biriga yopishib ham ketishi mumkin. Ba’zan xujayralar to’p-to’p bo’lib joylashib orasida
bo’shliqlar, xujayraaro masofa hosil qilib, ular havo bilan to’lishi mumkin.
Xujayraaro modda protopektindan iborat bo’lib, o’simlik to’qimasini birligini yuzaga
keltiradi, go’yoki stementlangandek mustahkam struktura hosil qiladi. Ko’p hollarda to’qimani
yumshatish uchun protopektinni (sovuq suvda erimaydi) eruvchan pektin holatiga keltirish
qo’llaniladi. Protopektinning o’zgarishi natijasida stementlashgan xususiyat yo’qolib xujayralar
bo’shab ketadi.
Har-bir xujayra o’zining qobig’iga ega bo’lib, u juda mustahkamdir. Shu bilan birga
cheklangan holda cho’ziluvchanlikka ega bo’lib,
xujayra uchun karkas, panstir vazifasini
bajaradi, unga mahsus shakl beradi, mexanik shikastlanishlardan saqlaydi, nozik hayot uchun
zarur bo’lgan elementlar strukturasini himoya qiladi.
Xujayra qobig’i asosan kletchatka va ma’lum miqdorda protopektindan iborat, u mayda
g’ovak strukturaga ega bo’lib o’tkazuvchanlik xususiyatini saqlaydi.
Unda mayda teshiklar,
kanallar joylashgan va bu kanallar orqali xujayra ichiga va xujayradan tashqariga suv
molekulalari va suvda erigan moddalar hamda xujayra shirasi to’liq xarakatlana oladi.
Etilgan o’simlik to’qimasidagi xujayra devori ichki tarafdan yupqa shilimshiksimon qavat
bilan qoplangan bo’lib uni stitoplazmatik membrana deb ataladi. U erkin holda xujayra devoriga
yopishadi (hujayra shirasining bosimi ostida) va go’yoki xujayra devorining ichki ikkinchi
qavatini tashqil qiladi. Hujayraning ichki bo’shlig’i vakuol deyiladi va u hujayra shirasi bilan
to’lgandir.
Hujayraning hayotini ta’minlovchi qavat - bu stitoplazma qobig’idir. Stitoplazma qobig’i
asosan oqsil moddasidan tashqil topgan bo’lib uning tarkibida qisman yog’simon moddalar -
lipoidlar uchraydi.
Hujayra nafas oladi, ovqatlanadi va ko’payadigan vaqtda biz stitoplazmani
nafas olishini, ovqatlanishini va ko’payishini nazarda tutamiz.
Xujayraning hayoti uchun va shu bilan birga bir qancha oziq-ovqat sanoatlaridagi
texnologiyalar uchun stitoplazmatik membrananing strukturasi katta ahamiyatga ega. U xujayra
qobig’i singari tutash bo’lmay g’ovakdir. Xujayra qobig’i mikrog’ovaklikga ega bo’lsa,
stitoplazma membranasi ultromikrog’ovaklikga ega. Undan juda ham kichkina molekulali
moddalar o’ta olishi mumkin, masalan, suv molekulasi. Shakar, tuz va o’ziga
nisbatan katta
hisoblanagan molekulali moddalar stitoplazma membranasidan o’ta olmaydi. Demak,
stitoplazma membranasi faqatgina suvni o’tkazadi va suvda erigan o’zga moddalarni
o’tkazmaydi, shuning uchun uni yarim o’tkazgich membrana deb ataladi.
Sitoplazma qobig’ining yarim o’tkazuvchanligi oziq-ovqat sanoatida amalga
oshiriladigan diffuzion va fizik jarayonlarni qiyinlashtiradi. Shunga binoan sanoatdagi
texnologik jarayonlarni yo’lga qo’yishda xom-ashyo to’qimasidagi stitoplazmatik membranani
nazarda tutish lozim.
Agar biz oddiy diffuziya hodisasini kuzatmoqchi bo’lsak,
bir idishga xar xil
konstentrastiyadagi bir xil modda eritmalarini joylaymiz. Masalan, 60% li va 10% li shakar
eritmasini olaylik. Stakanga avval 60% li eritmani quyamiz, uning ustiga ohista 10% li eritmani
joylaymiz va lozim bo’lgan usullarni qo’llab eritmalardagi bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatamiz.
Ma’lum vaqt o’tgach stakan tubidagi eritmaning konstentrastiyasi bir muncha pasayadi,
yuqoridagi eritmaning konstentrastiyasi oshadi. Vaqt o’tishi bilan ikkala qavatdagi eritmalar
konstentrastiyasi bir-biriga yaqinlasha boshlaydi va nihoyat stakan ichida 35% li eritma yuzaga
keladi.
Xuddi shu holatni o’simlik xujayrasi bilan o’tkazamiz. Buning uchun 60% li shakar
eritmasiga xujayra shirasida 10% li shakar tutgan o’simlik to’qimasini tushiramiz. Vaqt o’tishi
bilan xujayra tarkibida eritma konstentrastiyasining ko’tarilishi,
stakan ichidagi eritma
konstentrastiyasining suyuqlanishi kuzatiladi. Bu hodisa vaqt o’tgan sari davom etib, nihoyat
xujayra ichidagi bosim xatdan tashqari ko’tariladi, stakandagi eritma, tabiiyki, suyuqlashadi.
Ammo, xujayradagi o’zgarish yuqorida keltirilgan diffuziya qonuniyati
asosidagi tajribada
farqlanib, xujayra ichida suv miqdori o’ta kamayib ketadi, eritma ichidagi suvning miqdori
oshishi hisobiga uning konstentrastiyasi pasayadi. Taxlil qilaylikchi, bu erda qanday qonuniyat
60
asosida o’zgarish yuzaga keldi? Diffuziya asosida suv molekulalari ikki tomonga bir xil
xarakatlanib idish ichidagi konstentrastiyani tenglashtirgan edi. Bizning tajribamizda esa ikkala
qismdagi konstentrastiyalar o’zgardi, ammo, xujayra ichidagi suvning miqdori ( 90% edi) keskin
kamayib ketdi va buning hisobiga qandning konstentrastiyasi ko’tarildi, ya’ni xujayra ichidagi
stitoplazmatik membrana o’zidan faqat suv molekulalarini o’tkazdi. Suv molekulalarining o’tishi
diffuziya qonuniyatiga asosan ko’p konstentrastiyali muhitdan kam
konstentrastiyali muhitga
xarakat qildi,o’zgacha aytganda xujayra ichidagi 90% li suv konstentrastiyasi xujayra
tashqarisidagi eritma suvidan (40%) yuqori bo’lganligi uchun eritma tomon xarakatlandi. Bu
хodisa
orqali biz stitoplazma membranasiga berilgan ta’rifni to’g’ri ekanligini isbotlaymiz va
membrananing yarim o’tkazgich ekanligiga iqror bo’lamiz. Diffuziya qonuniyatining bunday
amalga oshishi, ya’ni yarim o’tkazgich orqali o’tib bir suyuqlikning suyuqlanishi va ikkinchi
suyuqlikning quyuqlanishi
o s m o s
holati deb ataladi. Tajribamizda osmotik suyuqlik bo’lib,
tashqaridagi qandli eritma hizmat qildi va u xujayra ichida suvni o’ziga so’rib oldi.
Suvning
xarakati oqibatida xujayra ichida suv bosimining kamayishi stitoplazma membranasini xujayra
qobig’idan ajralishiga va uni qisman burishishiga olib keladi.
Natijada stitoplazma qopchasi osmotik so’rilish oqibatida kichrayib so’rilishi kuchaygan
sari uning burishishi ham kuchayadi va nihoyat xujayra o’rtasida g’ijimlangan kichkina
bo’lakchaga aylanadi. Stitoplazmaning bunday buralish jarayonini
Do'stlaringiz bilan baham: