Oziq-ovqat injiniringida modellashtirish va avtomatlashtirish



Download 2,44 Mb.
bet1/12
Sana30.09.2022
Hajmi2,44 Mb.
#850993
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Методичка Ьоделлаштириш КУРС ИШИ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

INFORMATIKA, AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV KAFEDRASI

OZIQ-OVQAT INJINIRINGIDA MODELLASHTIRISH VA AVTOMATLASHTIRISH”


fanidan kurs ishlarini bajarish uchun
U S L U B I Y Q O‘ L L A N M A



TOSHKENT – 2022
Mazkur uslubiy qo‘llanmadan “Oziq-ovqat injiniringida modellashtirish va avtomatlashtirish” fanidan kurs ishining bajarish uchun oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar qo‘llanishlari uchun tavsiya etiladi Shuningdek, uslubiy qo‘llanmada texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini loyihalash masalalarini ham keltirilgan.


Tuzuvchi: Akromxo’jaev Y. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti «Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi доценти
Masharipova Z.A. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti «Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi доценти
Taqrizchi: Boboyorov R.A. ‑ Toshkent kimyo-texnologiya instituti «Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Uslubiy qo‘llanma «Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi» kafedrasining 2022__ yil “___” __________ dagi ___ - sonli majlisida ko‘rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan.


«Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi»
kafedrasi mudiri _______________ R.O. Boboyorov
Uslubiy qo‘llanma “Oziq – ovqat mahsulotlar texnologiyasi” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2022_ yil “____” _________dagi ______ - sonli majlisida ko‘rib chiqilib, institut Ilmiy-uslubiy Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etildi.
Ilmiy-uslubiy kengash raisi
OOMT fakulteti dekani _______________
Uslubiy qo‘llanma institut Ilmiy-uslubiy Kengashining 2022 yil “___” ___________dagi _____ - sonli majlisida ko‘rib chiqilib, chop etishga tavsiya etildi.
TKTI ilmiy-uslubiy
Kengashi raisi: _____________ T.T.Safarov
Kirish.
Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pchiligi to‘liq avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta’minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrof-muhitning zaharlanishini oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish xavfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi.
Har bir texnologik jarayon (texnologik jarayon parametrlari deb ataluvchi) o‘zgaruvchan fizikaviy va kimyovny kattaliklar (bosim, sarf, temperatura, namlik, konsentratsiya va hokazo) bilan xarakterlanadi. Texnologik apparatura jarayonning to‘g‘ri oqib o‘tishini ta’minlashi uchun muayyan jarayonni xarakterlovchi parametrlarni berilgap qiymatda saqlashi lozim.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat — texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash — texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish — texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob’ektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish — texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish — ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmaydigan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik-iqti-sodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Qiymatini stabillash yoki bir tekisda o‘zgarishini ta’minlash zarur bo‘lgan parametrga rostlanuvchi kattalik deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning qiymatini stabillash yoki ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgarishini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan asbob avtomat rostlagich deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o‘lchangan qiymati rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning texnologik reglament bo‘yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo‘lgan qiymati rostlanunchn kattalnkning berilgan qiymati deyiladi.
Amalda ko‘pincha xom ashyoning sarfi va tarkibi, apparatlardagi temperatura, bosim va hokazolarling o‘zgarishi kuzatiladp. Texnologik jarayonning maqsadga muvofiq ravishda oqib o‘tishiga teskari ta’sir ko‘rsatuvchi hamda sistemalardagi moddiy va energetik balansini buzuvchi o‘zgaruvchilar g‘alayonlanishlar deb ataladi. G‘alayonlanishlar ta’sirida xato paydo bo‘ladigan texnologik jarayon rejimi turg‘unlashmagan reoki.u. deyiladi.
Har bir boshqarish sistemasida kirish va chiqish parametrlari (uzgaruvchilari) bo‘ladi. Kirish parametrlariga xom ashyoning boshlang‘ich holatini xarakterlovchi o‘zgaruvchi hamda vakt o‘tishi bilan o‘zgaradigan uskuna parametrlari, texnologik jarayonning oqib o‘tishini aniqlovchi o‘zgaruvchilar kiradi. Kirish o‘zgaruvchilari rostlanadigan va rostlanmay-digan bo‘lishi mumkin.
Chiqish parametrlariga chikarilgan mahsulot sifatini (kimyoviy tarkib, zichlik va boshkalar) xarakterlovchi kursatkichlar, shuningdek, xisoblash yuli bilan aniqlanadigan texnika-iktisodiy (uskunalarnipg ishlab chikarish unumdorligi, mahsulotning tannarxi) ko‘rsatkichlar kiradi.
Sistemaning ishlashi vaktida rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan kiymatiga mos kelishi uchun sistemaga ta’sir ko‘rsatish kerak (boshqariladigan uzgaruvchi orqali). Boshqariladigan o‘zgaruvchi sistema boshqaruv ta’sirining (xom ashyoning sarfi, tarkibi va boshqalar) sonli xarakteristikasidir.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish