Палеолит даври



Download 0,96 Mb.
bet43/43
Sana07.08.2021
Hajmi0,96 Mb.
#140951
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Arxeologiya asoslari lotincha

Hunarmandchilik

O‘rta Osiyoning rivojlangan O‘rta asrlar davri hunarmandchiligida, temirchilik, shishasozlik, to‘qimachilik, kulolchilik va boshqalar muhim o‘rin tutadi.

IX-X asrlardan boshlab, shisha ishlab chiqarish hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan biriga aylanadi. Hunarmandchilikning bu turi asosan shaharlarda rivojlanadi. Afrosiyob, Varaxsha va Nisalarning O‘rta asrlar davri madaniy qatlamlaridan bu davrga oid shisha buyumlar topib o‘rganilgan. Ular shakl va hajmdagi uy-ro‘zg‘or buyumlardan tortib, zeb-ziynat va parod-andoz buyumlarigacha tashekil etadi. shishalarning asosiy ko‘pchiligi rangsiz. Rangli shishalar ham mavjud bo‘lib, ular asosan idishlarni bezashda ishlatilgan. Bu davr shishasozlari turli usullardan foydalanganlar va puflash yo‘li bilan yupqa shishalar ishlab chiqarganlar. Puflash yo‘li bilan idishlarga pardoz berish ham keng foydalanishgan. IX-X asrlarda puflash yo‘li bilan deraza oynalari ham yasalgan. XI-XII asrlarga kelib shishaga bo‘lgan talab yanada ortib ishlab chiqarish sur’ati tezlashadi. Bu davrda shuningdek rangdor shishalar miqdori ko‘payadi.

Temirchilik ham ancha rivojlanadi. Temirchilik nafaqat shaharlarda balki qishloq joylarda ham ancha rivojlanib, undan mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kulf-kalitlar bilan bir qatorda, shamdonlar, surmadonlar va boshqa antiqa buyumlar yasalgan. Temir buyumlari, quyish va bolg‘alash usulida yasalgan.

Metalchilikning yana bir muhim tarmog‘i misgarlik bo‘lgan. Misgarlar tomonidan nafis ko‘zalar, qozonlar, shamdonlar yasalgan. Kulolchilik ishlab chiqarish nafaqat shaharlarda balki qishloq joylarda ham yaxshi rivojlangan bo‘lib, arxeologik jihatidan yaxshi o‘rganilgan. SHahar va qishloq harobalaridan kulollar mahallalari, ustaxonalar va xumdonlarning o‘rni ochib o‘rganilgan.

Rivojlangan O‘rta asrlarga kelib kulolchilikda katta yutuq ya’ni idishlarni naqshlar bilan bezash va ularni sirlash texnikasi o‘zlashtiriladi.

IX-X asrlarda ishqorli, qalayli va yuqori sifatga ega bo‘lgan qo‘rg‘oshli sirlardan foydalanilgan. Idishlar oyoqda ishlayodigan charxlarda yasalib, turli ranglardagi angoblar bilan jilo berilgan va turli rang va tasvirlar tushurilgandan so‘ng olovda pishirilgan. Undan so‘ng esa sirlanib ikkinchi marta qayta pishirilgan. Bu davrda kulollar och ko‘k, sariq va qoramtir jigarranglardan keng foydalanganlar. Bir turdagi idishlar esa oq rangga bo‘yalib ustidan qora va jigarrangdagi yozuvlar bilan bezatilgan. SHuningdek och ko‘k va havo rangdagi sirlardan ham keng foydalanilgan. Naqshlar geometrik setka. SHtrix, chiziq, yulduzcha va aylanalar hamda o‘simlik, barglar va boshqalardan iborat. SHuningdek ularda hayvon va qush tasvirlari tushirilgan naqshlar hamda shukurona va nasihat so‘zlari bitilgan yozuv naqshlar ham mavjud. XII asr ohiri XIII asr boshlariga kelib kulolchilik sifatining pasayishi sodir bo‘ladi. Sirlari ko‘kimtir rangdagi dog‘simon tusga kirib, naqshlar o‘zining aniqligini yo‘qotadi.

XIV asrning boshlariga kelib kulolchilik o‘zining ilgarigi holiga qayta boshlaydi. Tegi qora bo‘yoqda naqshlangan zangori rangdagi sirlar keng qo‘llaniladi. XV asrlarda qora naqshlar va zangori rang sirlar an’anasi davom etib, o‘zidan oldingi davrdagiga nisbatan sifati bir oz oshadi. XVI asrda idishlar esa oq va zangori bo‘yoqlarga, asr ohirida esa to‘q zangori bo‘yoqqa bezatilib, naqshlari girih va islimiy shakllardan tarkib topadi.







Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish