Oziq-ovqat texnologiyalari



Download 8,72 Mb.
bet24/99
Sana13.07.2022
Hajmi8,72 Mb.
#789742
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan o`quv uslubiy majmua (1)

Raps (indov) moyi. Raps moyi raps (Vgassica campestris) urug’laridan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Raps moyini yuqori eruk kislotali va eruk kislotasiz turlari mavjud. Eruk kislotasiz raps moyi «Kanola» nomi bilan mashhur bo’lib, oziq-ovqatda gidrogenlangani margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu moy eruk kislotasi kam bo’lgan selektsiyalangan urug’lardan olinadi. Eruk kislotasiz raps moyini 150C dagi zichligi 911-918 kg/m3, qotish temperaturasi 0 dan 10°C gacha, yod soni 95-106% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,462-1,476 bo’lib, yog’ kislota tarkibi 4,0-5,0% palmitin, 5,0-6,0 stearin, 52,0-55,0% olein 24,0-26,0% linol, 10,1-11,5 linolen, 8-15% va 1,4-1,7% eruk kislotalaridan iborat. Yuqori eruk kislotali raps moyi texnik maqsadlarda ishlatiladi. Tozalanmagan raps moyi to’q yashil tusli bo’lib, rafinatsiyalash jarayonidan keyin och sariq rangli bo’ladi. Hom raps moyi o’ziga xos hid va ta’mga ega.
Makkajo’xori moyi. Makkajo’xori moyi makkajo’xori (Zeamays) urug’i murtaklaridan olinadi. Makkajo’xori murtaklari kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlarni olish davrida hosil bo’ladi. Makkajo’xori murtaklari quruq va nam ishlov berish usullari yordamida olinib, namlik bilan ishlov berilgandan keyinsh hosil bo’lgan murtakdan olingan makkajo’xori moyi sifati, quruq usul bilan olingan murtakdan olingan moyni sifatiga nisbatan ancha past bo’ladi. Makkajo’xori moyini 15°C dagi zichligi 924-926 kg/m3, qotish temperaturasi 10°C dan 20°C gacha, yod soni 111-113% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,471-1,474, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 65,7-72,3 10-6 m2/s bo’lib, yog kislota tarkibi 4,9-18,7% palmitin, 6,2% gacha stearin, 23-49% olein va 48-56% linol kislotalaridan iborat. Makkajo’xori moyining rangi och sariqdan qizg’ish jigarranggacha bo’lib, o’ziga xos spetsifik ta’m va hidga ega. Moy tarkibida ma’lum miqdorda letsitin va tokoferollar mavjud.
Kanakunjut moyi (kastor moyi). Kanakunjut (kastor) moyi kanakunjut (Ricinus commmunis) urug’laridan presslab olinadi. Kanakunjut moyining davolash xususiyati qadimdan ma’lum. Hozirgi vaqtda kanakunjut moyining tibbiyotda 1% dan kamroq qismi ishlatiladi. Kanakunjut moyi asosan himoyalovchi parda va qoplamalar tayyorlashda keng foydalaniladi. Kanakunjut moyi tarkibida molekulasida gidroksil gruppasi bo’lgan ritsinal kislotasining miqdori ko’p bo’lganliga uchun qurimaydigan moy hisoblanadi. Kanakunjut moyi alkid va epoksid smolalari ishlab chiqarishda, terilarni oshlashda ishlatiladi, hamda parfyumeriyada va kimyo sanoatida enant aldegidi va undetsilen kislotasi olishda qo’llaniladi. Kanakunjut moyining 15°C dagi zichligi 950-974 kg/m3, qotish temperaturasi 10°C dan 18°C gacha, yod soni 82-91% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,477-1,479, 50°C dagi kinematik qovushqoqligi 11010-6m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi 0,3-2,4% stearin, 0,1-9,0% olein, 3-10% linol va 80-94% ritsinol kislotalaridan iborat. Kanakunjut moyi asosan juda och rangli bo’ladi. Texnik navlari esa och sariq, ba’zida yashil tusli bo’lib, etil spirtida yaxshi eriydi.

Download 8,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish