O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Guruh  bo‘lib  to‘siq
 
qo‘yish. 
Guruh  bo‘lib  to‘siq  qo‘yish 
texnikasining  qiyinchiliklari  to‘siq  ishtirokchilari  harakatlarini  o‘zaro 
kelishilganligi 
muammolari 
bilan 
bog‘liqdir. 
Jumladan, 
to‘siq 
qo‘yuvchilarning  to‘r  bo‘ylab  bir  yo‘nalishga  harakatlanishida  ikkita 
xatodan  bittasi;  zich  bo‘lmagan  (tuynukli)  to‘siq  holati  agarda  to‘siq 
qo‘yuvchilar  bir  vaqtda  sakrashmasa  yoki  yugurib  kelayotgan  so‘nggi 
to‘siq qo‘yuvchi  sakrashda kechiksa,  oldinroq  sakragan  sherigiga  yetish 
uchun harakatga vaqt sarflamasa, yaxshi tashkil etilmagan to‘siq vujudga 
keladi.  Agar  harakatlanayotgan  so‘nggi  to‘siq  qo‘yuvchi  kechikmasa, 
unda  oxirgi  qadamni  bajarayotgan  sherigining  oyog‘ini  bosib  oladi,  bu 


156 
ham  to‘siqning  tashkiliy  tomonini  pasaytiradi.  Taranglashuv  jarayonida 
to‘siq bo‘yicha sherikka “uchib yetib borish” juda muhumdir. Axir to‘siq 
qo‘yuvchi  o‘z  sherigiga  qancha  masofagacha  yugurib  borolmasa,  to‘r 
ustidagi guruhli to‘siqda shunchalik kattalikdagi tirqish paydo bo‘ladi. 
To‘siqdagi  “tirqish”ni  sakrashda  sherik  bilan  yaqinlashish  yoki 
ikkita bir-biriga yaqin to‘siq qo‘yuvchilar hisobidan bartaraf etish salbiy 
oqibatlarga  olib  keladi.  Havoda  to‘qnashuv,  to‘rga  tegib  ketish  yoki 
sifatsiz  to‘siq  qo‘yish,  to‘siq  qo‘yuvchilar  qo‘lini  sheriklar  tomonga 
uzatgan  holda  to‘pni  “tutib  olish”  imkoniyatidan  mahrum  bo‘lishlari 
mumkin.  Bunda  maydonda  himoya  harakatlarini  tashkil  etish  uchun 
ma’lum bir qiyinchiliklar himoyachilarga, hujumchilarga qarshi harakat 
uchun  o‘z  joylarini  topish  murakkabligi  kabi  vaziyatlar  vujudga  kelishi 
mumkin.  To‘siq  qo‘yuvchilar  o‘z  harakatlarini  yaxshi  tashkil  etmasligi 
tufayli  to‘pning  tezligi  va  qiyalik  trayektoriyasi  zarbadan  so‘ng  olib 
borilishi  mumkin  –  bunday  siqilgan  to‘siq  raqibga  egri  trayektoriya 
bo‘yicha  qiyali  zarba  berishga  imkon  yaratadi.  Standart  vaziyatlarda 
to‘siq qo‘yuvchilarning o‘zaro harakati quyidagi tartibda eng oqilona va 
samarali  deb  hisoblashi  mumkin.  To‘siq  qo‘yuvchilar  oldindan  ko‘ra 
bilish  asosida,  taxmin  qilinayotgan  hujum joyiga  mumkin  qadar  ertaroq 
joylashib olishga intiladilar. 
Guruh  bo‘lib  qarshi  harakat  qilishda  sakrash  uchun  joyni,  kimning 
hududida hujum zarbasi bajariladigan bo‘lsa, o‘sha to‘siq qo‘yuvchi joy 
tanlaydi.  U  sakrash  uchun  joyni  aniqlaydi,  to‘siq  qo‘yiladigan  joyga 
oldinroq  o‘tib  olishga  intiladi  va  raqib  jamoasi  hujumchisining 
harakatlariga ko‘ra siltanish uchun vaqtni tanlaydi, joyida taranglashgan 
holda  sakrashni  bajaradi.  To‘siqning  boshqa  ishtirokchisi  tiralgan  yoki 
yuguruvchi qadamlar bilan asosiy to‘siq qo‘yuvchiga yaqinlashib keladi. 
Tayyorlanish va undan keyingi sakrashni ikkala o‘yinchi ham bir vaqtda 
bajarishi  zarur  –  shunda  to‘siq  zich  holda  bo‘ladi,  to‘siq  qo‘yuvchining 
birgalikda qo‘llarini to‘pga ko‘ndalang tomonga o‘tkazishlariga, aylanib 
o‘tuvchi  zarba  holatining  oldini  olishga,  ya’ni  “tutib  oluvchi”  guruhli 
to‘siqni bajarish imkoniyati saqlanadi. 
Guruh  bo‘lib  to‘siq  qo‘yishda  sherikkacha  yugurmasdan  sakrab 
qo‘yish,  faqatgina  to‘siq  qo‘yuvchining  zaruriy  itarilish  joyiga  o‘tishga 
jismonan ulgura olmagan hollarda o‘zini oqlashi mumkin. Shunday qilib, 
yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilsak: 
Guruh  bo‘lib  to‘siq  qo‘yishda  sakrash  uchun  joyni  kimning 
hududida  hujum  bajariladigan  bo‘lsa,  o‘sha  to‘siq  qo‘yuvchi  tanlaydi, 
boshqalar unga moslashadi. 


157 
Guruhli  to‘siq  zich  bo‘lishi  uchun  moslashishi  kerak  bo‘lgan  to‘siq 
qo‘yuvchi,  oxirgi  qadamni  tayyorlangan  ko‘rinishda  qo‘yadigan  bo‘lib 
sherigigacha oyoq bilan yugurib borishi zarur. 
Bir  yo‘nalishda  to‘r  bo‘ylab  ikki  (uchta)  to‘siq  qo‘yuvchining  bir 
vaqtda 
harakatlanishi 
xatoliklarga: 
maydonchada 
va 
havoda 
o‘yinchilarning  to‘qnashib  ketishlariga,  zich  bo‘lmagan  yoki  yaxshi 
tashkil etilmagan to‘siq qo‘yilishiga olib keladi, bular ko‘pincha to‘siqni 
oxirgi  ishtirokchisining  ancha  kech  yoki  “uzoqroqdan”  sakrashi  tufayli 
kelib chiqadi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish