Solon aslzodalarga shunday degan: «Yunonistonning ko‘pgina shaharlarida bo‘ldim, xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o’z ko’zim bilan ko’rdim.
Zodagonlar Solonga ishonishdi va uni Afina hukmdori etib saylashdi. Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o’zgartirdi.
Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo‘lgan. 30 yoshga to‘lgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etar edilar.
Miloddan avvalgi 443–429-yillarda 15 marotaba strategy lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda demokratiya ravnaq topdi.
Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarda ish haqi to’lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi davrida Afinada kata qurilish ishlari amalga oshirildi.
Perikl Akropolda qurilgan mashhur inshoot Parfenon iloha Afina ibodatxonasining tashabbuskori bo‘lgan.