Палеолит даври



Download 0,96 Mb.
bet41/43
Sana07.08.2021
Hajmi0,96 Mb.
#140951
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Arxeologiya asoslari lotincha

Kesh va Nasaf Qashqadaryo vohasining O‘rta asrlar davri yirik shahar markazlaridan hisoblanadi. Kesh Qashqadaryoning yuqori oqimida Nasaf esa uning O‘rta oqimida joylashgan. Kesh O‘rta asrlar davri yozma manbalarida Kis, Kas, Kesh nomlari bilan keltiriladi. Kesh shahrining ilk O‘rta asrlar davri o‘rni hozirgi Kitob shahrida Oqsuv daryosi bo‘yida joylashagan. Bu shahar antik davri Kitob shahridgi Qalandartepa o‘rnida rivojlangan bo‘lib, ilk O‘rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlar juda kam saqlangan. YOzma manbalarda ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarish turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. VI-VII asrlardan boshlab shahar maydoni janubga, ya’ni hozirgi SHahrisabzga tomon rivojlanib boradi. SHahrisabz shahrining Temur va temuriylar davriga oid me’moriy obidalarida olib borilgan tadqiqot ntijasida IX-XII asrlarga oid madaniy qatlamlar aniqlanadi. Temuriylar davri me’moriy obidalari aynan Qoraxoniylar davri me’morchilik inshoatlari ustida barpo qilinganligi arxeologik jihatidan aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Kesh shahri Kitobdan SHahrisabzga taxminan IX-X asrlar ko‘chgan. Ibn Xavqalning ma’lumotlarida ko‘ra Kesh shahri ko‘handiz, ikkita madina va rabod qismlaridan iborat bo‘lganligi, qayd qilinadi. Machit va zindon ichki madinada joylashgan. Bozor rabot qismida bo‘lgan. YOzma manbalarda shuningdek, shahar qismlari darvozasi to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltiriladi. M.E.Masson tadqiqotlarida Keshning rivojlangan O‘rta asrlar davridagi o‘rni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidan iborat bo‘lib oltita darvoza bilan ta’minlangan.

Nasaf O‘rta asr yozma manbalarida Nasaf nomi bilan keltirilgan Qarshi shahrining ilk O‘rta asrlar davrida maydoni 150 gektardan iborat bo‘lgan hozirgi Erqo‘rg‘on manzilgohi o‘rnida bo‘lgan. VII asrlarning boshlarida turk va eftalitlar qo‘shinlari O‘rtasidagi qaqshatqich jangda vayron etiladi. SHahar o‘rni hozirgi Qarshi shahridan 8 km g‘arbida joylashgan SHulluktepa manzilgohi o‘rniga ko‘chadi. Bu shahar to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlar Istaxriy va Muqaddasiy asarlarida saqlanib qolgan. Mazkur yodgorlik Zimin tomonidan tekshirilgan. Manzilgohning umumiy maydoni taxminan 240 gektarni tashkil etadi. SHahar uch qismdan iborat bo‘lgan. SHahar arki manzilgohning janubi-g‘arbida joylashgan. Ark va shahriston qismi chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Keng maydonni egallagan rabot qismida metallurglar: misgarlar, temirchilar, kulollar va shishasozlar mahallalari joylashgan.

Toshkent vohasining ilk O‘rta asrlar davri ma’muriy markazi Okko‘rg‘on tumani hududidagi Kanka yodgorligi o‘rnida bo‘lgan.VII asrning boshlarida shaharda ko‘tarilgan ko‘zg‘alon tufayli SHo davlatining ma’muriy markazi sifatidagi ahamiyatini yo‘kotib, markaz hozirgi Mingo‘rik yodgorligi ko‘siriladig shahrining ilk O‘rta asrlar davri o‘rni shimoliy vokzal hududida joylashgan Mingo‘rik manzigohi o‘rnida bo‘lagan. Bu manzilgoh to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, umumiy maydoni 35 gektarni shundan ark qismi 0,5 gektarni tashkil qilgan. SHahar ark bilan birgalikda umumiy mudofaa devoriga ega bo‘lgan. Ark devorlari to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan. Devorlarda shinaklar uchramaydi. Dushmanga qarshilik ko‘rinishdan devorning yuqori qismidan berilgan. Arkda mahalliy hukmdor saroyi joylashgan bo‘lib, u qabulxona, uy-joy, diniy va xo‘jalik-ombor qismlarini tashkil etuvchi imoratlardan iborat bo‘lgan. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi xom g‘ishtlardan bino qilingan. Manzilgohning shahriston qismida qalin devordan barpo qilingan ko‘p xonali uy-joy o‘rni kulollar va metallurglar ustaxonalarining o‘rni aniqlangan. Rivojlangan O‘rta asrlardan boshlab esa arab yozma manbalarida keltirilgan shahar o‘rni g‘arga tomon hozirgi eski shahar tomon ko‘chadi. Arab yozma manbalarida bu Binkent nomi bilan keltirilib o‘tilgan. SHaharning bu davriga oid arki o‘rni aniqlanmagan. SHahriston qismidan keyin ikkita alohida rabot mavjud bo‘lganligi tadqiqotlarda aniqlangan. SHaharning umumiy maydoni 400 gektardan iborat bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida hunarmandchilik xususan, kullollar va temirchilar ustaxonalari aniqlangan.

SHuningdek So‘g‘dda Kofirqal’a, Varaxsha, Poykent va boshqa shahar tipidagi manzilgohlarda ham tadqiqot ishlari olib borilgan. Kofirqal’a (may. 16 ga) baland sahni ustiga qurilgan ark tuproq devor bilan muhofazalangan. Devor tashqarisida Nauslardan tashkil topgan. Boy zodagonlar qabri va kulolchilik ustaxonalari joylashgan. Manzilgoh materiallari VI-VIII asrlarga oid.

Varaxsha (may. 6,5 ga) Buxorodan 30 km shimoliy-g‘arbda joylashgan, So‘g‘dning yirik markazlaridan biri. Manzilgoh arkida buxorxudatlarning ikkita yirik saroy majmuasi, ibodatxona binosi va xo‘jalik imoratlari aniqlangan. Katta-kichik xonalardan tashkil topgan saroy majmuasi kishi diqqatini o‘ziga jalb qiladi. uning ba’zi bir hashamatli xonalari devoriy suratlar bilan bezatilgan.

Poykent Buxorodagi o‘ziga xos shaharlardan biri bo‘lib. Mudofaa devori bilan o‘ralgan ark va shahristonlardan iborat. Bu erda ham devor tashqarisida zardushtiylarning qabristoni joylashagan.

SHimoliy Toxariston hududida shahar shakliga ega bo‘lgan manzilgohlardan Vaxsh vohasida Kofirqal’a (may. 12 ga) o‘rganilgan. SHahar arki mustahkam mudofaa tizimi (devor, burj va shinaklar) ga ega. Ark imoratlarining devorlarga naqshlar bilan bezatilgan.

Xorazmda shahar shaklidagi manzilgohlardan Berkutqal’a, Kuyikqalg‘a va Tuqqal’a maydoni boshqalaridan ancha katta (35 ga). Ular mudofaa devorlari bilan o‘ralgan ikki qismdan iborat. Ark baland sahni ustiga qurilib, ma’umriy binolar joylashgan. SHahristonda imoratlarning o‘rni aniqlangan. Berkutqal’a arkida o‘ziga xos baland minorasimon imorat-donjon aniqlangan. U VI-VII asrlarga oiddir.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish