Tabiiy sabzavot konscrvalaridan
salat, vinegret, birinchi va ikkinchi taomlar, go‘sht va
baliqli ovqatlar uchun garnir sifatida ishlatishda yarim tayyor mahsulot sifatida foydalaniladi. Bu
konservalar bevosita sovuq holda yoki isitilib, yog‘ bilan yoki yog‘siz iste’mol qilinishi mumkin.
Ushbu konservalarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan sabzavotga pazandalik ishlovlari
berilmaydi, tayyor mahsulot esa dastlabki xomashyo xususiyatlarini maksimal ravishda saqlab
qoladi. Tabiiy konservalar butun yoki kesilgan sabzavotdan ishlab chiqariladi, osh tuzining past
konsentratsiyali eritmasi solinadi, ba’zan qand ham qo'shiladi. Ishqalab maydalangan sabzavot
purelaridan ham tabiiy konservalar tayyorlanadi. Tabiiy ko‘rinishda yashil no‘xat, qo‘zoqli
loviya, shirin jo‘xori, tomat, chuchuk qalampir, rangli karam, sparja, shpinat, shovul, qovoq,
kabachok va boshqalar konservalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |