshokli o‘simliklar bilan birgalikda dengiz molyuskalarini terishgan. Mikrolit toshlardan kamon o‘kining usi, yirikroklaridan nayza usi sifatida foydalanilgan. Mezolit davrining so‘nggi boskislariga oid madaniy katlamlarida (Damdamsashma) xonakilashtirilgan ko‘y, eskilarga tegishli suyak topilmalari mavjud. Ularning ijtimoiy hayotlarida teri, suyak va yog‘oslarga ishlov berish, sig‘anok va toshlardan takinsoklar yasash, ishlov berilgan terilardan kiyim-kesak tikish kabi uy ishlari muhim o‘rin tutgan. Xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topib o‘rganilishi yangi xo‘jalik-ishlab sikarishning sorvasilik shaklining vujudga kelayotganidan dalolat beradi. Bu esa sorvasilik xo‘jaligiga asoslangan neolit davri Jebel madaniyatlarining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Ularning ijtimoiy hayotlarida teri, suyak va yog‘ochlarga ishlov berish, toshdan mehnat qurollari yasash, chig‘anoq va toshlardan taqinchoqlar yasash, ishlov berilgan terilardan kiyim-kechak tikish kabi uy ishlari muhim o‘rin tutgan. Bu erdagi yodgorliklarning mezolit davri so‘nggi bosqichlariga oid madaniy qatlamlaridan qo‘y va echki kabi xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topib o‘rganilishi yangi xo‘jalik-ishlab chiqarishning chorvachilik shakliga o‘tayotganligidan dalolat beradi. Mezolit davri SHarqiy Kaspiybo‘yi madaniyati Turkmanistonning neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga asoslangan Jebel (chorvachilik) va Joytun (dehqonchilik) madaniyatlarining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Bu turdagi madaniyatga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridagi topib o‘rganilgan tosh qurollari yasalish usullariga ko‘ra SHarqiy Kaspiybo‘yidagi yodgorliklarning yuqori qatlami va Janubiy Turkmanistondagi neolit davriga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topib o‘rganilgan tosh qurollari bilan bir xil. Bu holat ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga asoslangan neolit davri Jebel va Joytun madaniyatlari SHarqiy Kaspiybo‘yi hududi mezolit davri madaniyati negzida shakllangan, degan xulosaga olib kelish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ustyurt (mil. av. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid 20 dan ortiq manzilgohlar o‘rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlar atrofida guruh-guruh holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, qisqa muddatli va vaqtincha yoki mavsumiy makonlardan iborat. YOdgorliklarning ma’lum hududda to‘p bo‘lib joylashishiga ko‘ra ustyurtliklar aholisi ovchilari guruhi yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan sodda ichki tuzilmadagi jamoaga. Arxeolog E.B.Bijanovning ilmiy farazlariga ko‘ra Ustyurt manzilgohlari mahalliy sharoitda SHarqiy Kaspiybo‘yi va Janubiy Ural hududlarining mezolit davri madaniyatlarning ma’lum ta’sirida shakllangan. Bu erda olib borilgan tadqiqot ishlarini natijasida o‘rganilgan topilmalar xususiyatlariga ko‘ra quyidagi xronologik guruhlarga ajratishga harakatlari mavjud: ilk (rivojlangan mezolit) - mil. av.VIII-VII ming yilliklar va so‘nggi (so‘nggi mezolit va ilk neolit) mil. av.VII-VI ming yilliklar. Aholi ovchilik va baliqchilikga asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli bilan shug‘ullanishgan. SHuningdek uy sharoitida suyak va yog‘ochlarga ishlov berish ishlari ham asosiy mashg‘ulotlaridan sanalgan.
O‘rta Osiyoning sharqiy viloyatlarining mezolit davri nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Toshkent viloyatidagi yodgorliklar (mil.av. X-IX ming yilliklar) alohida o‘rin tutadi. Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap sohilida joylashgan Qo‘shilish makonining madaniy qatlamlaridan 200 dan ortiq chaqmoqtoshdan yasalgan (nukleus, mayda parakchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar, boshqa turdagi silliqlangan qurollar va uchrindilar) qurollar majmuasi topilgan. YOdgorlikning madaniy qatlamlaridan qora mol, qo‘y va echki suyaklari aniklangan. Ulardan biri xonaki yosh koramolga tegishli, degan xulosaga kelingan. Lekin O‘rta Osiyoning mazkur davrga oid birorta yodgorligida xonakilashtirish jarayoni kesmaydi. Xonakilashtirilgan hayvon suyaklar manzilgohlarning so‘nggi mezolit davriga oid katlamlaridagina uraydi. Umuman Ko‘shilish makonida istikomat kilgan jamoa a’zolari xo‘jalikning ovchilik va termailik shakllari bilan kun kesirganliklariga amin bo‘lish mumkin
Farg‘ona vodiysi hududida mezolit davriga oid 40 dan ortiq g‘or va osik joy makonlar aniklangan. Ularning ko‘psillik kismi Sirdaryo bo‘ylaridagi kadimgi ko‘llar yokasida joylashgan osik joy makonlar va kamsillik kismi esa bir va bir nesa madaniy katlamlarga ega bo‘lgan g‘or-makon (Obishir 1,11,3,4,5 va Toshko‘mir) lardan iborat yodgorliklar tashkil etadi. Ulardan Obishir 1,5 va Toshko‘mir g‘or-makonlari yaxshi o‘rganilgan. Ularning madaniy katlamlaridan tosh kurollari (mikrolit, kirg‘is, kadama, o‘rok-randa, nukleus va boshkalar), suyakdan yasalgan buyumlar, sig‘anok, tosh va suyaklardan yasalgan takinsoklar va turli hayvonlarga tegishli suklar topib o‘rganilgan. Toshko‘mir makoni tosh kurollari Obishirnikiga ansa o‘xshash bo‘lsada, sakmoktoshdan ansa dag‘al ishlov berilgan kurollar ham usraydi. Bu erning mezolit davri yodgorliklarini umumiy Obishir madaniyat (IX-VIII), madaniyatiga kiritib, ularni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (g‘or-makon) bosqichi, Farg‘ona (tekislik) so‘nggi. Tekislikdagi guruhiga Sirdaryo yoqasidagi ko‘llar bo‘yida joylashgan bir necha o‘nlab yodgorliklarni kiritish mumkin. Ularning har ikkalasi uchun ham plastinkasimon shaklda yasalgan tosh qurollar xos. Ilk bosqichida kishilar g‘orlarda yashab xo‘jalikning ovchilik va termachilik turi bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, keyingi bosqichda, tekislikga tushib, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan.
Machay g‘or makoni Surxondaryo viloyati Boysun tog‘ining janubiy-g‘arbida shu nomdagi qishloqda Turkandaryo (SHeraboddaryoning yuqori oqimi)ning o‘ng sohilila joylashgan. YOdgorlikda 1930 va 1950 yllarda G.V.Parfienov, M.V. Voronets, A.P. Okladnikovlar o‘rgangan. 1970-71 yillarda esa O‘tkir islomov qazish ishlarini davom ettirgan. YOdgorlikning madaniy qatlamlaridan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o‘rganilgan. Toshdan yasalgan qurollar nukleuslar, pichoqlar, kesgichlar geometrik shakldadi (trapetsiya, sigment) mikrolit qurolla, nayza o‘qi uchlar va boshqalardan iborat. Bu erdan odam suyaklari ham topib o‘rganilgan. YOdgorlikning madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan hayvon suyaklaridan Sibir echkisi, Osiyo mufloni, kichik tuyoqli hayvonlarga tegishli suyaklar ko‘pchillikni tashkil etadi. SHuningdek, kam sonli xonakilashtirilgan hayvolarga tegishli suyaklar ham uchraydi. Ulardan qo‘yniki ko‘pchillikni tashkil etadi, shuningdek cho‘chqa, it va qora molga tegishli kamsonli topilmalar mavjud. Bu erdan to‘rt nafar qadimgi odamlarga tegishli suyaklar topilib, evropioid irqiga mansub. Machay –orida istiqomat qilgan ibtidoiy odamlarning asosiy mash-uloti mahalliy to- sharoitida yashovchi hayvonlarga ov qilish bo‘lgan. Termachilik ular xo‘jaligidagi ikkinchi sohAsi hisoblangan. SHular bilan birgalikda machayliklar hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshlaganliklaridan dalolat beradi. Radiouglerod tahlillariga ko‘ra yodgorlik mil. av 5600 yilliklarga oid.
Janubiy Tojikiston hududining mezolit davri Vaxsh, Kofirnigon, Panj vodiylari, hatto Pomir tog‘ining baland hudalariga qadar tarqalgan. Bu erdagi mezolit davriga 30 ga yaqin yodgorliklar mil. av. XI-VIII ming yilliklar doirasida chegaralanib, alohida guruhlar va komplekslarni tashkil etadi. Asosiy yodgorliklaridan Tutqovul III, CHilichorchashma, Darai SHo‘r, Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar. Janubiy Tojikistonning tog‘oldi hududi aholisi asosan termachilik, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. O‘rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari va komplekslari xo‘jaligi, moddiy madaniyati, xususan, tosh qurollariga ko‘ra umumiy va o‘ziga xos jihatlariga ega.
Vaxsh, Kofirnigon va Panj vodiylarida mezolit. Bu erda mezolit davriga oid 20 ta yodgorlik ochilgan va tadqiq qilingan. Ko‘pchilik joy-makonlarning madaniy qatlamlari buzilib ketgan. Bu hududda mezolit rivojlanishi ikki yo‘nalishda borgan: tog‘oldi va tekislikda. Turli davrlarga va madaniyatlarga bo‘linadigan to‘rtta yodgorliklar kompleksi (majmuasi) ajralib turadi. Bu regionda mezolit mil. av. XI-VIII m. yy. bilan sanaladi.
I kompleks: Tutqovul 3 va CHil CHor chashma. SHartli ravishda Tutqovul madaniyati deb nomlangan. Bu madaniyat mil. av. XI-X-VIII m. yy. oid.
II kompleks: Darai SHo‘r, Tutqovulning ikkinchi madaniy qatlami. Ularning topilmalari obishir materiallariga o‘xshash. Mil. av. VIII-VII m. yy. bilan sanaladi. Vaxsh daryosining O‘rta oqimi hududi mezolit davri Vaxsh madaniyatiga oid deb taxmin qilinadi. Bu madaniyat an’anasi keyinchalik Tojikiston tog‘ zonasi qabilalarining neolit davri Hisor madaniyati yoyilishiga ta’sir qildi.
III kompleks: Quyi Bulyon va Obi Kiyik (Obi kiyik kompleksi). Bu makonlar uchun faqat chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar va plastinkasimon qurollar xosdir. Davri mil. av. VIII-VII m. yy. bilan belgilanadi.
IV kompleks: SHugnau makonining O gorizonti (shugnou kompleksi). mil. av. X m. yy. ga (XI m. yy.lar ham bo‘lishi mumkin) oid. Bu makonning paydo bo‘lishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining yuqori paleolit davri madaniyati bilan bog‘langan.
Bu hududdagi madaniyat sohiblari ham o‘zlashtiruvchi xo‘jalik: ovchilik, baliqchilik, termachilik bilan kun kechirganlar. Ovchilik va baliqchilikda nayza, o‘q va yoydan foydalanganlar. Hayvonlardan qo‘y va echkilarning suyaklari topilgan. Ovchi va baliqchilar vaqtinchalik yashash uchun chaylalardan foydalanganlar yoki ochiq havoda yashashgan. Tojikistonning mezolit davri makonlarida bir vaqtda yoyilgan shimoliy Afg‘oniston, Falastin, Suriya va Old Osiyoning boshqa rayonlaridagi manzilgohlar bilan o‘xshash belgilari seziladi. Bu esa YAqin SHarq qabilalari bilan madaniy va genetik aloqasi borligidan dalolat beradi.
SHarqiy Pomir mezoliti. Bu erdagi mezolit davri yodgorliklari Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq madaniyati yoki aniqrog‘i issiq kompleksi (Issiq g‘or-makoni)laridan iborat. Pomirda mezolit davri mil. av. VII m. yy. ga to‘g‘ri keladi. Markansuv madaniyati Pomirdan tashqarida shakllangan. Uning kelib chiqish ildizi aniqlanmagan bo‘lsada, industriya xususiyatlarining mahalliy tabiiy sharoitga bog‘liqligi seziladi.
Oshxona makoni. Bu erda bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan. Yirik dag‘al ishlangan mehnat qurollari va kichik nafis mehnat qurollari ajralib turadi. Bu erda silliq toshdan yasalgan ikkita o‘choq va atrofida yashash maydonchasi aniqlangan.
Issiq g‘or-makoni. Madaniy qatlami bir yarim metr. U erdan kichik va O‘rta hajmdagi toshlardan aylana qilib terilgan o‘choq topilgan.
Markansuv madaniyati sohiblari ovchilik va terimchilik bilan kun kechirganlar. Makon mavsumiy foydalaniladigan joy bo‘lib, undan o‘lja izlab ovga chiqqan vaqtda yashash uchun foydalanilgan. Oshxonadagi topilgan yashash maydonchasi engil turdagi chaylasimon uylarning qoldig‘i bo‘lishi mumkin.
O‘rta Osiyodagi mezolit davri madaniyatlari va komplekslari o‘ziga xos va turli xilda. Bu erda mezolit davrining shakllanishida avvalambor so‘nggi paleolit davri mamahalliy madaniyati asosiy o‘rin tutgan bo‘lsada, shu bilan birgalikda tosh asrining yirik madaniy markazi hisoblangan YAqin SHarq qabilalarining ham sezilarli ta’siri bor. SHunday qilib, mezolit davrida O‘rta Osiyoda xo‘jaligi va madaniy xususiyatlari bilan ajralib turadigan bir bir kansa kabilalar yashagan.
Zarautkamar (Surxondaryo) va SHaxta (SHarqiy Pomir Zarautkamar SHerobod shaxridan taxminan 30 km shimoliy-g‘arbda Ko‘hitang tog‘ining janubi-sharqiy yonbag‘irida Zarutsoy sogtida joylashgan. Kamarda madaniy qatlamlar uchramaydi. Tasviriy san’at na’munalari qoya shiftlari va yon devorlarida joylashgan. Tasvirlar qizil bo‘yoqlarda bo‘yalgan bo‘lib mezolitning so‘ngi bosqichi va eng qadimgi neolit davriga oid. Ulardan uchta ov manzarasi tasvirlangan uchta komnozitsiyasi diqqatga sazovor. Birinchi tasvir 19 kishidan iborat ovchilarning yovvoyi buqalar xalqa bo‘lib ov qilayotgani tasvirlangan. Ulardan ikkitasi qochishga urinmoqda. Ikinchi tasvirda ovchilar oldida jayronlarning qochayotgan va ulardan jaroxatlangan xolati tasvirlangan. Uchinchi tasvirda esa yovvoyi echkilarga qilinayotgan ov manzarasi aks ettirilgan. Bu erda mezolit davri jamoasining real xayoti tasvirlangan bo‘lib, ulrning asosida g‘oyaviy qarashlar o‘z aksini topgan. Qoyadagi kishilar tasviri sxematik tarzda berilgan. Kamarda madaniy qatlamning uchramasligiga ko‘ra mezolit davri kishilarining ov oldi g‘oyaviy qarashlari, ya’ni ov kulti o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin.
SHaxta tasvirlari Zarautkamarnikidan keskin fark kilib, undayirtki hayvonlar xususan ayik tasvirlari berilganligining guvohi bo‘lish mumkin. Lekin, bu erda madaniy katlam mavjud bo‘lib, mezolit davriga oid.
Do'stlaringiz bilan baham: |