Quyma margarin ishlab chiqarish. Parxez quyma margarinlar tarkibida ko‘p miqdorda suyuq o‘simlik moyi bor. Quyma margarinlar tarkibida 82 % va 60% yog‘ bilan ishlab chiqariladi. Bu margarinlar kasallikni oldini olish va davolash uchun mo‘ljallangan. Ular polimer idishda (stakan va bankalarda) ishlab chiqariladi.
31 – rasm. A1-JLU liniyasida margarin olishni texnologik sxemasi
Quyma margarin ishlab chiqarish texnologik jarayoni yuqorida keltirilgan jarayonga uxshash. Farqi shundaki, sovutgichdan keyin margarin mexanik ishlov berish uchun dekristalizatorga, so‘ngra qadoqlashga yuboriladi.
Suyuq margarin ishlab chiqarish. Suyuq margarin non pishirish sanoatida ishlatiladi va quyidagi retseptura bo‘yicha ishlab chiqariladi.
Komponentlar Miqdori, % da
Salomas Ter = 35-36 0C ,
Qattiqligi 350 g/sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 10
Suyuq o‘simlik moyi 72,0
Emulgator 0,8
Fosfatidli konsentrat 0,5
Suv 16,7
Ja’mi 100 %
Suyuq margarinni tayyorlash quyidagicha bajariladi. Me’yorlangan komponentlar (yog‘, emulgator, fosfatidli konsentrat) aralashtirgichga kelib tushadi, 45-560 C gacha isitilib, so‘ngra aralashtirgichga suv qo‘shilib, 10-15 minut davomida aralashtiriladi va 28-320 C gacha sovitiladi. Emulsiyani TOM- 2M rusumli sovutgichda, yoki "Votator" rusumli sovutgichda 10-12 0C gacha sovutiladi.
Sovitilgan emulsiyani nasos-emulsator yordamida aralashtirgich – me’yorlagichga yuboriladi. Bu yerda kristalli strukturani buzilishi natijasida oquvchan sistema hosil bo‘ladi. Tayyor margarin avtotsisternaga quyiladi.
Qandolatchilik, oshpazlik va nonvoylik yog‘larini ishlab chiqarish.
Bu yog‘lar tarkibida suv-sut fazalar bo‘lmaydi. Ular butunlay o‘simlik yog‘lari, salomas, pereeterifikatsiyalangan va gidropereeterifikatsiyalangan yog‘larni , hamda mol yog‘ini aralashmasidan iborat bo‘ladi. Ishlatilish maqsadiga muvofiq tarkibiga quyidagi qo‘shimchalar emulgator, bo‘yoq, vitaminlar va aromatizatorlar qo‘shiladi.
Suv-sut fazalarini tayyorlash jarayoni bo‘lmagani uchun bu yog‘larni ishlab chiqarish texnologiyasi oson hisoblanadi.
Mayda yoki kichik idishlarga qadoqlangan tayyor mahsulot ishlab chiqarishda o‘ta sovutish usulidan foydalaniladi. Mayda qadoqlangan (200-250 g) mahsulot ishlab chiqarishda “Djonson” liniyasi va A1- JLP quvvati 2-2,5 t/soat bo‘lgan uskunalardan foydalaniladi.
Mahsulot 10,15 va 20 kg massali monolit shaklida ishlab chiqarilganda, sath saqlovchi bakdan keyin berilayotgan yog‘li aralashmalar haroratini pasaytirish uchun o‘tasovutgichdan oldin birlamchi sovutgich o‘rnatiladi. Sovutgich silindrsimon korpusli bo‘lib , ichki qismiga 30 ta o‘ramli zmeevik o‘rnatilgan.
Yog‘ zmeevikni ichki qismidan oqib o‘tadi , sovutgich korpusining ichiga beriladigan suv bilan sovutiladi . Bunda aralashmaning harorati 3-50C ga pasayadi . O‘ta sovutgichdan so‘ng sxemada dekristallizator qo‘yiladi.
Sanoatda quvvati 2-2,5 t/c bo‘lgan korobkalarga qadoqlaydigan A1 – JLK, A1 – JLU (universal) liniyalaridan foydalaniladi.
Ba’zi korxonalarda o‘ta sovutgich sifatida uchsilindrli apparat TOM-2M ishlatiladi.
Qadoqlashda faqat yangi karton koropkalardan foydalaniladi. Har bir qadoqlangan mahsulot yorlig‘ida kerakli ma’lumotlar ko‘rsatib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |