Asosiy qism.
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi ob’ektdagi kerak bo‘lgan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi ob’ektga rostlagichning ta’siri tufayli) rostlanuvchi kattalikning xozirgi qiymatiga berilgan qiymatiga teng yoki unga yaqin bo‘ladi. *
Sanoatning kimyo, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarining amaldagi korxonalarini zamonalashtirish va yangilarini yaratish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning turli masalalarini hal qilish bilan bog‘liq katta hajmdagi ishlarni bajarishni ko‘zda tutadi. Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish – ko‘p bosqichli jarayondir.
Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik tizimlarning turli ko‘rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo‘lgan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan tizimining avtomatlashtirish tizimlarini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo‘ladigan tilda ifodalanishi kerak, demakdir. Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish tizimining asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish – usullarini, impulsli va buyruq liniyalarini va manba liniyalarini o‘tkazish sohasida tushuncha yagona bo‘lishi kerak.
Bu bir so‘zdan tushunishga, masalan, montaj ishlarida ishlovchilar tizimni ishlab chiqish yoki ishlatish jarayonida montajchilarning bevosita ishtirokisiz qay tarzda erishish mumkin. Bunday bir – birini tushunish maxsus ishlab chiqiladigan texnik hujjat vositasida ta’minlanadi, bu hujjat texnologik jarayonni avtomatlashtirish loyihasi deyiladi.
Avtomatlashtirilgan texnologik jarayon loyixasini ishlab chiqish kurs doirasida quyidagi amallarni bajarishdan iborat bo‘ladi:
1. Texnologik jarayon xaqida aniq ma’lumotlar bilan tanishish va kerakli parametrlar qiymatini va texnologiya ruxsat etgan o‘zgarish chegaralarini aniqlash;
2. Jarayon o‘tadigan asosiy qurilmani tahlil etish, unda o‘tadigan jarayon uzatish funksiyasini (jarayon modeli) hisoblab topish;
3. Rostlagichlar bilan tanishish talab etilgan texnologik jarayonni qanoatlantiriuvchi rostlagichni tanlash;
4. Qurilma va rostlagich matemetik modelidan foydalanib, boshqarish tizim modilini MATLAB yordamida jarayon komptor modelini tuzish. Model yordamida eng mshqobil utish chizmasini topish va shu rejimga to‘g‘ri keladigan roslagich sozlash koeffitsientlarini topish;
5. Berilgan tablitsalardan o‘lchovchit va ijrochi mexanizm (rostlovchi) tanlash;
6. Jarayon funksional sxemasini tuzish.
Kimyoviy texnologiya sanoatida asosan quyidagi reaktorlar qo‘llaniladi; absorber ekstraktorlar, rektifikatsion kollonlar, issiqlik uzatuvchilar (teploobmennik) ekstraktorlar, kompressorlar va boshqa texnologik qurilmalar.
Bu qurilmalar avtomatik boshqarish tizimiga (ABT) ta’sir ko‘rsatuvchi qism (bo‘lak) deb hisoblanadi. Xar bir qurilma o‘zining kirish – chiqish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan tizim dinamikasini o‘zgartiradi. Umumiy tizim dinamikasi ko‘rsatkichni talab etilgan meorda ushlab turish uchun, xar bir qurilma kirish – chiqish qiymatlarini (o‘tish chizmasini ) talab etilgan reglamet chegarasida boshqarish kerak bo‘ldi. Bu vazifani bajarish uchun qurilma matematik modelini tuzish va unga mos keladigan rostlagichni tanlash va ularni birgalikda sinab (MATlAB) optimal parametrlarni tanlash kerak.
Demak, asosiy vazifa har bir qurilma matematik modelini tuzish. Matematik model tuzishning turli usullari mavjud, ular bilan tanishgansiz. Mavjud usullardan biri, qurilma modelini “kirish – chiqish” ko‘rsatkichlari yordamida, uzatish funksiyasini (peredatochnoe funksiya ob’ekta) tuzish .
Ishlab turgan qurilmadan vaqt bo‘yicha jarayon o‘zgarishi tavsifini olish uchun qurilma maxsus uskunalar bilan ta’minlanishi kerak (1-rasm). Chiqish qiymatni (u) yozib borish uchun, o‘lchovchi yozib boruvchi qurilma (1- rasm), kirish qiymatni o‘zgartirish uchun (x) ijrochi mexanizm (agar harorat boshqarilsa, par sarfi yoki tabiiy gaz sarfini o‘zgartiriladi) orqali boshqariladi.
1-rasm. Jarayonni boshqarish tizim blok sxemasi.
Chiqish qiymat (u) o‘zgarish grafigini yozib olish uchun, avval tizim muvozanat holatga keltiriladi ya’ni kirish va chiqish qiymatlar o‘zgarmas holatda bo‘ladi.
So‘ngra kirish qiymatining holati x o‘zgartiriladi (∆x), bu turtki kirish qiymat kattaligini reglamentda berilgan yuqori chegaradan ko‘paytirib yubormasligi kerak. Turtki rostlash blokidagi “zadaniya” dastagi yordamida beriladi, turtki va o‘zgarish chizmasi 2- rasmda ko‘rsatilgan.
Qurilmaning kirish kattaligi o‘zgartirilsa, ya’ni unga turtki (∆x) berilsa, turtki ta’siri natijasida kirish qiymati yangi pog‘onaga ko‘tariladi( x+∆x) , natijada chiqish qiymat chizmasi ham, biroz kechikishdan so‘ng o‘zgaradi, bu o‘zgarish chizmasini kattalashtirib koordinata boshiga ko‘chiramiz (2- rasm), bu o‘tish chizma yordamida uzatish funksiyasini tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |