Kungaboqar moyi. Kungaboqar moyi kungaboqar (Nelianthus annuusl) urug’idan presslab va kunjarasini geksan, ekstraktsiyalab olinadi. Kungaboqar moyidan asosan salatlar uchun salat moyi va ozuqa moyi sifatida foydalaniladi. Kungaboqar moyini 150C dagi zichligi 920-927 kg/m3, qotish harorati 160С dan 190С gacha, yod soni 119-136% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,474-1,478, 20° C dagi kinematik qovushqoqligi 54,6-59,810-6 m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 3,5-11,7% palmitin, 1,6-5,7% stearin, 23-50% olein va 42-66% linol kislotalaridan tashkil topgan. Urug’lardan moyni ajratib olish uslubiga ko’ra, urug’lardan och sariqdan och jigarranggacha bo’yalgan, o’ziga xos hid va ta’mga ega moy olinadi. Kungaboqar moyi tarkibida 0,3-1,2% fosfatidlar bo’lib, u kungaboqar moyidan gidratatsiya usuli bilan ajratib olinadi va fosfatid kontsentrati sifatida ozuqaviy mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi.
Zaytun moyi. Zaytun moyi zaytun (O1ea eugoraea) mevalaridan presslab olinadi va uni sifati moy olish usuliga bogliq bo’ladi. Zaytun moyining yuqori navlarini to’liq pishmagan ya’ni ertaroq qo’lda terilgan zaytun mevalarini sovuq usulda presslash yo’li bilan olinadi. Bu moy «provansk» nomi bilan tanilgan bo’lib, u deyarli hidsiz, rangi och sariqdan tilla sariq ranggacha, xushta’m bo’ladi, u tibbiyot sohasida va ozuqa moyi sifatida qo’llaniladi. Presslashdagi siqish jarayonida haroratning ko’tarilishi moy sifatini pasaytiradi.
Yuqori haroratdagi sharoitda tugal presslangan va yarimmoysizlangan zaytun mevalarini ekstraktsiyalagandan keyin oshxona va texnik moylari olinadi. Sifati past zaytun mevalaridan yashil rangli moy olinadi va u atir sovun ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Zaytun moyini 15°C dagi zichligi 0,914-0,920 kg/m3, qotish harorati - 6 dan 2°Cgacha, yod soni 72,0-89,9% yod, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 71,3-87,910-6 m2/s, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,466-1,471 bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 9,8-20,0% palmitin, 2,9% gacha stearin, 54-81% olein va 3,3-22,0% linol kislotalaridan tashkil topgan. Sovuqroq joylarda o’stirilgan zaytunning moyi tarkibidagi olein kislotasini miqdori kamayishi hisobiga linol va stearin kislotalarini miqdori ortadi.
Maxsar moyi. Maxsar moyi maxsar (Sagtnamus tinctorius) urug’idan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Tozalangan maxsar moyi oziq-ovqat tayyorlashda, yuqori sifatli margarin ishlab chiqarishda, hamda texnikada oq-sariq buyoq, emallar, tez qurish xususiyati yuqori bo’lganligi uchun olif va sovun pishirishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Maxsar moyini 150C dagi zichligi 913-930 kg/m3, qotish temperaturasi 13°C dan 20°C gacha, yod soni 130-155% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,475-1,476, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 54,7-77,810-6 m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 2,1-8,4% palmitin, 1,5-11,2% stearin, 7,0-12,2% olein, 56,7-84,6% linol kislotalaridan iborat. Maxsar moyi och sariq rangdan yashil tusli ranggacha bo’yalgan o’ziga xos hid va ta’mga ega bo’lib kungaboqar moyiga o’xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |