Палеолит даври



Download 0,96 Mb.
bet13/43
Sana07.08.2021
Hajmi0,96 Mb.
#140951
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
Arxeologiya asoslari lotincha

Samrr madaniyati. Bu madaniyat Xassun madaniyatining so‘nggi bosqichidan boshlab rivojlangan bo‘lib, O‘rta Tigr (Samarr, Sovvon yodgorliklari), undan sharqda Zagros tog‘ oldi hududlarida (Matarra,CHogi Mami) va Efradan g‘arbdagi (Boguz) hududlarda tarqalgan. Bu davrga oid imoratlar ko‘p xonali uy-joylardan tashkil topgan.Sopol idishlari geometrik va zoomoror, xususan bir yoki bir guruh yirtqich hayvonlar va sudraluvchi jonivorlar tasviri bilan bezatilgan. Ayol haykalchalari tosh va terrokotadan yasalgan.

Samarr davriga kelib xujalik sohasida katta yutuqlarga erishildi. Suniy sug‘orish joriy qilinadi badiiy madaniyat taraqqiyoti ommaviylashadi. Mazkur hududda yog‘ingarchilik miqdorining kamligi dehqonchilikda suniy sug‘orishdan foydalanishga sabab bo‘lgan. Ular olti qator bug‘doy ekishgan. Boshqa bir yodgorlik CHogi Mami Mamidan qadimgi ariqning o‘rni aniqlangan. Dehqonchilikdan tashqari chorvachilik va qisman ovchilik bilan ham shug‘illanishgan. Savvan yodgorligining ilk bosqichiga oid ko‘pxonali uylar madaniy qatlamlaridan to‘g‘ri to‘rtburchak xom g‘ishtdan qilingan. Atrofi xandak bilan o‘ralgan. Uylardan birining tokchasidan alebastrdan ishlangan haykalcha topilgan. Uylar sathida bukchaytirib yon tomonga ko‘milgan yosh bolalarga tegishli suyalar topilgan. Murda kamishga o‘ralib, ustiga oxra sepilgan. Kuzatuv buyumlari toshdan ishlangan idishlar, alebastrdan o‘yib (vqtogennqy) ishlangan haykalchalar va zeb-ziynat buyumlaridan iborat.

Savvana III yodgorligi ko‘p xonali uy-joylarlar va xo‘jalik imoratlaridan tashkil topgan. Hovlida o‘choq va xo‘jalik maqsadlarida foydalanilgan o‘ralar joylashgan. Uylarning devorlari tashqi tomondan muntazam barpo qilingan “plyastr” bilan boyitilgan SHuningdek, yirik hajmdagi alohida joylashgan imoratlar majmuasi, ko‘rinishdan umumjamoaning ibodanxonasi vazifasini bajargan. Bu manzilgoh aylana devor bilan o‘ralib, uning atrofi xandak bilan kuchaytirilgan.

Savvana II davriga kelib, sopol idishlarnining sirtiga geometrik naqshlar berish an’anasi paydo bo‘ladi. Uchinchi bosqichga kelib yupqa sapol idishlar yasala boshlanadi. Naqshlar jigar yoki to‘q sariq ranglarda berilgan. Idishlar sirti naqshlardan tashqari ayol, suvda yashovchi parrandalar, baliqlar, o‘rmon ohulari, echkilar, “krabq”, chayonlar tasviri keltirilgan. Samarr madaniyati qadimgi dehqonchilik aholisi amaliy san’atining bezak, abstraksiya va simvolizm alomatlarini o‘zida namoyon qiladi.

Eng qadimgi Eruda (mil. av. VI ming yillikning oxiri–V ming yillikning boshlari). Bu manzilgohning quyi madaniy qatlamidan ibodatxonaning o‘rni aniqlangan.

Xalaf madaniyati (mil. av. V ming yillikning boshlaridan oxirigacha). Bu madaniyat Mesopotamiya shimolida Dajla daryosining ikkala sohilida Mosul hududida tarqalgan bo‘lib, sharqiy guruhini tashkil etadi. Bu guruh madaniyati Xassun madaniyatiga oid (Xassunna, Nineviya YArimtepa II) yodgorliklarning yuqori qatlami o‘zida aks etadi. G‘arbiy guruhi Efrat daryosining so‘l irmog‘i Xabur daryosi oqimi hududlarida tarqalgan. CHogarbozor, Telbrak, Telxalaf va boshqa yodgorliklarda mazkur guruh moddiy madaniyati aksini topgan. Xalafliklarning uylari qurilishi ilk davri an’anasida barpo qilingan. Uylarning devorlari bloklardan barpo qilinib, ayrim hollarda ularning poydevorlarga tosh terilgan. Uylarning asosiy qismini aylana (YArimtepa II), qolganlarini to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagilari (asosan Arpachiya) tashkil etadi. Xo‘jalik imoratlari ham aylana shaklda barpo qilingan. Ayrim imoratlar kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga mo‘ljallangan. Ikki yarusli xumdonlar (YArimtepa II) ham aniqlangan. Manzilgohlarning ichkarisida ko‘pincha yosh bolalarga tegishla qabrlar joylashgan. Murdalar yon tomonga yotqizib, boy kuzatuv buyumlari bilan birga ko‘milgan. SHarqiy guruhdagi yodgorliklardan kremen va obsidianlardan yasalgan mehnat qurollari qisman topib o‘rganilgan. Ular o‘roq, bolta, teshalardan iborat. Misdan ishlangan tesha va xanjarlar topilgan. SHuninggdek, misdan ishlangan munchoqlar va muhrlar YArimtepa II yodgorligida topilgan. Sapol idishlari qo‘lda yupqa qilib ishlangan. Naqshlari sarg‘ish- to‘q sariq tagga qizg‘ish – jigar va jigar rangdagi bo‘yoqlar bilan o‘simlik bezaklarini eslatuvchi razetkalar, qisman hayvonlar – ohu, bars, qush, baliq, ilonlarning tasvirlaridan iborat. Ayrim hollarda, idishlar antropomorf yoki zoomorf shaklida yasalib, sirtiga naqshlar berilgan. Xalaf madaniyatining so‘nggi bosqichlariga kelib, idishlar naqshi asosiy o‘rin tutmay qo‘yadi. Bu kulolchilik ishlab chiqarishining maxsus hunarmandchilik turi sifatida paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Ixtisoslashgan hunarmandchilikning boshqa bir turi toshlarga ishlov berish (sangtaroshlik) bo‘lib, ulardan uy-ro‘zg‘or buyumlar, taqinchoqlar, tumorlar, muhrlar tayyorlashgan. SHuningdek, buqa, cho‘chqalarning boshi va qush tasvirlaridan iborat taqinchoqlar yasalgan. Terakkotik haykalchalarda asosan ayollarning o‘tirgan holatdagi tasviri tashqi bezaklari bilan birgalikda berilgan.

Keltirib o‘tilgan Xalaf madaniyatiga oid moddiy topilmalari namunalarida Old Osiyoning qadimgi dehqonchilik aholisi madaniy xususiyatlari davomi sifatida namoyon bo‘lsada, Mesopotamiyaning shimoliy hududiga xos an’ana tarkibida bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

Ubeyda madaniyati (mil. av. 4500- 3500). Bu madaniyatga oid muhim yodgorlik sanalgan Eruda manzilgohidan mil av. 4500 yillarga oid eng qadimgi ibodatxonaning qrni aniqlangan. Ibodatxonaning devor qalin qilib, tashqi tomondan zinasimon plyastr bilan boyitilgan. Ibodatxona atrofida aholining nufuzli qatlamlariga tegishli va ularga yaqin bo‘lgan joyda hunarmandlar uy-joy imoratlari va undan keyin dehqon jamoasi uy-joy imoratlari joylashgan.

Yirik hajmdagi qalin devorli imorat-ibotxona yoki “jamoa sardoriga” tegishli ushbu madaniyatning Telulkeyr manzilgoo‘ida aniqlangan. Diniy me’morchilik uchun xos bo‘lgan zinasimon minora-zikkurat SHumerda Ubeyda davridayoq qurila boshlagan bo‘lishi mumkin. So‘nggi Ubeyda davrida diniy imoratlar qurilishi taraqqiyoti jamiyat ijtimoiy hayotida ibodatxonaning o‘rni ortib borayotganidan va janubiy Mesopotamiya jamoasi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ortib borayotganidan dalolat beradi

Erudu manzilgohidan nikropol ochib o‘rganilgan. Qabrlar xom g‘ishtlardan aylantirib terib chiqilgan. Murdalar turli kuzatuv buyumlari: sapol idishlar, terrakotik haykalchalar qayiqning loydan yasalgan nusxasi kabilar bin qo‘shib ko‘milgan. Qayiq nusxasi mesopotamiyaliklar suv yo‘llarini o‘zlashtirganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda kremendan yasalgan tosh qurollari ahamiyatini butunlay yo‘qotadi. Metallardan yasalgan buyumlar kam topilsada, ularning loydan ishlangan nusxasi topilgan. Demak, bu davrda metall xom ashyosining kamligi sababli yaroqsiz holga kelgan buyumlarni qayta ishlatib yangi qurollar yasashgan. So‘nggi Ubeyda davrida kulolchilikda sekin aylantiradigan charxlar paydo bo‘ladi. SHuningdek, sapol idishlaridagi naqshlarning sifati pasayib ketadi.

Terrakotik haykalchalarida asosan tik turgan ayol, qisman erkak tasvirlari berilgan. Ayrim haykalchalarda ayol ko‘kragida bolasi bilan tasvirlangan bo‘lib, bu hosildorlik ramzi ekanini bayon qilgan.

Uruk madaniyati (mil.av. IV ming yillikning ikkinchi yarmi). Bu davrda manzilgohlarning tabaqalashish jarayoni kechadi. O‘troq dehqon jamoasining kichik hajmdagi qishloqlaridan tortib, bir necha o‘n gektardan ortiq maydonni egallagan yirik shahar toifasi qaror topadi. Masalan Uruk shao‘rining bu davrdagi maydoni 45 gektarni tashkil etgan. SHahar markazlari me’morchiligida ibodatxonalar markaziy o‘rinni egallagan. Uruk shahrida shumerlar tilida E-anna nomi bilan yuritilgan ibodatxonaning o‘rni aniqlangan. Ibodatxona 16 metr balandlikda barpo qilingan tagkursi ustiga qurilgan bo‘lib, atrofidan mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Ibodatxona O‘rtasida bosh xudo sharafiga yasalgan haykal joylashgan. Ibodatxona bir necha marotaba qayta qurilgan. Boshqa turdagi ibodatxona Inan xudosi sharafiga barpo qilinib, tomonlari 75x25 metrni tashkil etadi. “Oq ibodatxona” (tomonlari 83x53 metr) devorining sirti tashqi tomondan ohaktoshlar bilan qoplangan. Mahobatli ibodatxona majmualari Mespotamiyaning barcha shahar-davlatlarida mavjud bo‘lib, ular ibodatxona tashkiloti va xo‘jaligining ramzi sifatida namoyon bo‘lgan. Unda shahar davlatning asosiy moddiy boyliklari jamlangan. Arxeologik tadqiqot ishlari natijasida qimmatbaho va rangli metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zeb-ziynat, san’at va boshqa turdagi buyumlar majmuasi topib o‘rganilgan. Bu davrda shaharlar hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlariga aylanadi. Hunarmandchilik ixtisoslashuvi kengayib boradi. Kulolchilikda tez aylantiradigan charxlarda keng foydalanila boshlaydi. Irrigatsiya tizimining takomillashuvi sug‘orma dehqonchilikningn taraqqiyotiga asos bo‘ldi. Mesopotamiya yodgorliklarining janubdan shimolga tomon ma’lum bir chiziqda joylashishiga ko‘ra ular yagona sug‘orish inshooti asosida suv bilan ta’minlanganligini ko‘rsatadi.

Eronning eneolit davri ilk (mil. av. 5500-3800 yillar) va rivojlangan (mil. av. 3800-3000 yillar) bosqichlardan tashkil topgan. Eneolit davriga oid madaniyatlar dastlabki na’munalari Eronning g‘arbidagi tog‘oldi xududlarida subtropik tekisliklarda quriq iqlim sharoitida rivojlangan. Sialk tepa va CHashmai Ali yodgorliklari aniqlangan Eneolit davriga madaniyati va xo‘jalik xususiyatlari to‘g‘risida Sialktepa yodgorligi topilmalari muxim ma’lumot beradi. YOdgorlik 3 tadan iborat bo‘lib uchta ravojlanish basqichi mavjud Sialk I-II (ilk eneolit) Sialk III-II (rivojlangan eneolit) Sialk I bosqichida misdan ishlangan buyumlar soni kamchilikni tashkil qilsadakremendan ishlangan qurollar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Geometrik asosan uchburchak shaklidagi naqshlar bilan bezak berilgan sopol idishlarga ega. Xom g‘ishtdan barpo qilingan uylari ichki tomondanloysuvoq sirtiga qizil rangdagi bo‘yoqlari berilgan. Ikkinchi bosqichiga kelib misdan yasalgan buyumlar keng tarqala boshlaydi. Kremendan foydalanish axamiyatini yo‘qotmaydi. Qimmatbaxo toshlardan yasalgan zeb ziynat buyumlari na’munalari xam ko‘pchilikni tashkil etadi. Sopol idishlari geometrik naqshlardan tashqari zoomorf tasvirlari xam paydo bo‘ladi. SHuningdek konussimon tagli idishlar keng tarqaladi.

Sialk tepa xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq topilmalar aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganligi to‘g‘risidagi umumiy xulosaga kelish imkonini beradi, xalos.

Markaziy Eron xududida ilk eneolit davriga oid Giyan yodgorligi yaxshi o‘rganilgan. U ikki bosqichda rivojlangan. Moddiy topilmalar orasida mis buyumlar va qo‘lda naqshlar berib ishlangan sopol idishlari aloxida o‘rin tutadi. Naqshlar bir xil rangdagi bo‘yoqlarda berilgan. CHizilgan odam va uchayotgan qush tasvirlari sxematik tarzda keltirilgan. Keyingi bosqichida echki va qush tasvirlari paydo bo‘ladi. Tiyan to‘ridagi yodgorliklar SHimoliy G‘arbiy Zagros xududlarida xam aniqlanib ulardan mashxuri Kuxidaiy vodiysida joylashgan maydoni 13 ga dan iborat CHigapaxon yodgorligidir. Ilk eneolit davrininguchinchi gurux jamoasi xozirgi Xuziston viloyati xududida tarqalgan. Bu erdagi yodgorliklar 1,5-2 ga teng tepaliklar Suza I madaniyating davomiyligidan iborat Jafarobod Jobi va Beidebal komplekslarida aksini topgan.

Jafarobod bosqichida qo‘pol ishlangan va sodda naqshli sopol idishlar kremendan yaslgan plastinka qurollari keng tarqalgan.

Jobi bosqichi moddiy topilmalari nisbatan boy toshdan tesha, moticha, terrakatik uchburchakli, kichik terrakotik xaykalchalar xussusan buqa, qo‘y va echki va qisman ayol shakllaridan iborat. Bu bosqichda sopol idishlari xam takomillashadi. Monoxrom geometrik naqshlar bilan birgalikda xayvon tasvirlari shuningdek qator joylashgan egilar tasviri paydo bo‘ladi. Qo‘lida kamon ushlab tik turgan odam tasviri aloxida axamiyat kasb etadi.

Bendebal bosqichi yaxshi o‘rganilmagan sopol idishlari Jobi bosqichinikiga o‘xshash.

Janubiy Zagros xududi qo‘lda qo‘pol ishlanib yaxshi pishirilmagan sopol idishlari va kremen va suyakdan yasalgan kunsonli qurollari (Bokun VI) sodda geometrik naqshlardan (Bakun VII) tashkil topgan. Persepol yaqinidagi Talibakun yodgorligi o‘rganilgan. YUqorida keltirilgan CHili, Suza va Tolibakun komplekslari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lib yagona lokal madaniyat birligini tashkil etadi va ularning kelib chiqish ildizi bir joyga borib taqaladi. Rivojlangan eneolit Sialk III davriga kelib eneolit davri qabilalari Eronning kengroq xududlarini egallaydi. O‘troq dexqonchilik axoli orasida xunarmandchilik ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi sodir bo‘ladi. Sialk CHashmalani va boshqa yodgorliklarda xayot davom etishi bilan Tepai Xissor kabiyangi manzilgoxlar qaror topadi. YOdgorliklarda amalga oshirilgan. Qazishmalar bu davrning maxalliy madaniyati eski an’analar asosida rivojlanadi. Manzilgoxlar xom maydon barpo etilgan ko‘pxonali uylardan tashkil topgan kulolchilik ishlab chiqarishda taraqqiy o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Sopol idishlar maxsus kulolchilik xumdonlarda pishiriladi. Ovpl shaklidagi xumdon Sialk III dan topib o‘rganilgan. Bu davrda kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar uchraydi. Tog‘li sharsimon idishlar, vazalar va bakallar keng tarqaladi. Idishlarning sirtidagi geometrik naqshlar o‘rnida zoomoror echki, qushlar, ilon, ot, buqa, bars va odam tasvirlar egillaydi.agar ilk eneolit davrida metal buyumlarning tarqalishi kamsonli va tor doirada kechgan bo‘lsa rivojlangan bosqichga kelib ularning soni va turi keskin ko‘payadi. Metal buyumlarni bolg‘alash usulida tayyorlashdan tashqari quyish usuli xam joriy qilinadi. Metaldan mexnat qurollari va zeb ziynat buyumlari tayyorlangan. Bu davrda uy xunarmandchiligi ixtisoslashgan xunarmandchilikka o‘sib chiqadi. Sodda geometrik tasvirga ega bo‘lgan tugmasimon muxirlar paydo bo‘ladi.

Markaziy Eronda mazkur jarayonlar kechadi. Xisor tepa yodgorligida amalga oshirilgan qazishmalar natijasida dastlab qo‘lda ishlangan (Xisor I A) keyinchalik charxda ishlanib zoomoror shakllar berilgan sopol idishlar qiyosan ko‘psoyli mis bromlar topib o‘rganilgan.

SHimoliy G‘arbiy Zagros xududida Sialk III bilan bir davrda Giyan VC va VD qatlamlarining qalinligi 6 metrni tashkil etadi. Yirik manzilgohlar ham CHigapaxon (maydoni 13 ga) shakllanadi. Hozirgi Xuziston xududi zamondosh yodgorliklarga nisbatan jadallik bilan rivojlangan.

O‘rta Osiyoning janubiy xududlarida esa o‘zlashtiruvchi xo‘jalik o‘rnida vujudga kelgan dexqonchilik va chorvachilik xo‘jalik shakliga aylanib, xududiy jixatdan kengayib boradi. Lekin bu jarayon O‘rta Osiyo.ning turli xududlarida bir xilda kechmagan. Tabiiy geografik jixatdan noqulay bulgan shimoli-SHarqiy xududlarda yashovchi qabilalar xo‘jaligida ovchilik va baliqchilik ustunlik qilar edi. Demak, eneolitning ilk va rivojlangan bosqichlarida O‘rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy rivojlanishida tafovut va notokesliklar saqlanadi.

Turkmanistonning janubida mamlakatni ko‘ndalangiga meridiana bo‘ylab joylashgan Kopetdog‘ tizmasining shimoliy yogbag‘irlarining Qoraqum cho‘li bilan oraliqda tog‘dan ochib tushadigan bir necha kichik daryolar va soylardan iborat tor vodiydan tashkil topgan. Hozirgi paytda bu er yog‘angarchilik mig‘dori ancha past bo‘lgan mo‘‘tadil ichlim sharoitiga ega. Bunday tabiiy sharoit vohada sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishiga asos bo‘lgan. Bu erda Dushak, Loinsuv, Archinyansuv, Miansoy va CHaachasoy kabi kichik vohalar o‘rin olgan. Hozirgi paytdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi ancha kambag‘al bo‘lgan vodiy o‘z davrida to‘qay o‘simliklari, tog‘ va tog‘ oldi hududlari dukakli o‘similiklari va yovvoyi hayvolarga boy bo‘lgan. Bunday holat o‘lkada neolit davri Joytun madaniyatining qisman davom etishi bilan birga o‘lkaga boshqa turdagi madaniyatning kirib kelishi va ularning o‘lka bo‘ylab keng yoyilishi va sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonilikning rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan.

Janubiy Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklarini o‘rganish harakatlari XIX asrning oxirlarida chor rossiyasi ofitseri A.V. Kamarov tomonidan amalga oshirilgan havaskorlik mazmunidagi qazishma (Kamarov 1888) harakatlari bilan bog‘liq. Keng ko‘lamli qazishmalar ishlari 19qch yilda amerikalik olim . Pompellining Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalaridan boshlanadi. O‘tgan asrning 3q-chq yillarida A.A. Moruщenkoning ilmiy izlanishlari arxeologik yodgorliklarni qayd etish bilan bog‘liq tadqiqotlardan iborat bo‘lgan. O‘lkaning eneolit davri arxeologiyasi Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasining tashkil etilishi bilan ilmiy izlanishlar jonlanib, yangi pog‘onaga ko‘tariladi. 5q yillarning birini yarmida B.A. Litvinskiy, M.E.Masson, B.A. Kuftin kabi olimlar tomonidan keng qamrovli qazishma ishlari olib borilgan. Ayniqsa 50-yillarning ikkichi yarmi va 6q yillar davomida mazkur ekspedsiya va Leningrad (hozirgi Sankt-Piterburg) arxeologiya instituti arxeolog olimlari V.M.Masson rahbarligi va I.N. Xlopin, V.I.Sarianidi va ashxabodlik arxeolog O.K.Berdievlar tomonidan amalga oshirilgan arxeologik taqiqotlar davomida eneolit davriga oid 30 yaqin yodgorliklar aniqlanib, ulardan taxminan yigirmatasida stratigrafik qazish ishlari olib borilgan. Mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G. Lisitsыnaning o‘lka tabiiy-geografik sharoitini o‘rganishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.

Qadimgi o‘troq dehqonchilik qishloqlari va keyichalik ba’zilari yirik shahar markazlariga aylangan Anovdepa, Nomozgohdepa, Doshlijidepa, Qoradepa, YAlang‘ochdepa, Mulalidepa, CHaqmoqlidepa, Monjuqlidepa, Ovadandepa, Gavachdepa Kaushatdagi depa, Geoksyur guruhidagi tepalar va boshqalardan iborat arxeologik yodgorliklar eneolit davri dehqn jamoasining qadimgi qishloqlarini tashkil etgan. Ular hozirgi paytda saqlanib maydoniga ko‘ra arxeologik jihada uch guruhdan iborat tepaliklar 0,1 gektarda 20 gektargacha maydonni tashkil etib, ulardagi ayrimlarining madaniy qatlamlari qalinligi 7 metrgacha boradi.

Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklarini arxeologik jihatdan shartli ravishda quyidacha bosqichlarga bo‘lish an’anasi qabul qilingan:




Eneolit davri bosqichlari

Arxeologik majmualar

Davriy sanasi

Ilk eneolit

Anov I A




Anov I B yoki Nomozgoh I




Rivojlangan eneolit

Anov II, Nomozgoh II




So‘nggi eneolit

Nomozgoh III




Zarafshon vohasidagi Sarazm I dan topib o‘rganilgan sapol idishlari Anov II bosqichi bilan qiyoslanib, mil. av. IV ming yillikning oxirlari bilan sanalangan. Lekin, keyingi yillarda amalga oshirilgan radiokabon tekshirvlari natijalariga ko‘ra ushbu madaniy qatlamning mutlaq sanasi mil. av. 3900-3300 yilliklarga tegishli ekanligini ko‘rsatgan. SHunga ko‘ra Janubiy Turkmanistonda eneolit davrining quyi sanasi kamida V ming yillikning o‘rtalaridan (Anov I A bosqichi) shakllana boshlagan, degan fikrni ilgari surish mumkin.

Ilk eneolit. Bu davr uchun uchta arxeologik kompleks xos bo‘lib, ulardan eng qadimgisi hisoblangan Anov I Joytun madaniyatining so‘nggi bosqichlarida g‘arbiy o‘lkalardan bir guruh o‘troq dehqon jamoasining maha..lliy hududga kelib joylashishisida paydo bo‘lgan. Bu majmuaning 3-ch metrdan iborat madaniy qatlamlar Joytun madaniyatining vorisi sanalgan Nomozgoh I madaniy qatlamlarini qoplagan. Bu bosichga oid yodgorliklar hududiy jihatdan moddiy madaniyatidagi belgilariga ko‘ra sezilarli darajada farq qiluvi g‘arbiy va sharqiy guruhlari ajralib turadi. Ular o‘rtasidagi farqlarni sapol idishlarning sirtiga berilgan naqshlarning rangi bilan farqlanadi. Agar g‘arbiy guruhdagi sapollarining sirti qizil tag ustiga to‘q va qora rangdagi naqshlar solingan bo‘lsa, sharqiy guruh sapollariniki qizg‘ish sariq yoki yorqin tag ustiga solingan naqshlari bilan ajralib turadi. Sapol idishlari mayda qum qo‘shilgan loydan yasalib, ustiga angob berilgan va bir tekis pishirilgan. Ularning sirti ayrim hollarda pardoz qilingan.

Imoratlari bir va bir necha xonali uy-joylardan iborat. Uylar ma’lum reja asosida tartib bilan qurilgan. Bu bosqichda misdan yasalgan dastlabki qurollar paydo bo‘ladi.YOdgorliklarning madaniy qatlamidan misdan yasalgan ikki tig‘li pichoq va sanchqi bigiz, terrakotik urchuqboshlar topib o‘rganilgan.



Bu bosqichda manzilgohlarda ko‘chalar paydo bo‘lib, ikkiga bo‘lib turgan. SHunday ko‘chalardan biri Monjuqlidepa yodgorligida taxminan 2 metrdan iborat. Ko‘cha atrofida aholi uy-joy imoratlari joylashgan. Alohida hovlilar yashash yordamchi xo‘jalik imoratlarida tashkil topgan. YAshash uylarining devorlarida qora va qizil bo‘yoqlarida solingan geometrik naqshlar mavjud. Uylarda o‘choqlar terakotik buyumlar, hayvon shakllari qisman ayol haykalchalari va o‘yin soqqalaridan iborat.

Ilk eneolit davriga Anov I va Namozgox I manzilgoxlari kirib, ikki bosqichi mavjud. Anov I manzilgohi hududiy jihatdan g‘arbiy va SHarqiy guruhlarga bo‘linadi. Namozgox I esa hududiy jihatdan g‘arbiy, markaziy va SHarqiy guruhlarga bo‘linadi. Rivojlangan eneolit davriga Anov II, Nomozgoh II manzilgohlar kiradi. Nomozgoh II hududiy jihatdan g‘arbiy va SHarqiy hududlarga bo‘linadi. So‘nggi mis-tosh davriga esa Nomozgoh III oid bo‘lib, u ham g‘arbiy va SHarqiy hududlarga bo‘linadi. YUqori Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan Sarazm (Sarazm I, II) so‘ngi mis-tosh davriga oid bo‘lib, moddiy topilmalar uni alohida guruhlarga ajratish imkonini bermaydi.

Bu davrga kelib qurilishda paxsa bilan birgalikda to‘g‘ri to‘rtburchakli xom g‘ishtlar xam ishlatila boshlaydi. qurilishda toshdan deyarli foydalanilmagan. Mamahalliy me’morchilik an’analarining shakllanishi keskin mo‘‘tadil iqlim sharoiti muhim o‘rin tutadi. Kam yog‘in bo‘lganligi tufayli uylarning tomi bolorlar bilan tekis qilib yopilgan. Bundan yashash (yoz kunlarida) uchun hamda xo‘jalik maqsadlarida foydalanilgan. Eneolit davriga kelib dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholining yangi erlarni o‘zlashtirishi natijasida ko‘p sonli yangi manzilgohlar paydo bo‘ladi. Ularning ba’zilari ( Nomozgohtepa, Oltintepa, Qoratepa ) ning hajmi ancha katta. Ba’zi bir manzilgohlar alohida qirqim ko‘rinishidagi aylanma devorlar (bunday inshootlar Geoksyur vohasining O‘rta eneolit davriga oid manzilgohlarda) aniqlanib, qo‘shni devorlar bilan qo‘shilgan. Bular ko‘rinishidan yashash uchun foydalanilgan.

Eneolitning ilk bosqichida ba’zi bir manzilgohlarning qurilish rejasi Joytun an’analarini saqlab qoladi. Tartibsiz qurigan uylardan tashkil topgan qishloqni markaziy ko‘cha ikkiga bo‘lib turadi (Monjiklitepa). Me’morchilikda aholi uy-joylari imoratlarining asosini tashkil etadi. Ilk eneolit davri uylari qo‘shimcha o‘zgartishlar kiritilgan neolit davri uylarini eslatadi. Rivojlangan va so‘nggi eneolit davri uchun muntazam va rejali qishloqlar xosdir. qishloqlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan (Mullalitepa). Bu davrda ko‘p xonali uylar paydo bo‘ladi.

Ayniqsa rivojlangan eneolit davriga kelib, ko‘chalar, maydonlar, katta jamoa uylari tartib bilan aniq reja asosida quriladi. To‘rtburchak va aylana shakldagi uylar 12-15 xonadan iborat bo‘lib, ularning ichida to‘rtburchak va xalqa shaklida o‘choqlar o‘rnatilgan. Uylar yonida don saqlanadigan xonalar va molxonalar bo‘lgan (Geoksyurtepa). Ilk eneolit davriga oid uylarning devorlari naqshlar bilan bezatiladi, poli suvalgan, bo‘yalgan yirik hajmgi uy ajralib turadi (YAssitepa va Dashlijitepa). Ko‘rinishidan bu imorat jamoani uyushtiruvchi ibodatxona bo‘lgan. Bu uyda jamoa boshlig‘i ham yashagan bo‘lishi mumkin. So‘nggi eneolit davri manzilgohlarning (Geoksyur1) ko‘p xonali uylarida o‘choq joylashgan alohida xonalarning mavjudligi xos. Ba’zan bunday uylarda tutatqi solinadigan idish va odam kuygan suyaklari uchraydi. Bu xonalar ko‘rinishdan katta patriarxal oilaga tegishli kichik ibodatxona bo‘lgan.

So‘nggi eneolit davriga kelib xom g‘ishtdan alohida joylashgan kvadrat (Qoratepa) yoki cho‘ziq (Geoksyur I) shakldagi jamoa sag‘analari paydo bo‘ladi. Ularning usti xom g‘ishtdan aylana qilib yopilgan. YAkka SHarq ko‘milganlari ham mavjud. qabrlardan choqmoqtosh qurollar, sopol idishlar mis buyumlar va toshdan ishlangan marjonlar, haykalchalar topilgan. Eneolit davri manzilgohlardan haykalchalarning ko‘plab topilishi uning ommaviy tayyorlanganligidan dalolat beradi. Ulardan hayvon (yovvoyi va xonaki) haykalchalari (neolit davri an’analarining davom etishi) ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo ayol haykalchalari muhim o‘rin tutadi. haykalchalarda hosildorlik va ona ma’budalarining qiyofalari yorqin tasvirlangan. Ilk va qisman O‘rta eneolit uchun tik turgan nufuzli ayol haykalchalarining tasvirlanishi xosdir. haykalcha bo‘ynidagi rangli munchoqlar va tanasidagi ramziy shakllari uning tabiat bilan hamnafas ekanligini ko‘rsatib turibdi. So‘nggi eneolit davriga kelib ayollarning o‘tirgan holatdagi nafis xaykalchalari keng tarqalib, bo‘yoqlar o‘rniga o‘yma hamda yopishtirilgan naqshlar bilan bezatiladi. Erkaklarning tik va o‘tirgan holatda ishlangan xaykalchalari ham paydo bo‘ladi. Erkaklar xaykalchalarida soqol-mo‘ylovi hamda bosh kiyimi aniq tasvirlangan. Erkaklar haykalchalari ma’budaning ilohiy sherigi yoki uning turmush o‘rtog‘i yoki ilohiy qahramon sifatida izohlanadi.

Eneolit davrida devoriy naqshlar paydo bo‘ladi. YAssitepa ibodatxonasining naqshlari geometrik shaklda bo‘lib, ularga qora va qizil bo‘yoqlar berilgan. Naqshlarning motivi ancha sodda va naqshli sopol idishlarnikiga o‘xshaydi: to‘r shaklidagi kvadrat va uchburchaklardan iborat. Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, eneolit davrida bir necha ming yillardan so‘ng O‘rta Osiyo me’morchiligida muhim o‘rin tutgan geometrik shakllar bilan bezash usuli vujudga keladi.

Eneolit davri kulolchilik sohasida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Ma’lum issiqlikni saqlaydigan xumdonlar paydo bo‘ladi, xom ashyo sifati oshadi, kulolchilik buyumlarining ko‘pligida bir rangli va ko‘p rangli bezaklar bilan bezatila boshlaydi. Asosan kosalar va xumchalar naqshlar bilan bezatiladi. Asosan ikki xil bo‘yoqlar: qizil va qora-jigar ranglar ishlatiladi. Dastlab idishlarning yuqori qismi uchburchak va parallel chiziqlar bilan naqshlangan. Asta-sekin idishlar o‘zgacha ko‘rkka ega bo‘lib, bezaklkari ko‘payib boradi. Idish atrofidagi aylana chiziqlar, uchburchak shakllarning orasi goh chiziq, goh kvadrat shakldagi xoch, goh to‘lqinsimon chiziqlar bilan to‘ldirilgan. Keng tarqalgan motivlaridan biri xoch shakli bo‘lib, ko‘p sonli shakllarni vujudga keltiradi. Ma’lum uslubga solingan va aniq geometrik shaklga keltirilgan hayvon va qush tasvirlari paydo bo‘ladi. Ular echkilar, mushuk zotiga o‘xshash olachipor hayvon (qoplon bo‘lishi mumkin), yirik qanotli burgut va kichik qushlardan iborat. Odamlar tasvirlari kamchillikni tashkil qiladi. Masalan, sopol idish bo‘lakchalaridan birida qarama-qarshi holatda turgan kishilar tasvirlanib, ular O‘rtasida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri manzilgohlarda uchraydigan ayol haykalchasiga o‘xshash ayol ma’budasi tasvirlangan. Ko‘rinishdan rassom ayol ma’budasiga sig‘inish harakatini tasvirlagan. Kishilarning obrazi va hayvonlar tasviri ba’zan ramziy belgi bilan uyg‘unlashgan. Agar ilgari hayvonlar tasviri totemizm bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik Qadimgi dehqonchilik aholisi afsonaviy tafakkurdan chiqib, ular mazmunan boshqa bir ma’noli tasvirlarni aks ettira topa boradi.

Eneolit davri manzilgohlarda ko‘p sonli tosh qurollari topilgan. Bular asosan dehqonchilik mehnat qurollari: yorg‘unchoq, hovoncha, o‘roq, dasta, kelidasta, tagkurs va boshqalar. Marmarsimon ohaktoshdan sirti qat-qat burma qilib ishlangan idish ko‘rkam qilib yasalgan. Tosh va gipsdan zeb-ziynat buyumlari, asosan munchoqlar yasalgan. So‘nggi eneolit davriga kelib bo‘yinga osish uchun mo‘ljallangan xoch yoki bir necha tishli xoch ilk bor paydo bo‘ladi. (Qoratepa, GeoksyurI). Ular yumshoq navli toshlardan yo‘nib ishlangan. Suyakdan bigiz, sanchqi yasalgan. Keyingi davrida misdan yasalgan qurollar uchraydi. Ular pichoq, sanchqi, to‘g‘nog‘ich, aylana shakldagi dastasiz oyna.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish