Sarazm I boskigiga oid madaniy atlamlardan topilgan sapol idishlari Janubiy Turkmanistonning Geoksur vohasidagi Anov II bosiiga oid sapollari bilan aynan bir xil. Ko‘lda yasalgan sapol idishlarining sirtiga kizil va kora rangdagi bo‘yoklarda geometrik nakshlar berilgan. SHuningdek, misdan yasalgan qurollar topilgan. Bu katlamdan jamoa a’zolarining ko‘p xonali uylarning o‘rni ochib aniklangan. Ikki, ug xonadan iborat kichik oilalarga mo‘ljallangan uylar ham mavjud. Oshxona va xo‘jalik maqsadlarida foydalangan xonalar ularning tarkibida bo‘lgan. YAshash xonalarida aylana shakldagi o‘choqlar joylashgan. Bu turdagi o‘choqlar Janubiy Turkmaniston dagi Geoksur vohasi yodgorliklarning Anov II boskiiga oid katlamlarida ham keng tarqalgan edi. Imoratlar guvala va paxsadan barpo kilingan. Uy-joy imoratlarining atrofi yupka devor bilan o‘rab olingan. Umuman, Sarazm yodgorligidan topib o‘rganilgan moddiy topilmalarning guvohlik berishiga Zarafshon vohasi kadimgi dehon jamoalari rivojlangan eneolit davrining boshlarida janubdan kelgan aholi tamonidandegan xulosaga kelish mumkin. CHunki Turkmaniston hududida ma’dan zahiralari uramaydi. Kadimgi jamoa hayotida ma’danlarning ahamiyati yuqori bo‘lgan. SHuning uchun Sarazm yodgorligi janubdan o‘trok dehonsilikni o‘zlashtirgan aholi tomonidan asos solingan. Bundan tashqari moddiy topilmalarida Eron, Afg‘oniston va Kaltaminor madaniyatlariga uxshashlik mavjud. Bu eneolit davri qabilalari O‘rtasida doimiy madaniy-iqtisodiy aloqalar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Sarazm II boskiida manzilgoh keng o‘zlashtiriladi. Kazishmalar natijasida 8 ta aholi aholi mahalladan tashkil topgan 36 ta uy-joy xonalarining o‘rni oib o‘rganilgan. YAshash, xo‘jalik va diniy e’tikod masadlarida foydalanilgan xonalardan iborat alohida oilaga tegishli xonadonlar hovli va ko‘salar orkali o‘zaro ajralib turgan. Kurilishda paxsa, guvala, ayrim hollarda to‘g‘ri bursakli xom g‘ishtlardan foydalanilgan. Derolarning sirti samonsuvok kilingan. Ba’zi xonalarda diniy maksadlarda foydalanilgan aylana shakldagi o‘soklar joylashgan. Kazish jarayonida xona devorlarining sirtiga tasvirlar berilganligi anilangan. Ko‘lda yasalib, sirtiga kizil va kora rang bo‘yoklarda nakshlangan berilgan sapol idishlar tayyorlash an’anasi davom etadi. Ikki tamonlama pardoz ilingan sarg‘ish rangli tag ustida berilgan nakshli sapol idishlar bilan birgalikdi nashsizlari ham keng tarkaladi. SHuningdek, tag kismi usli kilib, urtasida siziklar bo‘lab romb shallari tasviri tushirilgan sapol idishlari ham ajralib turadi. Tadkikotsi olimlarning xulosalariga ko‘ra bu turdagi sapol idishlari Kaltaminor madaniyatining boskisiga xos bo‘lgan. Toshdan xo‘jalik maksadlarida foydalanilgan anjomlar: to‘kimasilik dastgohi toshi, kelitosh va boshkalar aniklangan. Bu boskisda misdan yasalgan anjomlar soni ko‘payadi.
O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida eneolit ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga ko‘ra neolit davri shaklida rivojlanish davom etgan o‘tkir uchli yoki dumaloq taglik sopol idishlar yasash an’anasi saqlanib qoladi. Sopol idishlar to‘lqinsimon, to‘g‘ri chiziqlar bilan keyinchalik uchburchak va romb shakllaridagi naqshlalar bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |