Mavzu : O‘troq va nomad, turkiy va sug‘diy madaniyatlar qorishuvining XX xxi asrlarda xorijda tadqiq etilishi



Download 34,38 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi34,38 Kb.
#559258
Bog'liq
Tarixshunoslik mustaqil ish


Mavzu : O‘troq va nomad, turkiy va sug‘diy madaniyatlar qorishuvining XX – XXI asrlarda xorijda tadqiq etilishi
Markaziy Osiyo o‘z geografik joylashuviga ko‘ra, Yevrosiyo materigining sivilizatsion jarayonlar kesishadigan hududi hisoblanadi. Аynan shu hududdan Buyuk Ipak yolining o‘tishi ham tasodifiy hol emas edi. Buyuk Ipak yo‘li turli sivilizatsiyalararo madaniy uyg‘unlikni vujudga keltiradi. V-VIII asrlarda Markaziy Osiyoda turk va so‘g‘d etnoslari muhim rol o‘ynaydi. Ushbu ikki etnos oʼrtasida kechgan siyosiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar keyingi asrlardagi etnik shakllanishlarga ham kuchli taʼsir koʼrsatgan. Tadqiqotchilar tarixda miloddan avvalgi IV-III asrlardayoq sugʼdlarning xitoylar va prototurk qabilalari bilan munosabatlarga kirisha boshlaganliklarini taʼkidlaydilar.1 Deyarli bir yarim ming yillik tarixiy davr ichida sug‘dlar va turklar bir mintaqada yashab o‘zaro hamkorlik qilganlar. Qiyosiy tipologik tahlil sug‘d va turklarning jamiyatlari deyarli tengdosh ekanligini ko‘rsatmoqda.2 Bu holat etnik munosabatlar uchun muhim hisoblangan. Haqli ravishda V – VIII asr Markaziy Osiyoda “turk-sug‘d” davri nomini oldi. Mintaqada yagona tarixiy madaniy makon vujudga kelishiga asos soladi.3 Аynan shu davr turk-sug‘d simbiozi davri sifatida baholanadi.4 Bu jarayon Markaziy Osiyoning deyarli barcha tarixi geografik o‘lkalarida kechgan. Jumladan, mintaqa uchun akademik K.Shoniyozov taʼkidlaganidek, miloddan avvalgi II-I asrlarda vohalardan dehqon, hunarmand va savdogar aholi bilan shu hududga kirib kelgan chorvador etnik qatlam madaniyati aralashib, oʼziga xos sinkretik5 madaniyat hosil qilgan.6 Bepoyon Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari tarixida ilk oʼrta asrlar nafaqat etnik yuksalish, balki davlatchilik anʼanalarini rivojlanish tiklash va qudratga yetkazish davri ham hisoblanadi. Turk xoqonligining qaror topishi esa barcha sohalarda rivojlanish va taraqqiyot uchun omil bo‘ladi. Xoqonlik qaror topgunga qadar ham sug‘dlarning ular hayotiga kirib kelishi kuzatilgani maʼlum maʼnoda xoqonlikning maʼmuriy-boshqaruviga zamin yaratgan. O‘troq sug‘dlarning ta’siri ostida turklarning davlatchiligini shakillanishida muhim rol o‘ynagan. Sug‘d savdo koloniyalari - shahar davlatlar tizimi koʼplab ko‘chmanchilarning o‘troqlashuviga, yarim o‘troq va ko‘chmanchilarning esa shaharsozligi rivojiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Sug‘dlarning turklashuvi ham bejiz emas edi. O‘zaro integratsiya assimlyatsiyalashuv uchun imkon yaratadi. Ko‘p sonli turklar orasida sug‘d etnosi bu jarayondan manfaatdor ham edilar. Sug‘dlar orasida Erkin, Tudun, Tegin, Bahodir, Tarxon, O‘zmish, kabi turkiy ism va unvonlar rasm bo‘la boshlagan edi.7 Аynan Turk xoqonligidagi turk-sug‘d munosabatlariga eʼtiborni qaratsak, fikrimizni ancha o‘z tasdig‘ini topadi. Hozirgi Mo‘g‘uliston hududidan topilgan ko‘plab sug‘diy va turkiy yozma yodgorliklar muhim maʼlumotlar beradi. VI-IX asr turkiy davlatlarda sug‘d tili va yozuvining yetakchilik o‘rni beqiyosdir. Sug‘d yozuvi taʼsirida qadimgi turk (runiy) va uyg‘ur yozuvi shakllanishiga sabab bo‘ladi.8 Sug‘d tilining Turk xoqonligida rasmiy tillardan biri bo‘lganligi, epigrafik yodgorliklardan biri 581-587-yillar orasida bitilganligi taxmin qilingan “Bug‘ut yodnomasi yoki Turk xoqonligining rasmiy bayoni” da o‘z aksini topgan.9 Ushbu yodgorlik xoqonlik hukmdorlaridan Maxan-tegin sharafiga sug‘d tilida bitilgan. Ikkinchi yodgorlik Gobi cho‘li janubidagi Sevrey qoyasiga bitilgan bo‘lib, ikki tilda turk va sug‘d tillarida yozilgan. 762-yilda uyg‘ur xoqoni Begyo xoqon - Ingi Yanglakarning Xitoyga muvaffaqiyatli yurishi haqida hikoya qiladi. Keyingi yodgorlik IX asr boshiga oid Qorabolgʼasun bitigi bo‘lib, unga qadimgi turk - run, sug‘d va xitoy tilida matnlar chekilgan. Bitiktoshda 808-821-yillar hukmronlik qilgan uyg‘ur xoqoni Аlp-bilga nomi zikr etilgan voqealar aks etgan.10 Boshqa bir yodgorlik Mo‘g‘ulistonning shimoli-g‘arbidagi Tayxir-chulun qoyasiga qora tush bilan yozilgan turkcha va sug‘dcha ismlardir. Tadqiqotchilar uni choparlar va kelib-ketuvchilar ro‘yxati bo‘lsa kerak, deb hisoblaydi. Yodgorlik VIII- IX asrlarga oid deb taxmin qilinadi. Yuqoridagilardan tashqari sugʼd va turklar oʼrtasida diniy hamjamoalik muhiti ham mavjud boʼlganligini kuzatamiz. Jumladan, sugʼd buddaviy yodgorligi “Vajrachhedika” asari turk yoki turklashgan sugʼd Qutlugʼ ismli kotib tomonidan sug‘d tilida yozilgan.11 Shu oʼrinda aytish mumkinki, sugʼdlar nafaqat sharqda savdo-tijorat ishlari bilan mashgʼul boʼlganlar, balki Markaziy Osiyo sharqida buddaviylik, monuviylik, va xristianlik kabi dinlarni tarqalishida turklar, xitoylar, moʼgʼullar orasida yoyilishida missionerlik vazifalarini ham bajarganlar.12 Bir vaqtning oʼzida baʼzi jamoalar oʼz azaliy dinlari zardushtiylikka boʼlgan eʼtiqodlarini ham saqlab qolganlar.13 Ehtimolki, turklashgan sugʼdlar tangrichilik dinini ham qabul qilganlar. Turk xoqonligi qaror topgunga qadar Ipak yoʼli boʼylab joylashgan sugʼd shahar va manzilgohlari V-VI asrlarga kelib, Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Gansuda nafaqat savdo, balki hunarmand-ziroatkorlik markazlariga aylanib, mintaqaning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy hayotida yetakchi rol oʼynagan deyishga asoslimiz. Turk xoqonligining tashkil topishi esa, bu jarayonni yanada takomillashtiradi. Sugʼdlar endilikda Turk xoqonlari saroylarida muhim lavozimlarni egallay boshlaganlar. Turk va sugʼdlar oʼrtasidagi ittifoqchilik Turk xoqonligiga putur yetkazmoqchi boʼlgan xitoylarni manfatiga mos tushmas edi. Xitoy josusi 607-yilda oʼz imperatoriga shunday mazmunda noma yuborgan: “Turklar oʼzlaricha soddadil va kaltabinlar va ular orasiga nifoq solish mumkin. Аfsuski, ular orasida koʼplab sugʼdlar yashaydi, oʼshalar ayyor va hiylagardurlar. Ular turklarni oʼrgatadilar va yoʼnaltiradilar”.14 Sugʼdlar va ularning Turk xoqonligidagi taqdirlari haqida turk-runiy bitiklari ham birqancha maʼlumotlar qoldirganlar. 1-Turk xoqonligi 603-yilda ikkiga Sharqiy va Gʼarbiy qismga boʼlingach, sugʼdlar ham turklar kabi xitoylar asoratiga tusha boshlaganlar. Jumladan, Toʼnyuquq bitiktoshi yodgorligi Ikkinchi Turk xoqonligiga asos solgan Eltarish (asli ismi Qutlugʼ, xitoy manbalarida Gudulu) xoqonning maslahatchisi va sarkarda Tunyuquqqa bagʼishlanib, 712-716-yillar orasida Ulan Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilidan topilgan. Uning 45-46- qatorida “Inal xoqonga arab, tuxor hujum qildi. Oʼshanda ajraladigan choki bor dubulgʼa kiygan sugʼdoq boʼdun (xalqi) hammasi keldi. Oʼsha kuni hujum boʼldi. Turk xalqi Temur qapigʼqa (darvozaga)cha, tinsi oʼgʼlon yotadigan toqqa yetdi”,15 deyiladi. Ushbu satrlar mazmuni sugʼdlar kelib turk qoʼshinlariga qoʼshilgach, ular arab va toxarlarni Temir darvozagacha chekintirganligi ayon boʼladi. Boshqa bir yodgorlik Bilga xoqon bitigtoshi boʼlib, bu bitigtosh Eltarish xoqonning oʼgʼli, Kulteginning akasi Bilga xoqon (xitoy manbalarida asl ismi Moʼgʼolon) sharafiga 735-yilda qoʼyilgan. Bitigtosh Moʼgʼulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Koʼkshin Urxun daryosi qirgʼogʼidan, Ulan-Batordan 400 km janubdan Kultegin bitigtoshidan 1 km janubi-gʼarbda oʼrnatilgan. Uning 24-25- qatorlarida “Oʼn sakkiz yoshimda olti juft (chub) soʼgʼdak tomonga qoʼshin tortdim, xalqni oʼshanda toʼzitdim. Tabgʼach (Xitoy)dan oʼng tutuq, besh ming lashkar keldi. Idar boshida urushdik, u lashkarni oʼshanda yoʼq qildik”, deyiladi.16 Maʼlumki, Xitoylar Sharqiy Turk xoqonligi zaiflashgach, 630-yildan xoqonlik hududidagi koʼplab sugʼdlarni oʼz tomonlariga koʼchirib ketganlar yoki u yerdagi sugʼdlarga savdo-sotiq uchun ogʼir shartlar qoʼyganlar. Xitoy tarixchisi Xou jen-chji Xitoy siyosatini qisqa qilib: “Oʼlpon yoʼq - savdo yoʼq, oʼlpon bor mukofot ham bor” deb bayon etgan edi.17 Sugʼdlar Xitoy saroyiga ipak matolar bilan oʼlpon toʼlashgan.18 691-yil Turk xoqonligi qayta oyoqqa turgach, Qapagʼon xoqon Buyuk Xitoy devorining narigi tomoniga olib ketilgan sugʼdlarning avlodlarini Tan saroyidan qaytarilishini talab qiladi va bunga erishadi.19 Chunki Tan imperatori turklar bilan chegara hududlarga oltita sugʼdlar okrugini tashkil qilgan edi.20 Bilga xoqon bitigida aynan shu olti sugʼd viloyatini xitoylar asoratidan qutqarilishi xaqida gap boradi. Kultegin bitigtoshidagi 52-qatorda “Gʼarbda kun botishdagi Sugʼd muhojirlari” haqidagi maʼlumot ham qiziqarlidir.21 Xitoy manbalari ham sugʼdlar va ularning mintaqadagi oʼrni haqida koʼplab maʼlumotlar beradi. Xitoy muarrixlari sugʼdlarning mintaqadagi ishtirokiga yuqori baho berganlar. Li Minvey yozadi: “Maʼlum darajada oʼziga xos mustaqil yoki yarim mustaqil boʼlgan Xesida doimo tinchlik barqaror edi. Shu boisdan sugʼd savdogarlari bu yerda uzoq yashab qolganlar. Mahalliy bozorlar ham ularning manfaatlariga maʼqul kelgan”. Bu yerdagi sugʼdlar turli mamlakatlardan keltirilgan mollarni Markaziy Xitoy bozorlariga yetkazganlar. Boshqa bir xitoy tarixchilari Vang Chenchya, Guan Lyanji kabilar “miloddan avvalgi V asrdan to milodiy X asrgacha boʼlgan taxminan 1500 yillik davr davomida sugʼdiylar Ipak yoʼli orqali olib borilgan aloqalarning rivojiga beqiyos hissa qoʼshganlar”, deb yozadilar.22 Shu kabi maʼlumotlarga asoslangan E.G.Pulleyblenkning "Ichki Mo'g'ulistonda Sug'd mustamlakasi” nomli asarida “ular (sugʼdlar) nafaqat mohir savdogar, balki musavvir, hunarmand va yangi din targʼibotchisi edilar. Sugʼdlar Markaziy Osiyoga Ipak yoʼli boʼylab oʼrnashdilar, koʼchmanchilar orasiga kirib bordilar. Shulardan biri sugʼdlarning turklarga sivilizatsion taʼsiri maʼlumdir”, deb taʼrif bergan edi.23 Xitoy manbalari aynan turk-sugʼd munosabatlari haqida ham qiziqarli maʼlumotlar qoldirganlar. Kelib chiqishi Аn (Buxoro)dan boʼlgan gunsulik sugʼd Аnnopanto (Naxband) Birinchi Turk xoqoni Bumin oʼrdasining eng ishonchli shaxslaridan boʼlgan. U 545-yilda Xitoyga elchi boʼlib borgan. Sugʼdlar xoqonlikning qaror topishi, idoraviy boshqaruvining shakllanishi va iqtisodiy yuksalishida oʼz hissalarini qoʼshganlar. Bu jarayon ildizlari uzoq yillik simbioz — hamyurtlik, oʼzaro yaqinlik, umumiy manfaatdorlik siyosiy ittifoqchilik mahsuli edi. Xoqonlik hududidagi sugʼd manzilgohlari oqsoqollari xoqon tomonidan eltabar — yirik vassal qabila rahnamosi unvoniga ega boʼlganlar. Аsta-sekin sugʼd muhojirlari turklashib borib, turk aslzodalari qon-qardosh tutina boshlaganlar. Xatto baʼzi sugʼdlar tegin-xoqon ukasi yoki farzandiga beriladigan shahzoda unvoniga ham erishganlar. Sugʼd Torugʼ-shodning oʼgʼli otasi kabi shod unvoniga ega boʼlmasada, unga Elbi-nezuk-eltabar unvoni berilgan.24 Bundan tashqari 742-yilda Sharqiy Turk xoqoni Oʼzmish taxtga kelgach, oʼzaro nizolardan bezor boʼlgan sugʼdlar Tan hukmdolariga tegishli osoyishta hududlardan panoh izlaydilar. Shunday koʼchkin boʼlgan guruh rahbari turklashgan sugʼd xoqoni Kultarxon boʼlgan.25 Yana bir maʼlumotda 588-600- yillarda Turk xoqonligini boshqargan Toʼng Turon saroyida Аn Sui Sze ismli sugʼd maslahatchi vazifasida boʼlib, aynan u xitoylarni turklarning ichki ishlariga aralashuviga qarshilik qilgan.26 609-619-yillarda hukmronlik qilgan Shibi xoqon saroyida Shishi Xusi ismli sugʼd eʼtiborli saroy ayonlaridan boʼlgan. VIII asr boshlarida esa Аn Yan-Yan ismli sugʼd hatto turk qoʼshinlari qoʼmondoni darajasiga erishgan. U qadimiy turk urugʼlaridan biri turk aslzodasi qiziga uylangan.27 Yuqoridagi manbalar asosida xulosa qiladigan boʼlsak, butun Markaziy Osiyoda roʼy bergan etnomadaniy jarayonlarning ilk oʼrta asrlar bosqichi, turk-sugʼd simbiozi va sugʼdlarning turklashuvi assimilyatsiyasi davri sifatida baholanishi mumkin. Аsrlar davomida doʼstona, samimiy va qon-qardosh boʼlib yashagan turklar va sugʼdlar keyingi davr etnoslari, oʼzbek, uygʼur, tojik va boshqa elatlarning shakllanishida bevosita ishtirok etganlar.

O‘troq va nomad, turkiy va sug‘diy madaniyatlar qorishuvining XX – XXI asrlarda xorijda o‘rganilishi masalasiga doir yaratilgan tadqiqotlar xronologik jihatdan uch bosqichga, ya’ni XX asr 20 – 60-yillarda yaratilgan tadqiqotlar, ikkinchi davr – XX asr 60-90-yillarda yaratilgan tadqiqotlar va uchinchi davr XX asr 90-yillaridan XXI asr boshlarigacha yaratilgan tadqiqotlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Rus olimlaridan V.V. Bartold,28 A.N. Bernshtam,29 L.R. Kyzlasov,30 V.A. Livshits,31 Yu.A. Zuyev,32 P.N. Kojemyako,33 E.I. Ageeva,34 G.I. Patsevich,35 T.N. Senigova,36 S.G. Klyashtorniy37 va boshqa olimlar, fransuz olimlaridan S.julies,38 E.Chavannes,39 P.Pelo,40 R.Grusse,41 R.Jiru,42 J.P.Ru,43 L.Bazin,44 P.Pelliot,45 Imbault-Huart,46 qozoq olimlaridan K.M.Baypakov,47 B.E.Kumekov,48 A.Margulan,49 T.N.Senigova,50 F.X. Arslanova,51 Turg`un Almas, 52A.K.Kamalov53 va boshqa olimlar, ingliz olimlaridan A.Stein,54 W.Tarn,55 F.Hirth,56 nemis olimlaridan H.Reichelt,57 H.Heikel,58 L.Marquart,59 J.J.M.Groot60 va boshqa olimlar.
Nomad ko’chmanchilar madaniyatiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, nomadlar madaniyati ko’plab olimlarni qiziqtirib kelgan. Jumladan, ular orasida turklar tarixi bilan shug’ullangan olimlar ham bo’lgan. Stanislav Jyulenning tadqiqotlari bevosita turklarga tegishli bo’lgan. XX yuz yillik boshlarida, G’arbiy xoqonlikka bag’ishlangan E.Shavanning asari yoziladi. Undan keyin P.Pello, Anri Korde va Rene Grusselarning kitoblari nashrdan chiqadi. L.N.Gumilev frantuz maktabi asarlarini tanqid qilib, “turklar fransuzlar uchun shunchalik bir g’aribki, yaxshisi hoqonlik tarixiga o’rta asrlar xitoylar ko’zi bilan qarash maqbulroq”, deb yozgan edi. L.N.Gumilev ko’chmanchishunoslik masalalarini echimiga rus maktabi deb nomlash mumkin bo’lgan ilmiy an’ana juda yaqin turadi, deb o’ylagan. N.Ya.Bichurin, V.V.Grigorev, N.A.Aristov, G.E.Grumm-Grjimaylo, K.A.Inostrantsev, S.I.Rudenko, M.I.Artamanov va boshqa bir qator olimlar ana shu maktab vakillari hisoblangan. L.N.Gumilevning fikriga ko’ra, rus maktabi olimlari ko’chmanchilar olamini o’rganishning o’ziga xos yo’nalishini yaratdilar. Rossiyada Markaziy Osiyo tarixi va paleografiyasini tadqiq etishning asoschisi N.Ya.Bichurin (Iakinf) bo’lgan. Rus maktabi birinchi bo’lib ko’chmanchi madaniyat ildizlari haqidagi masalalni o’rtaga tashladi. Ularda ijtimoiy qurumning xususiyatlari, san’at asarlari uslubi, aksariy ishlardagi o’ziga xosliklarni keraklicha chuqur o’rganish shuni ko’rsatdiki, ko’chmanchi madaniyat mustaqil taraqqiyot yo’liga ega, u hech qachon bir chetki, chala yoki varvar madaniyati bo’lmagan. Rudenkoning Oltoydagi, S.V.Kiselevning Minusin chuqurligidagi, A.P.Okladnikovning Uzoq Sharqdagi arxeologik qazishmalari shunday bir samaralar berdiki, biz ko’chmanchilar madaniyatni xitoylar, sug’dlar yoki yunonlardan o’zlashtirib oldi deya olmaymiz, balki endi o’troq va ko’chmanki xalqlar orasida o’zaro ta’sir masalasini o’rtaga tashlaymiz. M.I.Artamanovning “Xazarlar tarixi” asari uslub nuqtai nazaridan katta bir muvaffaqiyat bo’ldi. Asarda birinchi marta Kaspiybo’yi va Qoradengizbo’yi xalqlari tarixi Xazar elining gurkirashi va holokatini belgilagan, tarixiy qonuniyat taqdiriga bo’yunsingan yaxlit mustaqil etnomadaniyat sifatida qaraldi. Ko’chmanchishunoslik tarixida G.E.Grumm-Grjimayloning alohida o’rni bor. U o’tgan asrning boshlarida O’rxun toshbitiklari o’qilishi natijasida turkologiyaga qiziqish ancha kuchaygan bir vaqtda faoliyat olib bordi. U ajoyib is’tedodi va fidokorligi tufayli 25 yil ichida “G’arbiy Mo’g’uliston va Uryanxay o’lkasi” (ya’ni O’rta Osiyo tarixi bog’liq ushbu mamalkatlar tarixi risolasi) asarini yaratdi. P.Pritsak “ko’chmanchi imperiyalar” yaratilishining umumiy manzarasini hosil qilishga uringan yangi bir asar yaratdi. U bilan ba’zi masalalarda kelishib bo’lmaydi. Gumilevning fikriga ko’ra, dashtdagi ittifoqlar bir xil usulda emas, har xil yo’l bilan tashkil topgan. E.Pritsak bayon qilgan xonning saylanishi, vorislik bilan hokimiyatga kelish nisbatan kam uchraydi. Unda din va shamanlar mavqei juda bo’rttirib yuborilgan. U barcha jodugar va rohiblarni umumlashtirib “shaman” deb hisoblagan shekilli, oqibatda atama ma’nosi kengayib, foydalanishga yaroqsiz bo’lib qolgan. E.Pritsak askariy demokratiya oyoqqa turishi jarayonini tavsifladi, biroq u ko’rsatib o’tgan harbiy bo’lak va qabilalarning o’zaro qo’shilib ketishi evropaning o’troq qabilalariga xos bo’lib, ko’chmanchilarda bu jarayon boshqacharoq kechgan. Ko’chmanchilar turmush tarixi bilan shug’ullangan olimlardan biri A.M.Mendelshtam hisoblanadi. U 1951-1956 yillarda Tojikiston janubi va Turkmanistonda bir qator arxeologik tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning tadqiqotlari uchta monografiyada o’z aksini topdi, bular: “Kochevniki na puti v Indiyu” (1966), “Pamyatniki epoxi bronzo’ v Yujnom Tadjikistane” (1968), «Pamyatniki kochevnikov kushanskogo vremeni v Severnoy Baktrii» (1975). A.M.Mendelshtam bronza davri chorvadorlari – bishkent nomi bilan mashhur bo’lgan madaniyatni o’rganishga alohida hissa qo’shgan. Uning xotirasi sharafiga Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tomonidan 2007 yil 22-24 noyabr kunlari “Markaziy Osiyoning nomad madaniyati” nomli Xalqaro konferentsiya o’tkazildi. U birinchilardan bo’lib, mil.avv. II ming yillikka oid Baqtriyaning shimolidagi ko’chmanchi qabilalar madaniyatini o’rgangan. Turklar tarixini o’rganar ekanmiz, juz’iy masalalarni hal etish lozim bo’ladi. Bu borada “el” atamasi ham muhimligini ta’kidmoq zarur. El G’G’il atamasi bilan turklar o’z saltanatini atashgan. Uning ma’nosi bo’yicha Gumilevning fikriga ko’ra, yagona fikr yo’q. S.E.Malov uning “davlat, xalq” ma’nolari borligini ham aytadi. Radlov, Melioranskiy, Bartold, Tomsen va Xirtlar ham shunday fikr bildiradilar. Bernshtam bu atamani boshqacha tushunish fikrini ilgari surdi. Uningcha, “el-urug’chilik tuzumidagi tashkiliy jipslik an’anasini o’zlashtirib olgan turli qabilalar aslzodalarining birlashmasi, zodogonlar tuzumidir. El-davlat tashkiliy tomonining ifodasi. Turkicha “Al” tarixdan bizga o’zini “turk” deb atash bilan ma’lum bo’lgan xalqning timsoli4. Gumilev har ikki nuqtai nazarni tahlil etilganda noto’g’ri bo’lib chiqqanligini aytadi va uning tahlilini quyidagicha bildiradi.

Birinchi turk xoni Bumin elxon unvonini qabul qilgan. Uni bu jujanlarni bo’ysundirgandan keyingina qabul qilgan. Ammo bo’ysundirib olingan boshqa qabilalar guruhini ittifoq deyish noo’ringina emas, balki noto’g’ridir. “Elxon”ning ma’nosi aynan olinganda “xalqning hukmdori”dir. Bunday talqin Rashididdin ishlatgan fors tilida yangi o’zlashgan fe’l “il-kardan” – “bosib olmoq”, “bo’ysundirmoq” paydo bo’lganligi bilan ham tasdiqlanadi. Bu fe’l varvarizm hisoblanadi, biroq atamaning ma’nosini juda aniq bergan. Qabilalar uyushib kelishishini ifodalash uchun turk va mo’g’ul tillarida mushtarak ma’no ifoda etadigan boshqa bir atama: kurG’G’gur bor. Ana shunga muvofiq boshqa bir atama “gurxon”, ya’ni “qabilalar uyushmasi xoni” bor. Kidanlar xoni shunday unvonni qabul qilgan, chunki uning saltanati sakkiz teng huquqli qabilalar birlashmasidan tashkil topgan edi. “El” esa buning aksi, u kuch bilan boshqa qabilalarni uyushtirishni ifodalaydi. Shuning uchun ham “El” atamasining eng muvofiq muqobili lotin tilidagi “imperium” yoki ruscha “derjava” bo’ladi. O’z-o’zini boshqaradigan qabila “el” bo’la olmas edi. Ikkinchi nuqtai nazarni u o’zi tayanishi kerak bo’lgan matnlar invor etadi. Masalan: “turk budunalin torush”, ya’ni “turk xalqi va eli qonunlanib...” ushbu o’rinda “el” o’z ichiga “budun”ni oladi, shekilli, ya’ni hukmron toifa bilan chegaralanib qolmaydi. Ikkinchi matn ham shunaqa: Kamka alig kas yan urman – kimga el qozonaman. Bu erga “davlat tashkiloti ifodasi”ni yoki “hukmron sinflar”ni qo’yib bo’lmaydi, shuning uchun Bernshtam tavsiya qilgan tarjima matnni mazmunsizlantiradi. “El”ga Tolstov yana bir boshqa ma’no taklif qiladi: “antik tushunchadagi davlat bu so’zda faqat siyosiy ma’noda bo’lib, hududiy ma’nosi mutlaqo yo’q”6. Bunday tushunilgan holda ham elda bo’ysundirilgan qabilalar borligini hisobga olish kerak bo’ladi. Ushbuni aniqlab olgach, biz matnlardagi ma’lumotlarda hech qanday ziddiyatlarni ko’rmaymiz. Shunday qilib, el o’rda va qabilalarning birgalikda mavjud bo’lish shakli bo’lib chiqadi. Aslida bu o’zaro bog’lanish tinch yo’l bilan ham vujudga kelsa bo’lar edi, biroq amalda bu har ikki tomon uchun ham og’ir bo’lib, el boshlanishidanoq beqaror bir shaklga aylandi. L.Gumilev “Qadimgi turklar” asarida tun jabg’uxon o’z qarorgohini Choch vohasidan shimoldagi saodatli ko’m-ko’k joyga joylashtirdi. Bu er uning bepayon hududlarining o’rtasi edi. Mana shu erda u Sharq (Xitoy) va G’arb (Vizantiya) imperatorlarining elchilarini qabul qilar edi. Turkut hukmdori saroyini xon qabul qilgan budda rohiblari quyidagicha yozib qoldirgan. 626 yilda xon huzuriga besh nafar yo’ldoshi bilan hind tashviqotchisi Prabxakaramitra keladi va o’rdadagi ajoyib tartib va namunali intizom ustidan chiqadi. Bir necha yildan so’ng xon erlariga boshqa xitoylik Syuan Tszan keladi. U Beshbaliqqa taklif qilinadi.



Uning bergan ma’lumotlari juda e’tiborga moliq hisoblanadi. Jumladan, Hozirgi To’qmoq shahri yaqinadagi bir joyda ziyoratchi ov bilan ovunayotgan Tun jabg’uxon bilan uchrashadi. Zotli otlarning ko’pligi Syuan Tszanni hayratlantiradi. U xon kiyimini tavsiflaydi. Ya’ni, xonning egnida yashil atlas to’n, bo’rksiz (bosh kiyimsiz), ensiz ipak tasmacha bilan peshonasi tang’ilgan bo’lib, uzun, elkasiga tushadigan sochlarini to’zg’itmaslik vazifasini ham o’tardi. Xonni parchadan chopon kiygan ikki nafar suvori arkonlari o’rab olgan edi. Ularning sochlari o’rilgan. Boshqa jangchilar tuya va otlarga minib olishgan bo’lib, kiyimlari mo’ynadan yoki gazlamalardan tikilgan edi. Uzun, bayroqchasi bor nayzalar va to’g’ri yoylar bilan qurollangan edilar. Ular son-sanoqsiz bo’lib, qo’shinning keti ko’rinmas edi.L.Gumilev turkutlar madaniyatining xitoy madaniyatiga ta’sir qilayotganligini ta’kidlaydi. Yil sayin ko’chmanchilar odati modaga aylanishi mustahkamlanib, saroy a’yonlari turmushiga kirib borgungacha davom etagan. Bazmlarda chet el taomlari chet el musiqasi ostida tortiladigan bo’ldi. Turklarning yoqali, tugmasi chapga qadaladigan, belbog’ bilan beldan bog’lanadigan yashil yoki jigarrang choponi Tan davrida odatiy kiyimga aylandi. Xitoy shoiri Bo Tszyuy- (772-846) Xitoylarga turklarning o’tovi yoqib qolganligini, hatto Xitoy zodogonlari o’z qasrining hovlisiga o’tov o’rnatib, qishda o’shada yashay boshlaganlarini ta’kidlaydi. Shoir turklarning ramzi ekanligini ta’kidlash uchunmi o’tovni “moviy” deb ataydi. Xulosa o’rnida aytish mumkin-ki, qadimgi ko’chmanchilar madaniyati uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ular o’troq aholi bilan doimiy aloqada bo’lib kelishganligi tufayli o’troq madaniyatni ham qabul qilishgan. Ko’chmanchilarning ko’chib yurish sabablari podasining son jihatidan ortib borishi natijasida yangi yaylovlarni qidirib ko’chib yurishgan. Demak, dasht aholisining xo’jalik shakli ularni ko’chib yurishga asos bo’lgan. Shuning uchun ularning madaniyatiga efimer madaniyat sifatida qarash mumkin. Ko’chmanchilar uy qurgan emas, shuning uchun ularning madaniyatini xo’jalik ro’zg’or buyumlarida ko’rish mumkin. Ularning madaniyat qoldiqlari xo’jalik buyumlarida saqlanib qolgan.


1 Henning W.B. The date of the Sogdian Ancient Letters // BSOAS, 1948, vol. XII. Pt. 3-4, p. 601-615; Чугуевский Л.И. Новые матералы к истории согдийской колонии в районе Дуньхуана // СНВ, вып. X, 1971, с. 147; Лившиц В.А., Хромов А.Л. Согдийский язык. В кн. Среднеиранские языки. –М.: Наука, 1981, с. 348.

2 Гюль Э.Ф. Проблема этнокультурных взаимодействий в античном и средневековом исскустве в Узбекистана. /АР., док.степ.искус. –Т.: 2002, с.16

3 Бернштам А.Н. Среднеазиатская древность и ее изучения за 30 лет НВДИ, 1947, №3, с. 91

4 Simbioz – yunoncha simbiosis – birga yashashlik, hamyurtlik.

5

6Карим Шониёзов. Узбек халқининг шакилланиш жараёни. – Т.: Шарқ, 2001, 10-б

7Исхаков М.М. Палеографические исследование памятников согдийской письменности. / Дис. на уч.степ.док.ист.наук. –Т., 1991, с.109-162; Содиқов Қ. Эски уйғур ёзуви. –Т., 1989, 44-б

8 Кляшторный С.Г., Лившиц В.А. Согдийская надпись из Бугута. // СНВ, X. –М., 1971, с. 121-146

9 Кляшторный С.Г., Лившиц В.А. Сэрэйский камень // Советская тюркология, 1971, №3, с. 106-112

10 Лившиц В.А., Хромов А.Л. Согдийский язык / Основы иранского языкознания. Среднеиранские языки. – М.: Наука, 1981. с. 363-363.

11 Benveniste E Notes sur les textes sogdiens bouddhiques du British Museum / JRAS, 1933, p. 61-66

12 Исхоқов М.М., Отахўжаев А. Суғдларнинг буддавий фалсафий-аҳлоқий ёзма меросидан // Қадимги ёзма ёдгорликлар. – Тошкент.: Ёзувчи, 2000, 33-38-б

13 Хўжаев А. Суғдийларнинг Хитойга бориб қолиши // Мозийдан садо, 2002, №2, 42-б

14 Кляшторный С.Г. Древнетюркская письменность и культура Центральной Азии // Тюркологический сборник, 1972, — М.: Наука, 1973, с. 258; Liu Mau-tsai. Die chinesischen Nachrichten zur Geschichte der Ost-Turken (T’u-kue). I. Wiesbaden, 1958, p. 454-455.

15 Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Қадимги туркий битиклар. – Самарқанд, 2001, 53-б

16 Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Қадимги туркий битиклар. – Самарқанд, 2001, 53-56-б// Абдураҳмонов Н. Қадимги туркий матнлар. – Самарқанд, 2001, 53-б

17 Мартыков А.С. Особенности торговли чаем и лошадьми в эпохи Мин / Китай и соседи в древности и средневековье. – М., 1970, с. 234

18 Кляшторный С.Г. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азии. –М., 1964, с. 94-100.

19 Кляшторный С.Г. Древнетюркская письменность и культура Центральной Азии // Тюркологический сборник, 1972, — М.: Наука, 1973, с. 258.

20 Малявкин А.Г. Танские хроники о государствах Центральной Азии: Тексты и исследования. – Новосибирск, 1989, с. 36

21 Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Қадимги туркий битиклар. – Самарқанд, 2001, 48-б

22 Хўжаев А. Суғдийларнинг Хитойга бориб қолиши. // Мозийдан садо, 2 (14), 2002.-Б.42

23 G. Pulleyblank, “A Sogdian colony in Inner Mongolia” T'oung Pao 41, Leiden 1952, p.317-356.

24 Зуев Ю.А. Ранние тюрки.: Очерки истории и идеологии. – Алматы, 2002, с. 158-159; Кляшторный С.Г., Лившиц В.А. Согдийская надпись из Бугута. С. 143

25 Малявкин А.Г. Танские хроники о государствах Центральной Азии: Тексты и исследования — Н.: Наука, 1989. - с. 36-37. // Кляшторный С.Г. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азии. –М., 1964, с. 120-122

26 Кляшторный С.Г., Лившиц В.А. Согдийский надпись из Бугута. С. 143

27 Зуев Ю.А. Ранние тюрки.: Очерки истории и идеологии. – Алматы, 2002, с. 158-159; Кляшторный С.Г., Лившиц В.А. Согдийская надпись из Бугута. С. 159

28 Бартольд В.В. История культурной жизни Туркестана. Ленинград, 1927г. C.65-80.

29 Бернштам А.Н. Согдийская колонизация Семиречья. КСИИМК. Вып. 6. 1940г.

30

31

32

33

34

35

36 Сенигова Т.Н. Орнаментальные узоры на керамических сосудах VI-IX веков // В глубь веков. Археологический сборник. Алма-Ата, 1974. С. 119-143.

37Кляшторный, С. Г. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азиии / С. Г. Кляшторный. - М.: Наука, 1964. - 216 с.

38

39

40

41

42

43

44

45

46

47Байпаков, К. М. Город и степь Южного Казахстана и Семиречья в эпоху средневековья (Аспекты взаимодействия). Средневековая городская культура Южного Казахстана и Семиречья (VI - начало XIII в.) / К. М. Байпаков; отв. ред. К. А. Акишев. - Алма-Ата: Наука, 1986. - 256 с.

48

49

50

51

52

53Камалов А.К. О роли согдийцев в танско-тюркских отношениях. Вестник КазНУ. Сер. Международные отношения и международное право. №4 (16), 2004г.

54

55

56

57

58

59

60

Download 34,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish